"Fiqh" so'zi arab tilida qanday ma'nolarni anglatadi va bu so'z bilan bir qatorda qaysi so'zlar ham shu ma'nolarni bildiradi?
Tushinish, idrok etish, anglash.
Abu Hanifaning aqoidga bag'ishlangan asari nima deb nomlangan?
"al-Fiqh al-akbar" ya'ni "Katta fiqh"
"Shariat" so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi ?
1. "suvga olib boruvchi yo'l"
2. "to'g'ri yo'l".
Abu Hanifa fiqhga qanday ta'rif bergan?
Fiqh bu-insonning o'ziga foydali va zararli bo'lgan narsa (norma)larni bilishidir.
Fiqhga Abu Hanifadan keyin Shofeyi qanday ta'rif bergan?
Fiqh bu- aniq (tafsiliy) dalillardan chiqarilgan shariat normalarini o'rganuvchi ilmdir.
Muvatto asarining muallifi kim?
Molik ibn Anas
Shofeyi usulul-fiqh bo'yicha qaysi asarni yozgan?
"ar-Risola"
Fiqhiy fatvo berish bilan shug'illangan yoki fatvo bergan sahonbalar soni nechta edi?
Bir yuz qirq nafar.
Islom huquqi manbalari qaysilar?
Qur'on, sunnat, ijmo', qiyos.
Abu Hanifa r.a ning ustozlari kim bo'lgan?
Hammod ibn Sulaymon
Imom Bazdaviyning aytishicha, fiqhning 3 jihati bor, ular qaysilar?
Birinchisi, shariat hukmlarini o'rganish;
Ikkinchisi, qo'lga kiritilgan bilimlarni o'zlashtirish;
Uchinchisi, o'zlashtirilgan ushbu ilmni amalga tatbiq etishdir.
Imom A'zam r.a ilm talab qilish to'g'risidagi hadisni kimdan rivoyat qilgan ?
Anas ibn Molik
Mujtahidlar davrida asos solinib, rivojlangan sunniylik mazhablari o'z asoschilari nomi bilan nomlangan va ular qaysilar?
Abu Hanifa - hanafiy mazhabi;
Imom Molik - molikiy mazhabi;
Imom Shofeiy - shofeiy mazhabi;
Ahmad ibn Hanbal - hanbaliy mazhabi.
Abu Hanifa mazhabi qayerda paydo bo'lib, shakllandi?
Iroqning markaziy shaharlarida - asosan Kufa va Bag'dodda.
Mudavvanatul kubro asarining muallifi kim?
Molik ibn Anas
Samarqandda dastlab ikki yirik hanafiy maktabi shakllandi ular qaysilar ?
Dor al-juzjoniya, Dor al-iyodiya
"Kitobul olim val mutaallim" asari muallifi kim ?
Abu Muqotil Samarqandiy
Olimlar Abu Hanifaning asaridan kelib chiqqan holda aqoid ilmi va fiqh ilmini qanday atalganligini tahmin qilishgan?
Aqoid ilmini "al-fiqh al-akbar" (katta fiqh), fiqh ilmini "al-fiqh al-asg'ar" (kichik fiqh).
Dor al-juzjoniya maktabining eng mashxur vakili kim ?
Abu Mansur Moturidiy
Hanafiylik qaysi hududlarda tarqalgan?
Turkiyadan to Indoneziyagacha bo'lgan katta hududlarga va Markaziy Osiyoga keng tarqalgan
Abu Hafs Kabiyr Buxoriy Hanafiy fiqhini Imomi A'zamning qaysi shogirdidan o'rgangan ?
Muhammad ibn Hasan Shayboniydan
Abu Hanifa r.a nechta sahobalar bilan zamondosh bo'lgan va ular kimlar?
4 ta
Anas ibn Molik
Abdulloh ibn Abu Avfa
Sahl ibn Sad as-Saidiy
Abu Tufayl Omir ibn Vosila
Dor al-juzjoniya maktabi nega bunday nom oldi ?
Chunki bu maktabda uchta shunday ismli buyuk ulamolar faoliyat yuritgani uchun.
Abu Sulaymon Muso ibn Sulaymon Juzjoniy
Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq ibn Subayh Juzjoniy
Imom Abu Abdulloh ibn Juzjoniy
Ahli sunna val jamoaga tegishli bo'lgan ilk huquqiy maktablar qaysilar?
1. Madina huquqiy maktabi;
2. Makka huquqiy maktabi;
3. Basra huquqiy maktabi;
4. Kufa huquqiy maktabi;
5. Shom huquqiy maktabi.
Fiqh ilmining rivojlanish bosqichlarini sanab bering.
1-bosqich: Payg'ambar davri;
2-bosqich: Sahobiylar davri;
3-bosqich: Tobein davri;
4-bosqich: Mujtahidlar davri;
5-bosqich: Muharrijlar davri;
6-bosqich: Muqallidlar, ya'ni taqlid qiluvchilar davri.