Savol: “O‘quvchilarimizning” so‘zida nechta qo‘shimcha mavjud va ular qanday?
3 ta qo‘shimcha: -lar (ko‘plik), -imiz (egalik), -ning (kelishik)
Savol: “Katta”, “Ko‘k”, “Shirin” sifatlari ma’nosiga ko‘ra qanday turga kiradi?
asliy
Savol: “O‘qimoqda” fe’li qaysi zamonni bildiradi?
Javob: Hozirgi davom zamon
Savol: Quyidagi gapdan mavhum otni toping:
“Halollik insonni ulug‘laydi.”
halollik
Savol: “Temir eshik” birikmasida sifat qaysi turga kiradi?
Nisbiy
Savol: “Borgan”, “Ko‘rgan” fe’llari qaysi zamon shaklida?
O'tgan zamon
Savol: “Bog‘bonlar dalada ishlashdi.” gapida otlar nechta va qaysilar?
Javob: 2 ta — Bog‘bonlar, dalada
Savol: “Eng chiroyli qiz” birikmasida sifatning qaysi darajasi qo‘llangan?
orttirma
Savol: “U maktabga bordi.” gapidagi fe’lning zamonini aniqlang.
o'tgan zamon di
Savol: “Mehrning kuchi beqiyosdir.” so‘z birikmasida qaysi kelishik qo‘llangan?
Javob: Qaratqich kelishigi (-ning)
Savol: “Balandroq bino” so‘zida qaysi qo‘shimcha bor va u nimani bildiradi?
roq qiyosiy
Savol: “Biz ertaga sayohatga boramiz.” fe’l qaysi zamonni bildiradi?
kelasi zamon a
Savol: “Bolalarga sovg‘alar berildi.” gapida jo‘nalish kelishigidagi otni aniqlang.
bolalarga
Savol: Quyidagi gapdan sifatlarni toping:
“Yangi va keng maktab hovlisi juda chiroyli.”
Javob: Yangi, keng, chiroyli
Savol: Quyidagi gapdagi fe’llarning zamonini aniqlang:
“Men kitob o‘qiganman va hozir yozmoqdaman.”
Javob: o‘qiganman — o‘tgan zamon; yozmoqdaman — hozirgi davom zamon