Arab tilidagi bir o'zakdan yasalgan qanday so'zlar tinchlik, omonlik degan ma'nolarni anglatadi?
"Silm", "Salom", "Islom"
"Ey, iymon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..." Qaysi sura va oyat ekanligini ayting
Baqara surasi, 208-oyat
Payg'ambarimiz Muhammad ( s.a.v) tinchlik haqida qanday fikr bildirganlar?
" Allohdan avf va tinchlik-omonlikni so'rangizlar, biror kishiga imondan keyin avf qilishlik va tinchlikdan afzalroq ne'mat berilgani yo'q"
"Eslang, Ibrohim: "Ey, Rabbim, buni (Makkani) tinchlik shahri qilgan va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin" bu Qur'oni Karimning Baqara surasi, 126-oyat orqali qanday ta'lim berilmoqda?
Avvalo tinchlik, undan keyin rizq so'rash orqali duo qilish ta'limi
Qur'oni Karimning "Nahl" surasi 112-oyatida Alloh bir shaharni misol keltiradi. Bu qaysi shahar?
Makka shahri
Payg'ambarimiz (s.a.v) tomonidan tuzilgan tinchlik bitimining nomi nima deb nomlangan?
"Hudaybiya sulhi"
"Bordiyu, tinchlikka moyil bo'lsalar, bas, sen ham unga (tinchlikka) moyil bo'l va Allohga tavalkul qil" Ushbu oyat Qur'oni Karimning qaysi sura va oyati hisoblanadi?
Anfol surasi, 61-oyat
"Ilm" so'zi turli ma'nolarda Qur'oni Karimda nechta o'rinda kelgan?
811 o'rinda
Imom Buxoriydan rivoyat qilingan ilm olish haqidagi hadisni ayting
"Ilm talab qilish har bir musulmonlarga farzdir"
Tolerantlik so'zining ma'nosi nima?
Lotincha " chidamoq", "sabr qilmoq" ma'nosini anglatadi
Bag'rikenglik borasida nechanchi yilda BMT tizimida "Bag'rikenglik tamoyillari" deklaratsiyasi qabul qilindi?
1995-yil 16-noyabrda
Nechanchi yil "Xalqaro bag'rikenglik yili" deb e'lon qilingan?
1995-yil
Qadim zamonlarda yurtimizda qanday dinlar mavjud bo'lgan?
Zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik
Zardushtiylik dinining vatani qayer?
Xorazmda
Buxoro shahrining nomi qanday nomdan kelib chiqqan?
"Vaxara" -buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan
Markaziy Osiyoga nechanchi asrda islom dini kirib keldi?
VIII asrda
Qur'oni Karimning qaysi surasida dinni qabul qilish ixtiyoriy amal ekani va insonni zo'rlab biror dinga kiritish mumkin emasligi, har bir inson dinga munosabatini belgilashda erkin ekani qayd qilingan
Baqara surasi 256-oyat
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmasligi haqidagi qonun konstitutsiyamizning nechanchi moddasida qayd etilgan?
31-moddasida
Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinlikka ega ekanligi aytilgan?
18-moddasida
Konstitutsiyamizning 61-moddasida qanday qoida mustahkamlangan?
Respublikamizda faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilgani haqidagi