Imom Moturidiy qaysi ilmiy maktab asoschisi sifatida tanilgan va bu maktabning asosiy aqidaviy tamoyillari nimalardan iborat?
Moturidiya kalom maktabi asoschisi. Bu maktab “aql va naql uyg‘unligi”, ya’ni mantiq va vahiy asosida aqidani tushuntirish tamoyiliga ega.
Abu Lays as-Samarqandiyning “Bahrul ulum” asari qanday tafsir turi hisoblanadi?
Bu rivoyat va diroyatni uyg‘unlashtirgan fiqhiy-axloqiy tafsir hisoblanadi.
Zamaxshariyning “Al-Kashshof” asarining arab tili va balog‘at ilmi rivojiga qanday ta’siri bo‘lgan?
Arab tili, nahv, balog‘at va adabiyot ilmlarini Qur’on tafsiriga olib kirgan; u lug‘aviy tafsirning asoschisi hisoblanadi.
Abu Hafs an-Nasafiyning “Madarik at-tanzil va haqoiq at-ta’wil” asari qaysi tafsir turiga kiradi?
Bu diroyat (tahliliy) tafsir bo‘lib, fiqh va aqidani birlashtiradi.
“Ta’vilotu ahl as-sunna” asarida Qur’on tafsiriga qanday metodologik yondashuv qo‘llangan?
U diroyat (aqlga asoslangan) tafsir uslubidan foydalangan. Har oyatni faqat rivoyat emas, mantiqiy tahlil bilan izohlagan.
U tafsirda fiqhiy masalalarga qanday yondashgan va bu yondashuv nimasi bilan ahamiyatli?
U Qur’on oyatlaridan fiqhiy hukmlar chiqarib, ularni ahloqiy nasihat bilan birlashtirgan.
Uning tafsir uslubi boshqa mufassirlarning uslubidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Lug‘aviy va aqliy uslubni qo‘llagan; Qur’on so‘zlarini tilshunoslik asosida izohlab bergan.
Mufassirning to'liq ismi?
Abu Hafs Najmuddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy al-Hanafi.
Imom Moturidiy tafsirida “aql va naql” munosabati qanday izohlangan?
Unga ko‘ra, aql — vahiyni tushunish vositasi. Aqlsiz imon yetuk bo‘lmaydi, lekin vahiy — yo‘naltiruvchi manba.
Mufassirning to'liq ismini ayting!
Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy.
Mufassirning to'liq ismini ayting!
Abul-Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy al-Xorazmiy.
Nasafiy o'z tafsirida kimlarning asarlaridan foydalangan?
Nasafiy o‘z tafsirida Tabariy, Zamaxshariy, Abu Lays as-Samarqandiy va Moturidiylarning asarlaridan foydalangan,
U o‘z davrida qaysi diniy oqimlar bilan ilmiy bahs olib borgan va bu bahslarning natijasi qanday bo‘lgan?
Mu’tazila, Xavorij, Qadariy va Mushabbihalar bilan bahs qilgan. Ularning fikrlariga qarshi Kitob at-Tavhidda javob yozgan.
Mufassirning asarlarini sanab bering!
“Tafsiri Abu Lays as-Samarqandiy” yoki “Bahru-l-ulum”, “Tanbihul g‘ofilin”
Zamaxshariy qaysi shaharlarda bo'lgan?
Buxoro, Bag‘dod, Makka va boshqalar
Uning asari qayerlarda keng tarqalgan va 700 yildan ortiq vaqt davomida o‘qitilgan?
Uning asari Osiyo, Arabiston, Hindiston, Usmonli davlatida keng tarqalgan va madrasalarda 700 yildan ortiq vaqt davomida o‘qitilgan
Uning tafsir uslubi boshqa Movarounnahr mufassirlaridan nimasi bilan farq qiladi?
U aqliy tafsirga asos solgan, ya’ni Qur’onni fikr yuritish orqali tahlil qilgan. Boshqalar esa ko‘proq rivoyatga tayangan.
Abu Lays Samarqandiy tafsirida axloq va odob masalalari qanday o‘rin olgan?
U Qur’on oyatlarini axloqiy dars sifatida talqin etgan, masalan, sabr, halollik, ota-onaga hurmat haqida ko‘p yozgan.
Mufassirning asarlarini ayting!
“Asos al-balag‘a” , “Muqaddimat al-adab” va “Rabi‘ul-abror”
“Tafsir an-Nasafiy” keyinchalik qaysi mufassirlarga ta'sir ko'rsatgan?
“Tafsir an-Nasafiy” keyinchalik Imom Bayzoviy, Alusi, Fahru-r-Roziy kabi mufassirlarga ta’sir ko‘rsatgan.