Moliya nima?
Pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar.
Davlat moliyaviy faoliyati nima?
Pul mablag‘larini shakllantirish va foydalanish faoliyati.
Qaysi tashkilotlar asosan kreditlash orqali mablag‘ oladi?
Nodavlat tashkilotlar.
Moliya qaysi munosabatlarning bir qismi?
Pul munosabatlarining ajralmas qismi.
Davlat moliyaviy faoliyatining maqsadi nima?
Ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarish.
Sug‘urta nima uchun kerak?
Zararlardan himoya qilish uchun.
Moliya tizimiga nimalar kiradi?
Byudjet, sug‘urta, kredit va korxonalar moliyasi.
Moliyaviy faoliyatda nechta asosiy vazifa bor?
1.Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash.
2.Pul mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish
Byudjet daromadlari nimadan shakllanadi?
Soliqlar va majburiy to‘lovlardan.
Markazlashgan pul jamg‘armalariga misol keltiring.
Davlat byudjeti va jamg‘armalar.
Moliyalashtirish nima?
Pulni qaytarib bermaslik sharti bilan berish.
Moliyaviy faoliyat kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
Davlat organlari, korxonalar va fuqarolar ishtirokida
Markazlashmagan jamg‘armalar nima?
Korxona va tashkilotlar mablag‘lari.
Kreditlash nima?
Pulni muddat va foiz bilan qaytarish sharti bilan berish.
Moliyaviy faoliyat orqali davlat nimani ta’minlaydi?
Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarni rivojlantirishni.