Eng baland daraxt nomi nima?
Sekvoyadendron daraxti
Ildizidan bir necha ingichka tanachalar chiqqan va tepa qismi barglar bilan qoplangan o‘simlik
Buta
Dorivor o‘tlar nomini ayting
Yalpiz, kiyiko‘t, moychechak, rozmarin
Ignabargli o‘simliklarning nomini ayting
Qarag‘ay, archa, sadir
Gulli o‘simliklar urug‘i qayerda joylashgan bo‘ladi?
Mevalari ichida
Baobab daraxti qayerda o‘sadi?
Afrika savannalarida
Qanday butalarni bilasiz?
Naʼmatak, malina, qorag‘at, maymunjon
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning qancha turi mavjud?
750ga yaqin
Ignabargli o‘simliklarning mevasi qanday ataladi?
G‘udda
O‘simlik qismlarini ayting
Ildiz, poya, shox, barg, meva, gul, urug‘
Ko‘rinishidan soyabonga o‘xshaydigan, qatlamlari yo‘q sabab yoshini aniqlab bo‘lmaydigan daraxt nomi nima?
Ajdar daraxti
Uyatchang bargli buta nomi toping
Mimoza
Zararli o‘tlarni ayting
G‘umay, zarpechak, ajriq, salomalaykum
Ignabargli o‘simliklarning urug‘lari qayerda joylashgan bo‘ladi?
G‘uddalarda
Botqoq guli nomini toping
Nilufargul, lotos
Eng past daraxt nomi nima?
Velvichiya
Qaysi butadan bog‘da devorlar hosil qilish mumkin?
Ligustrum, tuyabuta
Qizil kitobga nechta o‘simlik turlari kiritilgan?
324 ta turdagi o‘simlik
Ignabargli daraxtlar qanday iqlim sharoitida yaxshi o‘sadi?
Salqin, tog‘li va mo‘tadil iqlimda
O‘simlik dunyosi nima deb ataladi?
flora
"Sayyoraning yashil o‘pkasi" deb nimalar nom olgan?
O‘rmonlar, daraxtlar
Smorodina qanday o‘simlik hisoblanadi?
Buta hisoblanadi
Dunyodagi eng kichik gul nomini ayting
Volfiya
Qishda ham, yozda ham yashil bo‘lib turadigan o‘simlik qanday nomlanadi?
Ignabargli o‘simliklar
Dunyodagi eng katta gulli o‘simlik nomini ayting
Tekinxo‘r raffleziya