"Dehqon (fermer) xo'jaligi to'g'risida"gi qonun qaysi yili qabul qilingan?
1992-yil
2014-yili O'zbekistonda qancha tonna g'alla xirmoni tayyorlandi?
8 million 50 ming tonna.
1998-yilda paxtachilikda tomchilab sug'orish yo'lga qo'yilishida qaysi mamlakat texnologiyalaridan foydalanildi?
Isroil texnologiyalaridan
"Fermer xo'jaliklari to'g'risida"gi qonun qaysi yili qabul qilingan?
1998-yilda
Donli ekinlar salmog'i 1991-yildagi 18,8 % dan 2000-yilda necha foizga o'sdi?
42 % ga
1998-yilda Andijonda chigitni ekish bo'yicha qanday yangi usul joriy etildi?
Plyonka ostiga ekish usuli
1995-yilda chorvachilik sohasiga oid qanday qonun qabul qilindi?
"Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonun.
2011-yilda butun Markaziy Osiyo yetishtirgan 2 mln tonna paxta tolasining qancha qismi O'zbekiston hissasiga to'g'ri kelgan?
1 million 400 ming tonna
2010-yilda Polsha va Ukrainadan keltirilgan pakana ko'chatlar asosan qaysi viloyatlarga ekildi?
Samarqand va Toshkent viloyatlariga
2018-yil 27-dekabrda qabul qilingan PQ-4087-sonli qaror qaysi sohani rivojlantirishga qaratilgan?
Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug'orish texnologiyalaridan foydalanishga
Fermer xo'jaliklari soni 2001-yildagi 55 445 tadan 2006-yilga kelib nechtaga yetgan (necha baravar oshgan)?
189 235 taga (3,4 baravar oshgan)
2003-2009-yillarda yerlarni suv bilan ta'minlash va meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha nechta loyiha amalga oshirildi?
21 ta loyiha
2015-yil 29-dekabrdagi qarorga ko'ra, qanday yer maydonlariga paxta va g'alla o'rniga meva-sabzavot hamda ozuqabop ekinlar ekish vazifasi belgilandi?
Tuproq unumdorligi past, suv ta'minoti og'ir va kam rentabelli yer maydonlariga
1990-yilda respublikaga necha ming tonna un, kartoshka va qancha sut mahsulotlari chetdan olib kelingan?
454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka va 1 mln 401 ming tonna sut mahsulotlari
2019-yilga kelib O'zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti miqdori qancha dollarni tashkil etdi?
1,5–2 milliard dollar.