I
II
III
IV
V
100

Moniylik ta'limoti nima sababdan "gnostik dualizm" deb tavsiflanadi?

U ikki mohiyat — nur va zulmat, yaxshilik va yomonlik g'oyasiga asoslangani uchun.

100

Moniy birinchi marta o'z ta'limotini ommaviy ravishda qaysi tarixiy voqea paytida bayon etgan?

Fors davlati shohi Shopur I ning taxtga o'tirish va toj kiyish marosimi paytida.

100

Moniy o'zini qaysi uchta buyuk payg'ambar va diniy arboblarning davomchisi deb e'lon qilgan?

Zardusht, Siddhartha Gautama (Budda) va Iso Masih.

100

Moniylik ta'limotida "patsifizm" g'oyasi qanday ifodalangan?

Bu dunyo yovuzlik dunyosi deb qaralgan va urushmaslik (patsifizm) muhim o'rin tutgan.

100

Moniylikda e'tiqod qiluvchilarga mol-mulk bo'yicha qanday majburiyat yuklangan?

Mol-mulklaridan 1/10 hissa miqdorida xayri-sadaqa berish.

200

Moniylik ta'limoti vujudga kelishida asos bo'lgan beshta asosiy diniy yo'nalishni ko'rsating.

Qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik, buddaviylik va zardushtiylik.

200

Moniy o'zini Yuhanno injilida bashorat qilingan qaysi ismli payg'ambar deb da'vo qilgan?

Paraklit (Fraklit).

200

Moniyning o'z ta'limoti haqidagi "Pragmataya" asari yana qanday nomlanadi?

Sirlar kitobi.

200

Moniyning qaysi asari "Boblar" degan ma'noni anglatadi?

Kefalaya

200

Sosoniy podshosi Qubod I nima uchun dastlab Mazdak tarafdorlarini qo'llab-quvvatladi?

Zodagonlarning hokimiyatga ta'sirini tugatish uchun.

300

Moniy vafotidan so'ng uning izdoshlari Sharqda asosan qaysi hududlarda panoh topdilar?

Xitoy va Uyg'uriston hududlarida.

300

Beruniyning Mazdak haqidagi ma'lumotlari uning qaysi mashhur kitobida uchraydi?

"al-Osor al-boqiya" (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar).

300

Moniylik dinining asoschisi kim va u qaysi yillar oralig'ida yashab o'tgan?

Surayk ibn Fatak, 216-276-yillar 

300

Moniy yoshligida qanday diniy-falsafiy oqim ibodatxonasida tarbiya olgan?

Gnostiklar ibodatxonasida.

300

Moniylikda insonning asosiy vazifasi nima deb belgilanadi?

Zulmat kuchlariga qarshi kurashda Nur kuchlariga yordam berish.

400

Moniylik qaysi davrda va qaysi davlatning rasmiy dini bo'lib xizmat qilgan?

763-840-yillar davomida Turk-uyg'ur davlatining rasmiy dini bo'lgan.

400

Moniylikning bugungi kunga qadar saqlanib qolgan yagona ibodatxonasi qaysi hududda joylashgan?

Xitoyning Futszyan viloyati Syuanchjou tumanida.

400

Moniyning zindonga tashlanishi va qatl etilishiga asosiy sababchi bo'lgan diniy tabaqa vakillarini ayting.

Zardushtiylik ruhoniylari bo'lgan Maglar.

400

Mazdakiylik ta'limotining asoschisi kim va u qaysi yillarda yashagan?

Mazdak (470-529).

400

Moniylikning asosiy muqaddas manbalaridan biri — "Shopurkan" kimning nomi bilan bog'liq?

Fors shohi Shopur I nomi bilan.