Audit asoslari
Audit riski (Risk modeli)
Dalillar va hujjatlar
Auditorlik xulosasi
mantiqiy savollar
100

Audit nima?

Moliyaviy hisobotning ishonchliligini mustaqil baholash jarayoni.

100

Audit riski formulasi?

AR = IR × CR × DR

100

Audit dalili nima?

Auditor xulosasini asoslash uchun to‘plangan ma’lumot.

100

Auditorlik xulosasi nima?

Auditorning moliyaviy hisobot bo‘yicha fikri.

100

Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?

Chuqur

200

Auditning asosiy maqsadi nima?

Moliyaviy hisobotlar haqiqiy va adolatli (true and fair view) taqdim etilganligini aniqlash.

200

Audit riski deganda nimani tushunasiz?

Auditor noto‘g‘ri moliyaviy hisobot bo‘yicha noto‘g‘ri xulosa berib qo‘yish ehtimoli.

200

Eng ishonchli audit dalili qaysi?

Tashqi manbadan olingan yozma tasdiq (masalan, bankdan tasdiq xati).

200

AXS 700 nimani belgilaydi?

Moliyaviy hisobot bo‘yicha fikr hosil qilish 


200

Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir

shaxmatchi

300

Tashqi audit va ichki audit o‘rtasidagi farq nima?

Tashqi audit mustaqil auditor tomonidan amalga oshiriladi; ichki audit esa korxona ichida nazorat tizimini baholaydi.

300

Detection risk (DR) kim tomonidan boshqariladi?

Auditor tomonidan (audit protseduralari orqali kamaytiriladi).

300

Inventarizatsiyada auditor nima qiladi?

Kuzatadi va sanash jarayonida ishtirok etadi.

300

Modifikatsiyalangan xulosa qachon beriladi?

Muhim xato yoki dalil yetishmasa (AXS 705)

300

Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?

oat 11:30 da, birinchisi 10:30 da, ikkinchisi 11:00 da, uchinchisi esa 11:30 da.

400

Audit qanday tamoyillarga asoslanadi?

Mustaqillik, xolislik, maxfiylik, professional kompetentlik.

400

Kompaniyada ichki audit bo‘limi kuchli ishlaydi, lekin so‘nggi yilda yangi IT tizim joriy qilingan va xodimlar hali to‘liq o‘zlashtirmagan.Qaysi risk komponenti oshishi mumkin va auditor nima qilishi kerak?

 

  • Control risk oshishi mumkin (yangi tizim sababli xatolik ehtimoli yuqori)

  • Auditor qo‘shimcha testlar o‘tkazishi va detection riskni kamaytirishi kerak.

400

Agar rahbariyat auditor so‘ragan hujjatlarni kechiktirib taqdim etsa, auditor qanday xulosa chiqarishi mumkin?

  • Firibgarlik yoki yashirish ehtimoli mavjud.

  • Risk baholashni qayta ko‘rib chiqish kerak.

  • Qo‘shimcha audit protseduralari bajariladi (ISA 240).

400

Moliyaviy hisobot to‘g‘ri, lekin kompaniya sud jarayonida ishtirok etmoqda va bu kelajak faoliyatiga xavf tug‘diradi. Hisobotda bu ochiq yoritilgan.

Savol: Auditor qanday xulosa beradi

Ijobiy xulosa beradi,

 lekin Emphasis of Matter paragrafi qo‘shadi.
(ISA 706)


400

O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?

Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.

500

ISA 200 standartiga ko‘ra auditorning umumiy maqsadi nima?

Moliyaviy hisobotda muhim xatolik yo‘qligi haqida asosli ishonch hosil qilish.

500

 WorldCom (2002)

Vaziyat:
Kompaniya xarajatlarni kapital xarajat sifatida ko‘rsatib, foydani oshirib ko‘rsatgan (3,8 mlrd $). Auditor buni vaqtida aniqlay olmagan.

Savol:

  1. Bu qaysi moliyaviy buzilish turi?

  2. Auditor qaysi bosqichda xato qilgan?

  • Daromad va xarajatlarni noto‘g‘ri tasniflash (fraudulent financial reporting)

  • Riskni baholash va substantiv testlar bosqichida (ISA 315, ISA 330)

500

Auditor inventarizatsiya vaqtida omborga kirdi. Hisobotda 5 mlrd so‘mlik tovar ko‘rsatilgan, lekin ombor hajmi bu miqdorga shubha uyg‘otadi.

Savol:

  1. Qaysi audit protsedurasi qo‘llanadi?

  2. Qaysi risk yuzaga kelgan?

  • Kuzatish (observation) va qayta sanash (recalculation).

  • Overstatement riski (aktivlarni ortiqcha ko‘rsatish

500

Auditorlik xulosasi O‘zbekiston Respublikasining qaysi normativ hujjatida belgilangan?

O‘zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 19-modda – Auditorlik xulosasi

500

Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi