Om qonuni qanday ifodalanadi?
I=U/R
Voltmeter qanday ulanadi?
Voltmeter o‘lchanayotgan qurilmaga parallell ulanadi.
Tok kuchini o‘lchaydigan asbob nima?
Ampermetr
Qarshilikni o‘lchaydigan asbob nima?
Ommetr
Ampermetr qanday ulanadi?
Ampermetr zanjirga ketma-ket ulanadi.
Elektr tokining yo‘nalishi qanday belgilanadi?
Tok harakati musbat (+) qutbdan manfiy (–) qutbga qarab deb olinadi.
Zanjir ochiq bo‘lsa, tok o‘tadimi?
Yo‘q, ochiq zanjirda tok o‘tmaydi.
Om qonuni nimani ifodalaydi?
Om qonuni tok kuchi kuchlanishga to‘g‘ri, qarshilikka esa teskari proportsional ekanini bildiradi.
Agar qarshilik 0 bo‘lsa, tok kuchi qanday bo‘ladi?
Qarshilik 0 bo‘lsa, tok juda katta bo‘lib ketadi – bu qisqa tutashuv deyiladi
Om qonuni hayotda qayerda ishlatiladi?
Om qonuni chiroqlar, telefonlar, kompyuterlar, quvvat adapterlari va boshqa ko‘plab elektr qurilmalarda ishlatiladi.
Zanjirga yangi qarshilik ulanganida umumiy qarshilik oshsa, tok kuchi qanday o‘zgaradi?
Qarshilik oshganda, Om qonuniga ko‘ra tok kuchi kamayadi.
Zanjirda tok o‘tishi uchun nima kerak?
Tok manbai (masalan, batareya), yopiq zanjir, va elektr o‘tkazuvchi materiallar kerak.
1kilo OM necha OMga teng?
1000 OM
Elektr zanjiri qanday qismlardan iborat bo‘ladi?
Tok manbai
O‘tkazgich
Qarshilik
Kalit
Kuchlanish qancha bo‘lsa xavfli bo‘ladi?
36 voltgacha odatda xavfsiz hisoblanadi. 220 V esa odam uchun xavfli!