(Blank)
(Blank)
100

“Bomdod namozining avvalgi vaqti subhi kozib chiqqan vaqti kiradi”. Shu jumla toʻgʻrimi?

Yoʻq. 

Bomdod namozining avvalgi vaqti subhi sodiq chiqqan vaqti kiradi

100

Yozda peshin namozi kunni salqinlatib va qishda esa peshin namozini oldinroq oʻqish qanday amal hisoblanadi? (Farz, vojib, sunnat…)

Mustahab

100

Ilk tavof nima deyiladi

Tavoful qudum

100

Aljuhfa miyqodidan ehromga kimlar kiradi

Shom ahli

100

Agar bir necha namozlar qazo qilingan boʻlsa azon va iqomat qay tartibda aytiladi?

Birinchisiga azon va iqomat aytiladi

200

Tarviya kuni qaysi oyning nechinchi sanasida?

Zulhijja oyining 8-kuni

200

Agar kishi sajdada peshonaning oʻzini yoki burunning oʻzini yerga qoʻyish bilan cheklansa Abu Yusuf va Muhammad rahmatulloh alayhilarga koʻra joiz boʻladimi?

joiz emas faqat uzrli holatda mumkin deyishgan

200

لا يَقتلُ صيدا، ولا يُشير إليه، ولا يَدلُّ عليه

.Tarjima qiling

Ehromga kirgan kishi ovni (biron jonivorni)  oʻldirmaydi, unga ishora ham qilmaydi, uni koʻrsatib ham qoʻymaydi. 

200

Subhdan soʻng to quyosh koʻtarilib ketmagunicha va asrdan soʻng to quyosh botmaguncha qaysi namozlarni oʻqish makruhdir?

Nafl namozlar

200

Ifoza tavofi nima?

Oxirgi farz tavofi

300

Agar yosh bola ehrom kiygandan keyin balogʻatga yetsa yoki qul ehrom kiygandan keyin ozod qilinsa, har ikkisi ham haj amallarini bajarishda davom etishsa bu hajlari farz hajining oʻrniga oʻtadimi?

Yoʻq, oʻtmaydi

300

Muzdalifaga yetib kelganda  “Miyqada” joylashgan qaysi togʻning yonida toʻxtash mustahabdir?

Quzah togʻi

300

Agar bir kishi arabchani bilsa ham namozga takbiri tahrimani forscha aytib kirishsa yoxud namozga forsiy qiroat qilsa yoki jonliq soʻyayotganda “bismillah”ni forscha aytsa Abu Hanifaga koʻra joiz boʻladimi? Abu Yusuf va Muhammadga koʻrachi?

Abu Hanifaga koʻra joiz, Abu Yusuf va Muhammadga koʻra faqat jonliq soʻyayotganda “bismillah”ni forscha aytish joiz.

300

Agar ehromdagi kishi ovni oʻldirishga majbur qilinsa va uni oʻldirsa, unga jazo vojib boʻladimi?

Vojib boʻladi

300

“Tungi nafl namozlarning sakkiz rakatini bir salom bilan oʻqish joiz, undan oshirsa makruh” bu qavl kimga tegishli?

Abu Hanifa

400

Qiron, Tamattu’ va Ifrod hajlari ichida afzal haj qaysi?

Qiron haji

400

Kimki yanglishib birinchi qa’dada o’tirmay turib ketsa va agar u qa’da holatiga yaqin turgan holatida boʻlsa yoki qiyomga yaqin holatda boʻlsa u qanday yoʻl tutadi

Qa’daga yaqin boʻlsa qaytib oʻtiradi va tashahhudni oʻqiydi.

Qiyomga yaqin holatda boʻlsa qa’daga qaytmaydi

400

Agar ehromga kirgan kishi (kech kelgani sababli) Makkaga kirmay Arafotga ketsa va u yerda tursa undan “Tavofi qudum”ning hukmi qanday?

Undan “Tavofi qudum” soqid boʻladi. 

400

Ehromga kirgan kishi nimalarni kiyishi mumkin emas?

Koʻylak, ishton, salla va mahsi

400

لا يجوز ذبحُ الهدايا إلا في الحرم

.Tarjima qiling

Hadyani soʻyish joiz emas illo Haramda soʻyish joizdir. 

500

يُستحبُّ الإسفارُ بالفجر

Masalani tushuntirib bering

Bomdod namozini kunni yorishtirib oʻqish mustahab sanaladi. 

500

Agar ehromda boʻlmagan odam bir ovni ovlasa, soʻng ehromga kirsa soʻng uning qoʻlidan boshqa odam ov (hayvonini) qoʻyib yuborsa, u odam, Abu Hanifaga koʻra, Abu Yusuf va Muhammadlarga koʻra tovoni borasidagi qavl qanday?

Abu Hanifaga koʻra qoʻyib yuborgan odam tovon toʻlaydi

Abu Yusuf va Muhammadga koʻra tovonini toʻlamaydi  


500

Haj yoki umra qilishni qasd qilgan kishi ehromsiz oʻtishi mumkin boʻlmagan miyqodlarni sanang.

Zulhulayfa, Zotu Irq, AlJuhfa, Qarnul Munazil, Yalamlam

500

Agar kishi oxirgi qa’dadan turib ketib qolgan boʻlsa, beshinchi rakatning sajdasini qilgan boʻlsa va qilmagan boʻlsa hukmi qanday boʻladi?

Sajda qilmagan boʻlsa qa’daga qaytadi.

Sajda qilgan boʻlsa farzi botil boʻladi. 

500

المزدلفةُ كلُّها موقفٌ إلا بطنَ

Jumlani davom ettiring


مُحَسِّر