"Kuz kirganini qishloq bolasining qo'lidan bilsa bo'ladi. Yong'oq hali "paqqa" bo'lib ajralmasdan turib, daraxtga tarmashib ketamiz. Xom yong'oqning po'stini tozalash oson emas. G'adir-g'udir g'isht topib, ishqalayvarasiz, ishqalayverasiz. Oxiri, sap-sariq yong'oq ajralib chiqadi".
Oʻtkir Hoshimov "Dunyoning ishlari"
Marsiya qanday shakllarda yaratiladi?
Gʻazal, qasida, tarjiband, tarkiband, muxammas, musaddas
Ballada soʻzining lugʻaviy maʼnosi qanday?
Fransuzcha "raqs qoʻshigʻi"
Oktavaga ta‘rif bering.
8 misrali janr.
P/s: Biroq har qanday 8 misrali band oktava boʻlolmaydi.
Qasidaning lugʻaviy maʼnosini ayting.
Arabcha "maqsad qilish, intilish"
"Haqiqiy qushga aylanib, bu shoxlardan ko'kka parvoz qilishni, osmondagi oy manzilida g'oyib bo'lib, bu dunyodagi odamlarning yuzlarini ko'rmaslikni nechog'lik istar edim".
Rashod Nuri Güntekin "Choliqushi"
Ilk marsiyalar qaysi manbada uchraydi?
Oʻrxun-Enasoy obidalari
Ballada qachon va qaysi adabiyotda shakllangan?
XIV-XV asrlarda fransuz adabiyotida
Oktava janri eng avval kimning ijodida paydo boʻldi?
Italyan shoiri Bokkacho
Qasida jahri qayerlarda rivoj topgan?
Eron va Ozarbayjon
"Davlat Xudo emas. U istaganida qaytara olmaydigan narsani tortib olishga haqli emas".
Anton Pavlovich Chexov "Garov"
Kimlarning marsiyalarida realistik ruh yaqqol koʻrinadi?
Huvaydo, Roqim, Nodira
Massagetlar malikasi jasoratiga bagʻishlangan qahramonlik balladasi nomi va muallifini toping.
Shuhrat "Mardlik afsonasi"
Bayron qalamiga mansub qaysi poema oktava janrida yaratilgan?
Don Juan
Fors-tojik adabiyotida kimlar yaratgan qasidalar qadrlanadi?
Rudakiy, Daqiqiy
"Hayot shunday ajoyibki, biz bizni sevmaganlar uchun qahramonliklar ko'rsatamiz, ularga erishish uchun qiyinchiliklarni yengib o'tamiz. Ammo qizig'i shundaki, bizni sevganlar bizni hech qanday qahramonliklarsiz, qiyinchiliklarsiz borimizcha, oddiyligimizcha sevadi. Afsus bu borada bizning ko'zlarimiz ko'r, quloqlarimiz kar".
Jon Grin "Yulduzlar aybdor"
Hamza Hakimzoda Niyoziy kimga bagʻishlab marsiya yaratgan?
Ismoil Gaspirali
Ingliz va fransuz balladalari farqini ayting.
Ingliz balladasida shakliy talab qatʼiy.
Fransuz balladasida shakliy talab erkin.
Oʻzbek tilida oktava janrida ijod qilgan dastlabki ijodkor kim edi?
Usmon Nosir
Alisher Navoiyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan qasidasi qanday nomlanadi?
Ulugʻbek madhi
"Onamning birdan bir tashvishi uyimizdagi kitoblar, ayniqsa, Qur'onni u yerdan olib, bu yerga, kishi ko'zi tushmaydigan yerga berkitish edi. Chunki o'sha vaqtda savodi bor, hatto masjidga chiquvchilar ham quloq qilingan".
Shukrullo "Kafansiz koʻmilganlar"
Abdulla Oripovga bagʻishlangan "Bu yil dillar vidolarda kuyib oʻtdi" marsiyasi muallifi kim?
Usmon Azim
Hamid Olimjonning urush yillarida yaratilgan balladasini ayting.
Jangchi Tursun
Otaning farzandga aytgan yaxshi niyatli soʻzlari, ezgu kechinmalari ifoda etilgan oktava janrida yozilgan sheʼr nomi va muallifini ayting.
Ahmad Rahmat "Oʻgʻlimga"
Kimning qasidasida rus madaniyati madhi va realistik metod aniq koʻzga tashlanadi?
Furqat "Gimnaziya"