Faqat aviachipta qidirish yoki mehmonxona bron qilishga ixtisoslashgan (masalan, Skyscanner yoki Booking.com) saytlar qanday ataladi?
Ixtisoslashtirilgan portallar va saytlar
Veb-sayt yaratishda brendga mos, qisqa va esda qolarli bo'lishi kerak bo'lgan nom nima deb ataladi?
Domen nomi.
Foydalanuvchilarga dasturiy ta'minot va server resurslarini internet orqali ijaraga beruvchi xizmat qisqartmasi nima?
ASP (Application Service Provider).
Sayohatchilarga turlarni real vaqt rejimida sotib olish imkonini beruvchi tizim nima?
Onlayn bron qilish tizimi
Qidiruv tizimlarida (Google, Yandex) yuqori o'rinlarni egallash uchun qilinadigan ishlar majmuasi nima?
SEO optimizatsiya
Keng auditoriyaga mo'ljallangan, TripAdvisor va Lonely Planet kabi saytlar qaysi turga kiradi?
Umumiy maqsadli saytlar.
Sayyohlik veb-sayti uchun qaysi mashhur platformalarni (CMS) ishlatish mumkin?
WordPress, Wix, Mobirise, Jimdo, Squarespace yoki Weebly
Server ilovalarini boshqarishni tashqi ixtisoslashgan kompaniyaga to'liq topshirish qanday ataladi?
Autsorsing.
O'zbekistondagi sayyohlik saytlarida qaysi to'lov tizimlarini integratsiya qilish mumkin?
Click, Payme, Uzcard
SEO strategiyasida sayt mazmunida qanday so'zlardan foydalanish markaziy o'rin tutadi?
Kalit so'zlar (Keywords)
Tayyor turistik marshrutlar va paketlarni taqdim etuvchi TUI Group yoki Thomas Cook kabi kompaniyalar saytlari qaysi toifaga kiradi?
Turoperator kompaniyalarning rasmiy saytlari.
Veb-saytning barcha sahifalari ro'yxatini qidiruv tizimlari (Google, Yandex) uchun taqdim etuvchi format nima?
XML sayt xaritasi.
Ma'lum bir soha, masalan, faqat turizm uchun ixtisoslashgan ASP turi qanday nomlanadi?
Vertikal ASP (yoki Ixtisoslashtirilgan ASP).
Sayyohlik saytida "Mijozlarga xizmat ko'rsatish" bo'limida odatda nimalar joylashadi?
Aloqa ma'lumotlari va tez-tez so'raladigan savollar (FAQ).
Kompaniya o'z xizmatlarini Facebook va Instagram orqali targ'ib qilishi marketingning qaysi yo'nalishiga kiradi?
Ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiya (SMM)
Turoperatorlar xizmatlarini taklif qiluvchi vositachi tashkilotlar (masalan, Expedia) saytlari qanday nomlanadi?
Sayyohlik agentliklari saytlari.
Veb-sayt yaratish jarayonida interfeys, ranglar va brend identifikatorini yaratish bosqichi qanday ataladi?
Dizayn va UI/UX.
Autsorsing va ASP o'rtasidagi asosiy farq nimada (nazorat nuqtai nazaridan)?
Autsorsingda nazorat yuqori, ASPda esa nazorat kamroq va xizmat standartlashtirilgan bo'ladi
Saytda ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun o'rnatilishi shart bo'lgan raqamli sertifikat nima?
SSL sertifikati.
Yangi turpaketlar haqida mijozlarga muntazam xabar yuborish usuli nima deb ataladi?
E-mail marketing
Turizm sohasidagi mutaxassislar, gidlar va mehmonxona egalari uchun biznes aloqalar o'rnatishga xizmat qiluvchi platformalarga misol keltiring.
Travel Weekly, Skift yoki Phocuswright.
Saytni yaratishda foydalaniladigan Backend texnologiyalariga 3 ta misol keltiring.
PHP, Python (Django/Flask), Node.js.
Kichik va o'rta biznes uchun dasturiy yechimlar (masalan, buxgalteriya dasturlari) taklif etuvchi ASP turi qaysi?
Tijorat (Commercial) ASP
Litsenziyalangan turoperator saytida qonuniy ravishda qaysi ma'lumotlar ko'rsatilishi shart?
Litsenziya raqami, amal qilish muddati va uni bergan organ.
ashhur shaxslar yoki blogerlar orqali auditoriyani kengaytirish marketingning qaysi turi hisoblanadi?
Influencer marketing.