Alisher Navoiy necha yoshlaridan she'rlar yoza boshladi?
10-12
Nechinchi yil yozib tugallangan?
1484-yilda
Hayrat ul-abror necha bobni o'z ichiga oladi?
63 bobni
Uvaysiyning turmush o'rtog'i kim?
Qo'qon xoni Umarxon
Alisherning:
Orazin yopqoch ko'zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo'ylakim, paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'och quyosh...
Shu misralar bilan boshlanadigan g'azaliga Lutfiy nima deydi?
Agar mumkin bo'lsa edi, men o'zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan 10-12 ming she'rimni shu bir g'azalga almashar edim
Doston haqida to'liq ma'lumot bering: necha bob, necha bayt, qancha qismi muqaddimadan iborat?
38 bob, 5009 bayt, 11 bobni muqaddima tashkil qiladi
Hayrat ul-abrorning 7-maqolati nima haqida?
Qanoat
"Ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi" radifli g'azali necha baytdan iborat?
11 bayt
G'iyosiddin Xondamir kim?
Navoiyning kichik zamondoshi, tarixchi
"Hasht behisht" necha baytdan iborat?
3352 bayt
Hayrat ul-abrorning 6-maqolati nima haqida?
Adab
Uvaysiyning dostonlari?
"Shahzoda Hasan", "Shahzoda Husayn", "Muhammadalixon"
Dastlab Alisher Husayn Boyqaro qo'lida kim bo'lib ishlay boshlaydi?
Muhrdorlik
Sab'ai Sayyor qaysi forsiygo'y xamsanavislar tomonidan yozilgan dostonlarga javob tariqasida turkiy tilda yozilgan edi?
Ganjaviy "Haft paykar", Dehlaviy "Hasht behisht", Marog'iy "Haft avrang"
10-maqolat nima haqida va qanday hikoyat beriladi bu maqolat uchun?
Rostgo'ylik haqida; Sher bilan Durroj hikoyati
"Sog'indim", "Uvaysiyman" radifli g'azallari mavzu jihatidan qanday yo'nalishda yozilgan deb baholanadi?
Avtobiografik
Husayn Boyqaro taxtga o'tirganda Alisher necha yoshda va qayerda edi?
28; Samarqand
Dostondagi 7 ta iqlimni ketma-ketlikda ranglarini, homiysini va hikoyatini ayting.
Shanba-Zuhal-qora-Farrux va Axiy
Yakshanba-Quyosh-sariq-Zayd Zahhob
Dushanba-Oy-yashil-Sa'd
Seshanba-Mirrix-qizil-Juna va Mas'ud
Chorshanba-Utorud-moviy-Mehr va Suhayl
Payshanba-Mushtariy-jigarrang-Muqbil va Mudbir
Juma-Zuhra-oq-xorazmlik musofirning Dilorom haqida
Hayrat ul-abror qaysi forsiygo'y xamsanavislar tomonidan yozilgan dostonlarga javob tariqasida turkiy tilda yozilgan edi? Nomlarini ham ayting.
Nizomiy Ganjaviy "Maxzan ul-asror", Xusrav Dehlaviy "Matla' ul-anvor", Abdurahmon Jomiyning "Tuhfat ul-ahror"
Uvaysiy she'riyatidagi yetakchi mavzu?
Ishq