Basic Concepts
Key practises
Cases and examples
Legal principles
100

O‘zbekistonda raqobat qonunchiligi qaysi davlat organi tomonidan nazorat qilinadi?

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

100

Bir mahsulotni sotib olish uchun boshqa mahsulotni xarid qilishni majburiy qilish qanday amaliyot?

Bog'lash (Tying)

100

Yevropa Ittifoqida o‘zining savdo xizmati foydasiga dominantligini suiiste'mol qilgani uchun qaysi yirik texnologik kompaniya jarimaga tortilgan?

Google

100

O'zb qonunchiligida bozorning qaysi ulushi kompaniyaning dominantlik mavqeida ekanligini anglatadi? 

35% yoki undan yuqori

200

Raqobat huquqida "bozordagi dominantlik" deyilganda nimani anglatadi?

Kompaniya bozor ustidan sezilarli nazoratga ega bo‘lib, raqobatchilar va iste'molchilardan mustaqil harakat qila oladi.

200

Dominant kompaniya yetkazib beruvchilar (suppliers)ni boshqa raqobatchilar bilan ishlashini cheklovchi shartnomalar qanday ataladi?

Eksklyuziv shartnomalar.

200

2016-yil 28-dekabr kuni Coca-Cola narxini 2000 so‘mga oshirdi. 29-dekabr kuni, Coca-Cola narxini oshirgani haqida xabardor bo‘lgach, Pepsi o‘z narxini 3000 so‘mga oshirdi. Shundan so‘ng, Coca-Cola yana narxni 1000 so‘mga oshirdi. Natijada, Coca-Cola va Pepsi narxlari jami 3000 so‘mga ko‘tarildi.

Bu noqonuniy harakat hisoblanadimi? Agar shunday bo'lsa, bu qanday nomlanadi?

Coca-Cola va Pepsi o‘rtasida narxlarni kelishib oshirish holati kartel kelishuvini tashkil etadi. Kartel kelishuvlari o‘rtasida kompaniyalar bir-biriga narxlarni oshirishni xabar berishadi va shu orqali narxlarni sun'iy ravishda oshiradilar. Bu esa raqobatni cheklaydi va iste’molchilarga yuqori narxlar orqali zarar yetkazadi.

200

Yevropada qaysi foizli bozor ulushi dominantlik belgisi?

40% yoki undan yuqori.

300

Raqobatchilarni bozordan chiqarish uchun mahsulotni tannarxidan keskin past narxda sotish qanday ataladi?

Predatory pricing (yirtqich narxlash)

300

“Yetkazib berishni rad etish” (refusal to supply) tushunchasi raqobat huquqida nimani anglatadi?

Dominant kompaniyaning raqobatchilarga zarur mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etishni rad etishi

300

Microsoft kompaniyasi 2000-yillarda o‘zining Windows operatsion tizimiga Internet Explorerni (bepul)majburiy o‘rnatishga majbur qildi. Natijada Microsoft kompaniyasi, bepul bo‘lmagan va sotiladigan raqobatdosh internet brauzeri Netscape Navigator’ning kengayishini chekladi.
Bu holatni raqobat qonunchiligi nuqtai nazaridan qanday tasniflash mumkin?

Abuse of dominance: Tying and bundling. AQShning Adliya Departamenti (DOJ) Microsoft Corp. kompaniyasini Windows operatsion tizimini Internet Explorer (bepul) bilan bog‘lash amaliyoti uchun sudga berdi. 

300

O‘zbekistonda dominantlik mavqeini suiiste'mol qilishning qaysi turlari qonunchilikka zid hisoblanadi?

  • A. Sun'iy tanqislik yaratish
  • B. Narxlarni sun'iy oshirish
  • C. Yangi raqobatchilarni bozorga kiritmaslikka harakat qilish
  • D. Yuqoridagilarning barchasi

D

400

Yevropa Ittifoqida raqobat huquqini kim amalga oshiradi?

Yevropa Komissiyasi

400

Cartel kelishuvi nima? U noqonuniymi va nimaga? 

Raqobatchilar bilan narxlarni kelishib belgilash.
Sababi: narxlar sun'iy oshadi, bozorda tanlov cheklanishi, innovatsiya va rivojlanishni to'xtatadi, iste'molchilarga moliyaviy zarar keltiradi, kichik raqobatchilarni bozorga kiritmaydi.

400

 Ma'lumki, KFC kompaniyasi o'z mijozlariga faqatgina Cola brendi ichimliklarini taklif qiladi. Natijada iste'molchilar uchun tanlov qolmaydi va majburiy tarzda shu brend ichimliklarini sotib olishadi.
Bunda qandaydir noqonuniy harakat bormi?

KFC ning faqat Coca-Cola bilan hamkorlik qilishi vertikal kelishuv bo'lib, bu o'z-o'zidan noqonuniy yoki raqobatga qarshi emas. Ammo, agar bunday kelishuv bozorda raqobatni cheklasa yoki iste'molchilar uchun tanlovni kamaytira boshlasa, bu raqobat qonunchiligi tomonidan tekshirilishi mumkin

400

O‘zbekistonda kartel kelishuvlarning asosiy jazosi qanday?

Kompaniyaning faoliyatini to‘xtatish

Moliyaviy jarima solish

Rahbar shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish

500

Tabiiy monopoliya nima va bu har doim noqonuniymi?

Tabiiy monopoliya bitta kompaniya butun bozorni bir nechta raqobatchilarga qaraganda samaraliroq ta’minlay olganda yuzaga keladi; bu noqonuniy emas, agar suiiste'mol qilinmasa.

500

Dominant kompaniyaning narxlarni sun'iy ravishda pasaytirgan (predatory pricing) ekanligini aniqlash  uchun qaysi iqtisodiy test ishlatiladi?

“Tannarxdan past narxlash testi” yoki “Areeda-Turner testi”

500

British Airways sayyohlik agentlariga mo‘ljallangan turli bonuslar taklif qilgan. British Airways savdo hajmi maqsadlariga erishilgan taqdirda, sotilgan barcha chiptalar uchun komissiya to‘lovlarini oshirish shaklida bonuslarni taqdim etgan. Masalan, British Airways yillik 1,000 ta chipta sotish maqsadini belgilaydi va agar sayyohlik agenti 1,200 ta chipta sotsa, kompaniya bonusni faqat 200 ta ortiqcha chipta uchun emas, balki barcha 1,200 ta chipta uchun taqdim etadi. Bu sxema sodiqlik uchun chegirma ko‘rinishiga o‘xshaydi.

Savol: Kompaniya tomonidan raqobat huquqining buzilishi sodir bo‘lganmi?

Agar British Airways o‘zining savdo hajmini oshirish uchun bonuslar taklif qilsa va bu bonuslar butun bozorni monopolizatsiya qilishga olib keladigan tarzda taqdim etilsa, bu iste’molchilar va kichik kompaniyalar uchun zarar keltirishi mumkin. Bu turdagi amaliyotlar raqobatni cheklash va bozorni monopolizatsiya qilishga olib keladi.

500

Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha shartnomaning (TFEU) 102-moddasi nimani taqiqlaydi?

Bozorda dominantlikni suiiste'mol qilishni.