Amir Temur ordeni qachon ta'sis etildi?
1996-yil 26-aprelda.
Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va faoliyatiga qiziqishi nechanchi asrdan boshlangan?
XVI asrdan boshlangan.
Kim Amir Temur qo'shinining tuzilishi, jang olib borish yo'l-yo'riqlarini sinchiklab o'rgangan, uning taktik usullarini o'zlashtirgan?
Napoleon
Temur davlatida diniy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat olib boruvchilar kimlar(lavozim nomi) deb atalgan?
Muhtasiblar (arabcha, nazorat qiluvchilar)
"Tunkal" nima?
Hukmdorning qo'shin to'plashga qaratilgan maxsus buyrug'i (farmoni)
Agar qaysidir oddiy askar qilich chopib, bahodirlik ko'rsatsa, unga in'om tarzida nimalar berilgan va qaysi lavozimga ko'tarilgan?
Qimmatli toshlar qadalgan kamar, qilich va ot berilib, u o'nboshilik martabasiga ko'tarilgan.
Amir Temur o'z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko'targan bir qancha yangi qishloqlarni qanday nomlar bilan atagan?
Dimishq(Damashq), Misr(Qohira), Bag'dod, Sultoniya va Sheroz.
Temurning Anqarada erishgan g'alabasi natijasida butun dunyo uni ulug'lab, qanday nom bergan?
"Yevropaning xaloskori"
Bonus
+200
Amir Temur necha yil davomida harbiy yurishlar qildi?
35 yil davomida.
Amir Temur Anqara jangida qo'llagan qaysi usul urush taqdirini hal qildi?
Chalg'itish usuli
Bonus
+300
Sud hokimiyati nechi ko'rinishda edi va bular qaysilar?
1) ma’muriy sudlar; 2) shariat qozisi, ya’ni shariat talablariga asoslanib ish yurituvchi sudya;3) ahdos qozisi – odat huquqi asosida ish ko‘ruvchi sudya.
Boyazidga nima sababdan "Yildirim" laqabi berilgan va buning ma'nosi nima?
Urushlarda tezkorlik bilan g‘alaba qozongani uchun Boyazidga “Yildirim” – chaqmoq laqabi berilgan.
Amir Temur o'zining "Temur tuzuklari" asarida, urush maydonini tanlashda 4 narsaga amal qilish lozim deydi. Bular qaysilar?
O‘sha yerning suvga uzoq-yaqinligi; askar saqlaydigan yerning xavfsizligi; dushman askari turgan yerdan teparoqda bo‘lish va quyoshga ro‘para bo‘lib qolmaslik; urush maydoni oldi ochiq, keng joy bo‘lishi.
Amir Temur qaysi asarda maqtalib, ko'klarga ko'tarilgan va qaysi asarda salbiy inson sifatida tasvirlangan? Ushbu asarlarning mualliflari?
Sharafuddin Ali Yazdiyning 1425-yili yozilgan "Zafarnoma"sida Temur ko'klarga ko'tarilgan bo'lsa, Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi" asarida salbiy inson sifatida tasvirlanadi.
Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. Qachon Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga qanday topshiriqlar berilgan edi?
Elchilarga Amir Temur va Boyazidning kuch-qudrati, boyligi va qo‘shinining sonini bilish hamda ular qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma’lumotlar to‘plash topshiriladi.
Amir Temur hokimiyatini tan olmagan hokim kim?
Shiburg'on hokimi Zinda Chashm
Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda qanday nomlar bilan atalgan?
"Uch yillik" (1386-1388), "besh yillik" (1392-1396), "yetti yillik" (1399-1405) yurishlar.
Amir Temur to'plarni ilk marotaba qachon va qaysi jangda ishga solgan?
1379-yil Urganch qamal qilingan vaqtda.
Amir Temur birinchilardan bo'lib, harbiy sohaga 2 ta yangilik(tartib) kiritgan. Bular qaysilar?
