Muhaddislar hadis sanadida uzilish bor yoki yoʻqligini aniqlashda nimaga alohida toʻxtalib oʻtganlar?
Roviylar ilmiga doir adabiyotlardan foydalanish masalasiga.
“Tahzib al-Kamol” asari kimga tegishli?
Hofiz Mizziyga.
Hadis qaysi toʻplamlarda kelganda “Tahzib al-Kamol”ga murojaat qilsih lozim boʻladi?
“Kutubi-sitta” toʻplamlarida.
Roviyning rivoyati “Sahihayn”ning ikkisi yoki birida topilsa,bu holatda nima anglashilinadi?
Isnod zanjiri muttasil ekani.
Qayerda isnod uzilgani toʻgʻrisida qayd boʻlsa,uni muttasil deb baholanmaydi?
“Tahzib al-Kamol”da.
“Tahzib at-Tahzib”asari kimga tegishli?
Ibn Hajar Asqaloniyga.
Nima sababdan “Tahzib at-Tahzib” asariga murojaat qilinadi?
Chunki ushbu kitobda Mizziyning kitobiga kirmagan ba’zi ziyoda va ittisol, bevosita eshitishning sobit ekani yoki yoʻqligi borasidagi qoʻshimchalar kiritilgan.
Ali ibn Abuu Talhaning Ibn Abbosdan naql qilgan rivoyatlari qayerga kiritilmagan?
“Sahihayn”ga
Mizziyning Ali ibn Abu Talhaning Ibn Abbosdan naql qilgan rivoyatlari nima deyiladi?
Mursal.
Oradan Mujohid tushirib qoldirilganiga doir qaydidan isnodning qanday emasligi ma’lum boʻladi?
Muttasil.
Agar roviy “Kutubi Sitta” roviylariga bagʻishlangan zikr qilinmagan boʻlsa, qayerga murojaat qilishi lozim boʻladi?
“Ilm ar-rijol” ga doir boshqa manbalarga.
“Az-Zuafo”asari kimga tegishli?
Uqayliyga.
“As-Siqot”asari kimga tegishli?
Ibn Hibbonga
“Ilm ar-rijol”dan keyingi bosqichda qanday kitoblarga murojaat qilinadi?
Marosil.
“Marosil” kitoblarda qanday rivoyatlar jamlangan boʻladi?
“Mursal” hamda “Munqati”.
“Al-Marosil”kitobi kimga tegishli?
Ibn Abu Hotim.
Hofiz Aloiyning “Jome’ at-tahsil fi ahkom al-marosil” kitobi qanday kitoblar turkumiga kiradi?
Marosil.
“Marosil” kitoblardan ma’lumot topilmaganda qanday manbaalarga murojaat qilish tavsiya qilingan?
Tabaqot.
“Tabaqot” turkum manbasiga oid Ibn Xallikonning qanday asari mavjud?
“Vafayot al-a’yon”
“Tabaqot”dan keyingi bosqichda qanday kitoblarga murojaat qilish tavsiya qilingan?
“Mudallis” roviylarga bagʻishlangan kitoblarga.
Kim Ibn Hanafiyya nomi bilan mashhur boʻlgan?
Muhammad Ali.
Kim Dovud ibn Abdujabborni “munkar al-hadis” ekanini qayd qiladi?
Imom Buxoriy.
Imom Buxoriy qaysi asarida roviylarning rivoyatlarini ham keltiradi?
“At-Tarix al-kabir”.
Ba’zida muhaddislar “mursal” atamasini nimaga nisbatan ham qoʻllashlari mumkin?
“Mubham”ga.
Imom Buxoriy asarlarida qaysi soʻz bilan ustozlardan bevosita eshitgan hadislarni rivoyat qilgan?
قال.