1
2
3
100

Tog'ay to'qimasining tarkibi...?

70-80% suv, 10-15% organik moddalar va 4-7% mineral tuzlar.

100

Qaysi tog'ayda ohaklanish kuzatilmaydi?

Elastik tog'ayda.

100

Hujayralar hujayralararo moddadagi maxsus katakchalarda qanday joylashgan? 

Yakka-yakka yoki to'p-to'p. 

200

Perixondr nima?

Yunon. peri- oldi, chondros- tog'ay ya'ni, tog'ay usti pardasi.

200

Tog'ay regeneratsiyasida nimalar muhim o'rin tutadi?

Perixondrda joylashgan hujayralar.

200

Retikulofibroz suyak to'qimasi kimlarda uchraydi?

Asosan homilada va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda. 

300

Hujayralararo moddasining  tuzilishiga qarab, tog'ayning turlari?

Uch turi: 1-gialin (shishasimon);

2-elastik (to'rsimon);

3-tolali (kollagen tolali);

300

Elastik tog'ay hujayralarining sitoplazmasini gialin tog'aydan farqi nima?

Elastik tog'ay hujayralarini sitoplazmasida yog' va glikogen kam to'planadi.

300

Suyak to'qimasining tog'ay ichida hosil bo'lishi nima deyiladi?

Endoxondral yoki enxondral suyaklanish.

400

Tog'ay to'qimasi metabolizmiga ta'sir etuvchi omillar?

Mexanik ta'sirotlar va nerv-gormonal omillar. 

400

Ohaklangan tog'ay va suyak to'qimalarining yemirilishida qaysi hujayralar aktiv ishtirok etadi?

Osteoklastlar, osteoklastotsitlar. 


400

Tog'ay to'qima bilan endoxondral suyak orasidagi chegara qism nima deb ataladi ?

Suyaklanish yoki ossifikatsiya chizig'i.

500

Skleroz nima?

Kollagenning ko'payishi.

500

Yakka yoki izogen gruppalar atrofida yotgan hujayralararo moddalarning turlicha bo'yalishini sababi nima?

Sababi, ularning tarkibida oqsillar va proteoglikanlar miqdori turlicha bo'ladi.

500

Qaysi gormon suyaklarning o'sishi va tuzilishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi?

Endokrin bezlardan qalqonsimon old bezi gormoni-paratirin.