inklyuziv taʼlim
Inklyuziv taʼlim
Inklyuziv taʼlim
100

Inklyuziv ta'lim nima?

Inklyuziv ta’lim — barcha bolalarni, ularning imkoniyati va ehtiyojidan qat’i nazar, bir sinfda birgalikda o‘qitish tizimidir.

100

Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi nima?

Har bir bolaga teng imkoniyat yaratish va ularni jamiyatga moslashtirish.

100

Individual ta’lim dasturi nima?

Har bir bolaning qobiliyati va ehtiyojiga moslab tuziladigan maxsus o‘quv rejadir.

200

Individual ta’lim dasturiga nimalar kiradi?

Maqsadlar, o‘qitish usullari, baholash tizimi va mutaxassislar hamkorligi kiradi.

200

Differensial ta’lim nima?

O‘quvchilarni bilim darajasi va qobiliyatiga qarab turlicha usullarda o‘qitishdir.

200

Differensial ta’lim nima uchun kerak?

Har bir o‘quvchining imkoniyatiga mos ta’lim berish uchun kerak.

300

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nima?

Ta’limda kompyuter, internet, audio va video vositalardan foydalanishdir.

300

AKTning ta’limdagi ahamiyati nimada?

Ta’limda kompyuter, internet, audio va video vositalardan foydalanishdir.

300

Korreksion pedagogika nima?

Bolalardagi rivojlanishdagi kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan pedagogika yo‘nalishi.

400

Korreksion ishlar nimalarni o‘z ichiga oladi?

Logopedik mashg‘ulotlar, psixologik yordam va jismoniy rivojlantirish mashqlari.

400

Kooperativ o‘qitish nima?

O‘quvchilarni guruh bo‘lib ishlashga va bir-biridan o‘rganishga asoslangan ta’lim usuli.

400

Kooperativ o‘qitishning foydasi nima?

Hamkorlikni rivojlantiradi, o‘zaro yordamni kuchaytiradi va ijtimoiy ko‘nikmalarni oshiradi.

500

Multisensorli o‘qitish nima?

Bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgi (ko‘rish, eshitish, his qilish) orqali o‘qitish usuli.

500

Multisensorli o‘qitishga misol keltiring.

Rasm ko‘rsatish, audio eshittirish va amaliy mashg‘ulotni birga qo‘llash.

500

Ijtimoiy moslashuv texnologiyalari nima?

Bolalarni jamiyatga moslashtirish va mustaqil hayotga tayyorlash usullari.