Maqolaning kirish qismida qaysi uchta asosiy element bo‘lishi kerak?
Tadqiqot mavzusi, fon (background), tadqiqot savoli
Tadqiqot metodologiyasining asosiy vazifasi nima?
Tadqiqot qanday o‘tkazilgani va ma’lumotlar qanday to‘planganini tushuntirish
Natijalar qismi nima haqida bo‘ladi?
Tadqiqotdan olingan kuzatuvlar va ma’lumotlar
Discussion qismida nima qilinadi?
Natijalarni talqin qilish va ularning ahamiyatini tushuntirish
Abstract nima vazifani bajaradi?
Maqolaning qisqacha mazmuni va natijalarini taqdim etadi
Agar sarlavha “Ijtimoiy tarmoqlarning talabalar natijalariga ta’siri” bo‘lsa, kirish qismida qaysi ma’lumotlar bo‘lishi kerak?
Ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq statistik ma’lumot, mavzuning dolzarbligi va tadqiqot savoli
Agar siz 50 talaba ustida so‘rovnoma o‘tkazgan bo‘lsangiz, metod qismida nima yozasiz?
Ishtirokchilar soni, tanlov usuli, so‘rovnoma shakli va savollar mavzusi
So‘rovnoma natijalarini qanday ifodalash mumkin?
Jadval, diagramma yoki grafik yordamida
Agar ijtimoiy tarmoqlar natijaga salbiy ta’sir qilgan bo‘lsa, Discussionda nima yozish kerak?
Natijalar boshqa tadqiqotlar bilan qiyoslanadi va sabablar tahlil qilinadi
Abstract qanchalik uzun bo‘lishi kerak?
150–250 so‘z, lo‘nda va aniq
Tadqiqot savolini yozishda nima talab qilinadi?
U aniq, o‘lchanadigan va tadqiqot bilan javob berilishi mumkin bo‘lishi kerak
Kvalitativ va kvantitativ metodlarning farqi nima?
Kvalitativ – sifat va fikrlarni o‘rganish; Kvantitativ – sonli ma’lumotlar va statistik tahlil
Agar 60% talabalar ijtimoiy tarmoqlarda 3 soatdan ortiq vaqt sarflayotgan bo‘lsa, natijani qanday yozasiz?
“So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalar 60% ijtimoiy tarmoqlarda 3 soatdan ko‘proq vaqt sarflaydi"
Natijalar kutilganidan farq qilsa, Discussionda nima qilish kerak?
Farq sabablarini izohlash va cheklovlarni ko‘rsatish
Title (sarlavha) nima uchun muhim?
Tadqiqot mavzusini aniq bildiradi va o‘quvchini jalb qiladi
Kirish qismida qanday qilib mavzuni qiziqarli qilish mumkin?
Statistik ma’lumot, savol yoki hayratlanarli fakt bilan boshlash
Metod qismida qanday xatolardan qochish kerak?
Ma’lumot yetarli emasligi, usulning mavzuga mos kelmasligi va noaniq tasvir
Natijalar va Discussionni chalkashtirmaslik uchun nima qilish kerak?
Natijalarni faqat ko‘rsatish, talqinni esa Discussionga qoldirish
Discussion qismini kuchaytirish uchun nima qilish mumkin?
Dalillarni ilmiy manbalar bilan qo‘llab, tavsiyalar berish
Agar sarlavha “Ijtimoiy tarmoqlar va talabalar natijalari” bo‘lsa, qisqacha 2 jumla bilan abstract bering:
"Ushbu tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar talabalarning akademik natijalariga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. So‘rovnoma natijalari 60% talabalar 3 soatdan ortiq vaqt sarflashini ko‘rsatdi"
“Tadqiqot maqsadi” va “tadqiqot vazifasi” orasidagi farq nima?
Maqsad bu umumiy natija, vazifa esa uni amalga oshirish bosqichlari.
Agar eksperiment natijalariga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lsangiz, metod qismida nima ko‘rsatish muhim?
Ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish usuli aniq va qayta takrorlanadigan bo‘lishi kerak
Natijalarni boshqalarning tadqiqotlari bilan solishtirish nima uchun muhim?
Natijalarni kontekstga joylashtirish va ilmiy asosni mustahkamlash uchun
Discussion va xulosa o‘rtasidagi farq nima?
Discussionda natijalar talqin qilinadi; Xulosa tadqiqotning asosiy natijalari va tavsiyalarini qamrab oladi
Title va Abstractni noto‘g‘ri yozish qanday oqibatlarga olib keladi?
Maqola o‘quvchilar tomonidan noto‘g‘ri tushunilishi, ilmiy maqola e’tiborini yo‘qotishi va indeksatsiyada qiyinchilik