Futbol tarixida rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p "xet-trik" (bir o‘yinda 3 ta gol) qayd etgan futbolchi kim?
Ervin Helmxen
U qozoqlarda «kures», gruzinlarda «chidaoba», armanlarda «kox», ozarbayjonlarda «gyulesh» deb ataladi. U o‘zbeklarda qanday nomlanadi?
Kurash
Qora dengizga qizil futbolka tashlasangiz nima bo'ladi?
U namlanadi
Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Zakovat
Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)
PSGning Rossiyalik darvozabonini ismi nima?
Matvey Safonov
Ikki narsa hayotning asosi,tiriklik manbai hisoblanadi.Ular bir-biriga juda bog’liq va o’xshash.Insoniyat esa o’sha ikki narsasiz kun ko’ra olmaydi.Birinchisini ushlab ko’rish mumkin,ikkinchisini ushlab bo’lmaydi,xatto yaqinlashib ham bo’lmaydi.Savol:Bular nima?
Non va quyosh
Nima yuqoriga va pastga tushadi, lekin bir joyda qoladi?
Zinapoya
Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan?
Guvoh
Sigir — 4, cho’chqa — 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu ko’rsatkich insonda nechaga teng?
7-8 soat
Izoh: Bu 1 sutkada normal uxlash vaqti edi.
2023/24 mavsumida Yevropada eng ko‘p gol urgan hujumchi qaysi?
Harry Kane
Germaniyada “Unsicht” nomli restoran mavjud bo‘lib, uning nomi “ko‘rinmas” deb tarjima qilinadi. Restoran nomining bunday qo‘yilishiga 2 ta sabab mavjud. 1-si barcha xizmatlar qorong‘ulikda amalga oshiriladi. 2-sini siz bizga yozib berasiz.
U yerda ko‘rlarga xizmat qilinadi.
Men tirik emasman, lekin o'lishim mumkin. Men nimaman?
Batareya
U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?
Kuzgu
AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
Bu sananing ifodalanishi edi.
AQShda oldin oy, so’ng kun, oxirida yil aytiladi. Yaponlarda oldin yil, keyin oy, so’ng kun. Bizda esa kun, oy, yil aytiladi. Masalan: 17.03.1977
Bitta mavsumda Laliga, Angliya kubogi va Yevropa ligasi gʻolibi boʻlgan yagona murabbiy kim?
Unai Emery
Xitoyliklarda shunday bir ibora mavjud. “Jen do – di shao” Bunda “do” va “shao” “ko‘p” va “kam” ma’nolarini beradi. Siz esa menga to‘liq iborani yozib bering.
Insonlar ko‘p – yer kam
AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektor va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Kitoblar og’irligini
Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.
Made in China
Yunonlar uni sfinks deb atashgan. U ishlatgan qatl uslubi odamlarni jalb qilmaydi. Bir mashhur adabiy qahramon ham bu qatl uslubidan foydalangan. Endi menga uning nomini emas, yunonchada sfinks qanday ma’noni bildirishini ayting.
Bo’g’uvchi.
Izoh: Gap bo’g’ma ilon haqida bormoqda. Adabiy qahramon bu – Otello.
Qaysi darvozabon bir oʻyinda 2 ta penalti qaytargan holda JCH finalini yutgan?
Sergio Goycochea
Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: “Vashington metrosi shunday yoritilganki, …… Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi kerak?
O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi.
A, K, Q, J, ….. qatorni davom ettiring.
10, 9, 8, …..(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet (Jack))
Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?
Orollar soni bo’yicha.
Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan.
Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik shaharlarda xaftasiga ikki kun xavo boshqa kularga qaraganda sovuqrok bo’larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima uchun?
Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o’zidan issiq havo chiqarmaydi