A
B
C
D
E
50

Rentabellik indeksi bu - ?

Diskontlantirilgan daromadlarning diskontlantirilgan xarajatlar nisbati

50

Likvidlik bu - ? 

Tez pulga aylanuvchanlik.

50

Investorlarning qarz mablarg'lari bu - ?

Bank kreditlari

50

Kapital qurilishda tanlov savdolari qanday nomlanadi - ?

Tender

50

Hosilaviy qimmatli qog'ozlar bu -? 

Forward, fyuchers, optsion

100

Dunyodagi birinchi erkin iqtisodiy zona qachon va qayerda tashkil etilgan?

1547 yilda, Livorno shahrida

100

Iqtisodiy omillar necha turga bo'linadi? Va ular qaysilar?

2 turga bolinadi. Ijtimoiy va iqtisodiy

100

EIHlar faoliyat yuritayotgan 123 ta mamlakatlar orasida eng ko’pi qaysi davlatga to’g’ri keladi. 

AQSH

100

Investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun - ?

foyda massasining (F) investitsiya xarajatlariga (IX) bo‘lgan nisbati foiz ko‘rinishida olinadi;

100

Oddiy aksiyaning qanday afzalliklari mavjud?

aksionerlik jamiyatini boshqarishni huquqini beradi (aksionerlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish, dividend olish huquqi, jamiyatni likvidatsiya qilayotganda aksiyalar qiymatiga teng miqdorda korxona mulkini olish). Barcha oddiy aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim. 

150

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risidagi” farmoni nechanchi son va qachon qabul qilingan?

PF-5809-son farmoni

2019 yil 4 sentyabrda 

150

Аtrof-muhitning ifloslanish darajasi, radiatsion fon, zararli chiqindilar - mamlakatning investitsiya muhitiga ta'sir etuvchi qaysi omil turiga kiradi

Ekologik vaziyat

150

Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular — ?

Oddiy (yoki statistik) baholash usullari va diskontlashga asoslangan baholash usullari.

150

Loyiha ishtirokchilari riski — ?

bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.

150

Imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalardan qanday farq qiladi?

ovoz berish xuquqiga ega bo‘lmaydi, lekin uning afzallik tomoni shundaki, u aktsionerga oldindan ma‘lum bo‘lgan, qat‘iy belgilangan foiz bo‘yicha daromad bilan ta‘minlangan bo‘ladi.

200

Innovatsion markaz bu - ?

iqtisodiy tarkibi uncha katta bo’lmagan hudud doirasida kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo’ljallangan.

200

"BERI" baholash usulining mohiyati -? 

Mazkur usulning moxiyati shundaki, obro‘li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo‘yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. 

200

Investitsiya loyihasining samaradorligini baholash usuli ?

Moliyaviy baholash. 

Iqtisodiy baholash.

200

Hukumatning chet el investorlar va kreditorlar ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq bolgan risk turi - ?

Siyosiy mamlakat riski 

200

Veto qanday huquq va u qanday aksiyalarda ishlatiladi

rivojlangan davlatlarda bironta organ, tashkilot qonuni yoki qarori-ning kuchga kirishini toʻxtatish yoki kuchga kirishiga yoʻl qoʻymaslik huquqi va "oltin aksiya"da qollaniladi

250

Afrikada qanday offshor zonalar mavjud?

Liberiya, Mavrikiy. 

250

Emitentlarga berilgan AAA reytingidan tortib, defolt qilingan emitentga berilgan D darajasiga qadar bo'lgan harflar ichida BBB nimani anglatadi?

BBB - emitentning to'lov qobiliyati qoniqarli hisoblanadi.

250

Qaysi ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib investitsiya loyihasining samaradorligini baholash mumkin emas.

Pul oqimi tog'risidagi malumotlarga.

250

Investitsiya loyihalari risklarini baholashning matematik qanday usullari bor -? Va ular qaysilar?

Obektiv va subektiv usul

250

Investorlarning o'z mablag'lari bu - ?

Korxona foydasi, amortizatsiya ajratmalar