Natural sonlar deb nimaga aytiladi? Eng kichik natural son nechi?
Sanashda ishlatiladigan sonlarga natural sonlar deyiladi. Eng kichik natural son bu 1.
(3a3b2)3=?
(3a3b2)3=27a9b6
(27)2/3=?
(27)2/3=9
Butun sonlar to'plamiga qanday sonlar kiradi?
Barcha natural sonlar, ularning qarama-qarshilari va 0.
0,25-1+0,1-2=?
0,25-1+0,1-2=4+100=104
(1/25)-1/2=?
(1/25)-1/2=5
Ratsional sonlar deb qanday sonlarga aytiladi?
m/n ko'rinishidagi sonlarga aytiladi. Bunda m butun son va n natural son.
Har qanday haqiqiy sonning 0-darajasi 1 ga teng. Jumladagi kamchilikni toping.
Har qanday noldan farqli haqiqiy sonning 0-darajasi 1 ga teng.
Ratsional ko'rsatkichli daraja deb nimaga aytiladi?
Daraja ko'rsatkichida m/n ko'rinishidagi son qatnashgan darajaga ratsional ko'rsatkichli daraja deb aytiladi.
0 va 1 orasida nechta ratsional sonlar bor?
Cheksiz.
x2=225 bo'lsa, x ni toping.
x1=15 va x2=-15
Agar x1/3 ni a bilan belgilasak, x2 ni qanday belgilaymiz?
x2 ni a6 kabi belgilaymiz.
20 ning butun bo'luvchilari soni nechta?
12 ta. Bular: -20,-10,-5,-4,-2,-1,1,2,4,5,10,20,
Qanday sonning(yoki sonlarning) har qanday toq darajasi shu sonning(yoki sonlarning) o'ziga teng bo'ladi?
-1 ning, 0 ning va 1 ning.
x-3/2 ni ildiz ko'rinishida yozganimizda qanday o'qiladi?
Bir taqsim kvadrat ildiz ostida x ning kubi.