Cho`lpon
Abdulla Qahhor
Mirtemir
Xayriddin Saloh
Ernest Seton Tompson
100

Cho`lponning asl ismi kim bo`lgan ?

Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon

100

Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug'ilgan ?

Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo`qonda dunyoga kelgan.

100

Mirtemir qayerda tug`ilgan ?

Ko`xna Turkistonning Qoratog` etaklaridagi Eski Iqon qishlog`ida tug`ilgan.

100

Xayriddin Saloh qachon qayerda tug`ilgan ?

1934-yilning 15-yanvarida, Toshkentda tug`ilgan. 

100

Ernest Seton-Tompson qachon va qayerda tavallud topgan ?

1860-yilning 14-avgustida, Angliyada dunyoga kelgan.

200

 Abdulhamid Cho`lpon qaysi tillarni puxta bilgan ?

O`zbek, turk, fors, arab va rus tillarini bilgan.

200

Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan asar qachon yozilgan ?

"Sarob" romoni bo`lib, 1934-yilda yozilgan.
200

Mirtemir qachon "O`zbekiston xalq shoiri" unvonini olgan ?

1971-yilda

200

O`quvchilik paytlarida badiiy so`zga bo`lgan qiziqishi nimaga olib keladi ?

Badiiy so`zga bo`lgan qiziqishi keksa shoir-G'ayratiyning to`garaklariga borishga undaydi.

200

1866-yilda Tompson hayotida nima sodir bo`ldi ?

Tompson va uning oilasi Canadaga ko`chib ketishadi.

300

O`zbek adabiyotidagi birinchi romon-dilogiya qaysi ?

Cho`lpon ijodiga mansub "Kecha va kunduz" romon-dilogiyasi.

300

Abdulla Qahhorning hikoya, felyeton va xabarlari qaysi gazetalarda bosilgan ?

Dastlab "Mushtum" jurnali, keyinchalik "Yangi Farg`ona" va "Qizil O`zbekiston" gazetalarida bosilgan.

300

Shoir qaysi maktablarda tahsil olgan ? 

Ikki yil bobosining maktabida va keyinchalik yangi ochilgan nog`ay domla maktabida tahsilini davom ettirgan.

300

To`garakda Xayriddin Saloh kimlar bilan ijod sirlarini o`rganadi ?

Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur va Sayyor kabi shirlar bilan.

300

"Animalist" so`zining ma'nosi nima ?

Animalist-jonivorlar tasvirini ifodalovchi rassom.

400

Cho`lpon ijodi uzoq vaqt mobaynida o`quvchilardan berkitilib kelingan ?

Chunki sho`ro tuzumi haq gapnijasorat bilan aytadigan shoirning ijodini o`rganishdan hech qanday manfaat bermaydi.

400

Aabdulla Qahhor hikoyalariga mos uchta asoiy belgilarni ayting.

1. Hikoyalarning xajmi qisqa bo`ladi.

2. Hikoyalarda maqollar ko`p ishlatiladi.

3. Hikoyalarning xulosasini hech qachon yozmaydi, xulosani har doim kitobxonning o`ziga qoldiradi.

400

Mirtemir Shimoldagi Belomorkanalga qanday borib qoladi ?

Mirtemir tuhmat bilan qamaladi va qamoq muddatini uzoqda – Shimoldagi Belomorkanal qurilishida o‘taydi.

400

1957-yilda fakultetni tugatgach qanday kasblarda ishlaydi ?

Shundan so‘ng shoir «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha», «Gulxan» jurnallarida adabiy xodim bo‘lib xizmat qiladi.

400

Tompson nega "Kanada qushlari" kitobi uchun o`zi pul yig`a boshlaydi ?

Chunki, otasidan pul so`rab bo`lmas edi. Buning sababi-otasi Tompsonning tabiat ilmi bilan qiziqishiga qarshi edi.

500

"Kecha va kunduz" romoni haqida ma'lumot bering.

Cho`lpon ijodiga mansub "Kecha va kunduz" romon-dilogiya bo`lib Cho`lpon qamalgan paytda bir qismi yo`q qilingan. Bu asar Abdulla Qodiriyning "O`tgan kunlar"romoni darajasida baholangan.

500

"O`g`ri" hikoyasida qatnashgan 3ta maqollarni ayting.

1. Otning o`limi-itning bayrami.

2. Dexqonning uyi kuysa kuysin, uyi yo`qolmasin.

3. O`ynashmagil arbob bilan-seni urar har bob bilan.

500

Mirtemir bobolarini qanday tarvirlagan edi ?

Ota tomondan bobom – uzun bo‘ylik, polvon jussalik, qizil yuzli odam edi. Ona tomondan bobom – o‘rta bo‘yli, charaqlagan qora ko‘zli, qora va chechan odam edi.

500

Xayriddin Saloh kimlarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan ?

Bayron,Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov singari olamga mashhur shoirlarning ko‘plab asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

500

Tompson qanday ishlar yordamida 100 sent yig`adi ?

Ikkita quyonlarini 50 sentga sotadi, bir ayolning o`tinlarini 10 sentga tashib beradi, keyin o`zining buyumlarini sotadi, akasining aytganlarini bajarib 100 sent yig`adi va "Kanada qushlari" nomli kitobni sotib oladi.