Abu Nasr Farobiy kim va uning asosiy gʻoyasi nima?
Farobiy - sharq mutafakkiri, u "Fozil jamiyat" gʻoyasini ilgari surgan.
Tarbiya nima?
Shaxsni maʼnaviy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan shakllantirish jarayoni.
Bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim omil nima?
Tarbiya va muhit.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka qachon erishgan?.
1991-yil 1-sentyabr
Vatanparvarlik nima?
Oʻz yurtini sevish,himoya qilish va rivojiga hissa qoʻshish.
Abu Ali ibn Sino tarbiya haqida qanday fikr bildirgan?.
Tarbiya - inson sogʻlom va komil boʻlishi uchun muhim omil deb hisoblagan.
Kompitensiya nima?
Bilim , koʻnikma va malakalarni amalda qoʻllay olish qobiliyati.
Oila tarbiyasining ahamiyati nimada?
Bola tarbiyasining asosiy poydevori oilada shakllanadi .
Konstitutsiya qachon qabul qilingan?.
1992-yil 8-dekabr
Internetdan foydalanishda eng muhim qoida nima?
Xavfsizlik, madaniyat va foydali maʼlumotdan foydalanish.
Alisher Navoiy tarbiyada nimaga urgʻu bergan?
Axloqiy poklik, insonparvarlik va mehr-oqibatga urgʻu bergan.
Refleksiya nima?
Insonning oʻz faoliyatini tahlil qilishi va baholashi.
Axloqiy qadriyatlar qachondan shakllana boshlaydi?
Erta bolalik davridan.
"Yoshlar kuni" qachon nishonlanadi?
30-iyun
Doʻstlik qanday boʻlishi kerak?
Sodiq,halol va oʻzaro hurmatga asoslangan.
Abdulla Avloniy tarbiya haqida nima degan?
"Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot masalasidir" degan.
Maʼnaviyat nima?
Insonning ichki dunyosi, qadriyatlari va axloqiy qarashlari majmui.
Muloqot koʻnikmalari nimaga yordam beradi?
Jamiyatda muvaffaqiyatli yashash va hamkorlik qilishga.
"Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" qachon?
1-oktyabr.
Sogʻlom turmush tarziga nimalar kiradi?
Toʻgʻri ovqatlanish, sport,zararli odatlardan voz kechish.
Beruniy ilm va tarbiya haqida qanday qarash bildirgan?
Ilm orqali inson dunyoni anglaydi va tarbiya bilan komillikka erishadi.
Fuqarolik masʼuliyati nima?
Jamiyat va davlat oldidagi burchlarni anglab, bajarish hissi.
Kitob oʻqishning tarbiyaviy ahamiyati nimada?.
Tafakkur,nutq va dunyoqarashini rivojlantiradi.
"Navroʻz" bayrami qachon nishonlanadi?
21-mart
Insonning muvaffaqiyatga erishishi uchun nima muhim?
Mehnat, intilish,bilim va sabr .