1. O'z qo'shiniga o'tochar qurol, ya'ni to'p - ra'dni olib kirdi.
2. Qo'shinni jang maydonida 7 ta qo'l (korpus)ga bo'lib joylashtirish tartibini joriy qildi.
Mordin ahlini jazodan saqlab qolgan voqea haqida gapirib bering.
Amir Temur 1394-yilning fevral oyida Mordin qal’asini egallashga jidd-u jahd qildi, bor imkoniyatlar sarf etildi. Shahar kuch bilan egallanib, qochib qutulgan aholi tog‘larga tarqab ketdi. Temur askarlari tog‘larda yo yilib, dushmanni ta’qib qila boshlagach, qal’a eli tavba-tazarru qilib, sovg‘alar chiqarib, mol va xiroj to‘lashni qabul qilib, tobelik izhor etdi.
Shu asnoda Amir Temur huzuriga chopar kelib, Shohrux Mirzo xonadonida o‘g‘il tug‘ilgani va munajjimlar bu nabira kelajakda ham olim, ham hukmdor bo‘lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazdi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal’asi qamalini to‘xtatib, uning xalqiga yuklangan to‘lovni bekor qildi.
Amir Temur davlatining Xitoy bilan munosabati haqida to'liq gapirib bering?
Sharqning eng katta davlatlaridan biri - Xitoy bilan munosabatlar Amir Temur davrida bir qadar jiddiylashib qolgan edi. Bunga Xitoy hukmdorlarining ulug' davlatchilik siyosati sabab bo'lgandi. Min imperatorlari Xitoyga qo'shni bo'lgan mamlakatlarni qaram mamlakatlar deb hisoblardi. Amir Temurning elchilari va savdogarlari olib borgan sovg'a-salomlarni esa o'lpon deb sanardi. Temur ham Xitoy elchilari bilan shunga yarasha munosabatda bo'ldi. Klavixoning ma'lumotlariga qaraganda, 1404-yilda Samarqandga kelgan Xitoy imperatorining elchilari boshqa mamlakat elchilaridan yuqoriga o'tqazib qo'yilgan ekan. Amir Temur buyrug'iga ko'ra, ular ham boshqa mamlakat elchilari qatoridan o'ziga yarasha joyga, quyiroqqa o'tqaziladi.
Oltin O'rda va Oq O'rda tarkibiga kirgan yerlarni sanang.
Jo‘chi ulusi ikki mustaqil davlatdan: o‘ng qanot – Oltin O‘rda, chap qanot – Oq O‘rdadan iborat bo‘lgan. Oltin O‘rda tarkibiga Xorazmning shimoliy qismi, Shimoliy Kavkaz, Bulg‘or yerlari, G‘arbiy Sibir, Qrim kirgan. Oq O‘rdaga esa Sirdaryoning quyi oqimi, Sirdaryo bo‘ylaridan Sibirdagi Tuman degan joygacha bo‘lgan yerlar kirgan.
Amir Temurga qarshi suiqasdning rejasi qanday va ushbu suiqasdga ishtirok etganlarni avf etadi, ulardan birining ismi nima edi?
1372-yilda Amir Temur Mo'g'uliston yurishida g'alaba gozonib, Samarqand tomon qaytayotgan paytda unga qarshi suiqasd rejasi tuzilgan edi. Rejaga bino-an, Amir Temur O'tror yaqinidagi Qarosomon mavzeyida ov bilan mashg'ul bo'lgan chog'da qo'lga olinishi kerak edi. Sohibqironning xavf-sizlik xizmati nihoyatda tezkorlik va zukkolik bilan ishlagani bois fitna fosh bo'ldi va fitnachilar qo'lga olinib, so'roq qilindi hamda qilmishi isbot etilgandan so'ng Temur ularga nisbatan jazo qo'lladi, ayrimlarini esa jazosiz qoldirdi. Saroymulkxonimning aralashuvi bilan Muso Ahmad ismli isyonkor jazodan ozod etiladi (chunki Amir Muso uning yaqin qarindoshi edi).