Aholi daromadlari
Daromadlar tengsizligi
Aholi turmush darajasi
Davlatning ijtimoiy siyosati
Aralash
100

Aholi daromadlari nima?

Aholi daromadlari bu ma'lum vaqt (oy, yil) davomida olingan barcha pul va moddiy ne'matlar yig'indisidir.

100

Daromadlar piramidasida eng yuqorida turuvchi qatlam qaysi ?

O'ta boylar

100

Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko'rsatkichlari nechta ?

10 ta

100

Ijtimoiy siyosat nima ?

Bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatish, bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish va aholini samarali ijtimoiy himoyalashga qaratilgan siyosatdir.

100

Shaxs ixtiyoridagi daromad nima ?

Soliqlar va majburiy to‘lovlardan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad.

200

Stat.uz sayti taqdim qilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yil yanvar-dekabr oylaridagi aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal o'sish surati necha foizga teng ?

116,1%

200

Mamlakatlar va aholi turli qatlamlari o'rtasida daromadlar tengsizligini miqdoriy aniqlash uchun nimadan foydalaniladi ?

Lorents egri chizig'idan

200

Aholining turmush darajasi nechta darajada o'rganiladi va ular qaysilar ?

2 ta:

Mamlakat darajasida (butun aholi uchun)

Tabaqalashgan quyi darajada (aholining alohida guruhlari uchun)

200

2030-yilga qadar O'zbekistonda YaIM hajmi qanchaga yekazilishi rejalashtirilgan ?

$ 160 mlrd

200

Daromadlar tengsizligini aniqlash uchun iqtisodiyotda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?

Kamida 2 tasini sanab bering.

Lorens egri chizig‘i – daromadlarning aholi guruhlari o‘rtasida qanday taqsimlanganini grafik ko‘rinishda ko‘rsatadi.

Jini koeffitsienti – daromadlar tengsizligining darajasini 0 dan 1 gacha bo‘lgan ko‘rsatkich orqali baholaydi.

Ditsel koeffitsienti – eng yuqori daromad oluvchi 10% aholi bilan eng kam daromad oluvchi 10% aholi daromadlari nisbatini ko‘rsatadi.

300

2024-yil yanvar-dekabr ko'rsatkichlariga ko'ra, aholining umumiy daromadlari tarkibining X/2000 qismi mol-mulkdan olingan daromadlar hisoblanadi. 100-X ni toping.

100-66=34

X=34

300

Daromadlar tengsizligi va uning miqdori nechta turli darajada aniqlanadi va ular qaysilar ?

3 ta:

Dunyo mamlakatlari bo'yicha

Alohida mamlakatlar darajasida

Ma'muriy-hududiy birliklar darajasida

300

Turmush sifati indeksi va Inson kamolati indeksi nimani ifodalaydi ?

Aholi turmush farovonligi darajasini

300

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbuslardan birinchisi yoshlarning qaysi sohalarga qiziqishini oshirish, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi ? (Kamida 3 tasini ayting)

Musiqa

Rassomchilik

Adabiyot

Teatr

300

Daromadlar tengsizligining jamiyat va iqtisodiyotga qanday ta’sirlari bo‘lishi mumkin? Kamida 2 tasini tushuntiring.

Ijtimoiy tabaqalanish kuchayadi – jamiyatda boy va kambag‘al qatlamlar o‘rtasidagi farq ortadi.

Ijtimoiy ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkin – daromadlar farqi katta bo‘lsa, jamiyatda norozilik kuchayadi.

Iste’mol darajasi notekis bo‘ladi – ayrim guruhlar ko‘p iste’mol qiladi, boshqalari esa asosiy ehtiyojlarini ham qondira olmaydi.

Davlatning ijtimoiy siyosatiga ehtiyoj ortadi – tengsizlikni kamaytirish uchun davlat turli ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi.

400

Aholi umumiy daromadlari tarkibidagi mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar nimani hisobga olgan holda qayta baholanadi ?

Norasmiy iqtisodiyotni

400

Qaysi ko'rsatkich aholining 10% ancha yuqori ta'minlangan qismining o'rtacha yillik daromadlarini 10% eng kam ta'minlanganlarining huddi shunday daromadlariga nisbati bilan aniqlanadi va uning me'yori qancha ? (ikkisidan biri aytilmasa ham javob noto'g'ri va ball ikki yoki undan ko'proq jamoaga bo'lib berilmaydi)

Ditsel koeffitsiyenti va uning me'yori 10 barobar etib belgilangan.

400

Iste'mol savatiga ta'rif bering.

Insonning normal yashashi uchun zarur bo'lgan minimal oziq-ovqat, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar majmuasi. U inflyatsiya darajasini belgilash, yashash minimumi va ijtimoiy nafaqalarni hisoblash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tarkibiga oziq-ovqat (non, go'sht, sut, sabzavot), kiyim-kechak, kommunal xizmatlar va dori-darmonlar kiradi.

400

Statistikalarga ko'ra, O'zbekistonda kambag'allikka tushish xavfi bor qancha aholi mavjud ?

4,5 million

400

Aholi turmush darajasini baholashda ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkichlarni ayting. (barchasini aytish zarur)

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM yoki milliy daromad

Ta’lim darajasi

O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi

Bandlik darajasi

Sog‘liqni saqlash holati

500

2024-yilning yanvar-dekabr oylari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasining qaysi hududida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko'rsatkichi ko'rsatilgan va u aynan qanchaga teng ? (ikki savoldan biriga javob bo'lmasa ham noto'g'ri va ballar ikki yoki undan ortiq jamoaga ajratib berilmaydi)

O'zbekiston Respublikasining Namangan viloyatida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko'rsatkichi ko'rsatilgan va u 16849,0 ming so'mga teng.

500

Daromadlar tengsizligi indeksiga ta'rif bering. Uning muallifining to'liq ismi va tug'ilgan davlati yoki ushbu indeksning aniq oralig'ini aytib bering.

Italiya iqtisodchisi Korrodo Djinni

0.35-0.37

500

Eng kam iste'mol byudjetini hisoblash usullari nechta va ular qaysilar ? (barchasi aytilishi zarur)

4 ta:

Iste'mol savati asosida

Regressiv usul

Ekspert baholash asosida

Ijtimoiy kuzatish o'tkazish

500

Aholining ijtimoiy himoyalashning moliyaviy manbalari qaysilar ? (barchasi sanab o'tilsin)

Davlat byudjeti mablag'lari

Korxonalarning maxsus fondlari

Mahalla va xayriya fondlari

500

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining asosiy yo‘nalishlarini tushuntiring. (barchasi sanab o'tilishi shart)

Kam ta’minlangan aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash

Daromadlarning minimal darajasini oshirib borish

Ichki iste’mol bozorini himoya qilish

Ish bilan ta’minlash va bandlikni tartibga solish

Ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar orqali aholini qo‘llab-quvvatlash