1
2
3
100

Polis so'zining ma'nosi nima?

Shahar

100

Afina aholisi nechta katta guruhga bo‘lingan?

Afina aholisi uchta katta guruhga bo‘lingan: fuqarolar, meteklar va qullar.

100

Mil.avv XII asrda qaysi hududga doriylar hujum qilgan . (qavsdagi hududni ham ayting)

Janubiy Yunoniston (Lakonika)

200

Goplit so'zining ma'nosi nima?

Og'ir qurollangan askar(lar)

200

Kimlar Afina fuqarosi bo‘la olgan?

Ota-onasi ozod afinalik bo‘lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo‘la olgan.

200

Qancha yoshga to'lganida yigitlar jangi sifatida qo'shinga qo'shilgan

20 yoshdan

300

Akropol qayerda va qachon qurilgan?

Mill.avv 2-ming yillikda Attikanig g'arbiy qismida

300

Afinada bolalar qaysi yoshdan ta’lim ola boshlagan va nimalar o‘rgatilgan?

 Bolalar yetti yoshdan boshlab ta’lim ola boshlagan. Ularga yozuv va hisob o‘rgatilgan.

300

Spartaliklar qulga aylantirilgan mahalliy aholini nima deyishgan va asli qayerlik bo'lishgan?

Ilotlar ular asli yunonlik bo'lishgan

400

Afinada yashagan insonlarning asosiy qismi kimlardan tashkil topgan?

Hunarmandlar va savdogarlar

400

Palestrada qanday fan va mashg‘ulotlar o‘rgatilgan?

Palestrada adabiyot, she’r yozish, musiqa san’ati va gimnastika mashg‘ulotlari o‘rgatilgan.

400

Spartada sust rivojlangan ishlarni ayting

Savdo sotiq , san'at asarlari , chiroyli ibodatxonalar

500

Yunonistonda nimalarning rivoj topishi natijasida shaharlar soni ham ortib borgan?

Dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi natijasida! -_-
                 

500

Afinadagi oliy ta’lim muassasalarida kimlar o‘qigan va qanday fanlar o‘qitilgan?

Oliy ta’lim muassasalarida faqat o‘ta boy ota-onalarning farzandlari o‘qigan. Ularda astronomiya, geometriya, geografiya va tarix fanlari o‘qitilgan.

500

Ilotlardan tashqari , Sparta to'la-to'kis huquqlarga ega bo'lmagan fuqarolarni kim deyishgan ?

Periyeklar