Real va nominal YaIM o‘rtasidagi farq nima?
Nominal YaIM – amaldagi narxlarda, real YaIM – inflyatsiya ta’siridan tozalangan hajmda hisoblanadi.
AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta nimani anglatadi?
Makroiqtisodiy muvozanat
Potensial YaIM deganda nimani tushunamiz?
To‘liq bandlik sharoitida erishiladigan maksimal ishlab chiqarish hajmi.
To‘liq bandlik nima uchun 100% bandlik emas?
Chunki har doim friksion va tarkibiy ishsizlik mavjud bo‘ladi.
Agregat ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunamiz?
Milliy darajadagi umumlashtirilgan iqtisodiy kattaliklar – YaIM, inflyatsiya, ishsizlik darajasi, milliy daromad va boshqalar.
Makroiqtisodiyotning tadqiqot usullaridan ikkitasini ayting.
Ilmiy mavhumlash, iqtisodiy-matematik modellashtirish.
Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot o‘rtasidagi farq nima?
Pozitiv makroiqtisodiyot “nima borligini” tahlil qiladi, normativ esa “nima bo‘lishi kerakligini” tavsiya qiladi.
Investitsiya deganda nimani tushunamiz?
Kapital qo‘yilmalar orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish.
Makroiqtisodiy modellarning asosiy vazifalari?
Murakkab jarayonlarni soddalashtirib, iqtisodiy aloqalarni tushuntirish va prognoz qilish.
Kutilmagan inflyatsiya kimlarga zarar yetkazadi?
Kreditorlar, aholining qatlamlari, davlat byudjeti.
Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sabablari nima?
Yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi, tashqi zarbalar, investitsiya o‘zgarishlari.
Nega makroiqtisodiyotda “ochiq iqtisodiyot” tushunchasi muhim?
Chunki hech bir mamlakat tashqi aloqalarsiz mavjud bo‘la olmaydi, eksport-import muvozanati muhim rol o‘ynaydi.
Kutilgan inflyatsiya qarz oluvchilarga qanday ta’sir qiladi?
Qarz qiymati kamayadi, ular yutadi.
Investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun hukumat qanday choralar ko‘rishi mumkin?
Soliq imtiyozlari, kredit stavkalarini kamaytirish, infratuzilma rivojlantirish.
Deflyator indeksi nimani ko‘rsatadi?
Nominal va real YaIM o‘rtasidagi nisbat orqali narxlarning umumiy o‘zgarishini.
Fillips egri chizig‘i qanday bog‘liqlikni ko‘rsatadi?
Ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik.
Chegaraviy iste’mol moyilligi nimani bildiradi?
Qo‘shimcha daromadning iste’molga yo‘naltiriladigan ulushi.
Foiz stavkasining pasayishi ADga qanday ta’sir qiladi?
Kreditlar arzonlashib, investitsiya va iste’mol xarajatlari oshadi, AD o‘ngga siljiydi.
Radarga tushdingiz :)
-400 ball
Iste’mol funksiyasidagi “avtonom iste’mol” nimani bildiradi?
Daromad nol bo‘lsa ham amalga oshadigan minimal iste’mol darajasi.
Bonuuus
500 ball
Makroiqtisodiyot fani asoschisi kim hisoblanadi va qaysi asari bilan mashhur?
J.M. Keyns, “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936).
Giperinflyatsiyaning asosiy sabablari nimalar?
Davlat byudjeti defitsitini pul emissiyasi bilan qoplash, pul massasining nazoratsiz oshishi, ishlab chiqarishning keskin qisqarishi.
Nima uchun uzoq muddatda Fillips egri chizig‘i vertikal bo‘ladi?
Chunki uzoq muddatda inflyatsiya bilan ishsizlik o‘rtasida barqaror almashinuv mavjud emas.
Agar nominal YaIM 10% ga oshsa, narxlar 6% ga ko‘tarilgan bo‘lsa, real YaIM necha % ga o‘sgan bo‘ladi?
Taxminan 4% (10% – 6%).