Bank nima?
Bank — bu pul mablag‘larini qabul qiluvchi, saqlovchi va qayta taqsimlovchi moliyaviy muassasa bo‘lib, u kredit berish, to‘lovlarni amalga oshirish va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi.
Markaziy bank nima?
Markaziy bank — davlatning asosiy moliyaviy muassasasi bo‘lib, pul muomalasi va bank tizimini boshqaradi.
Tijorat banklari uchun likvidlik nima uchun muhim?
Likvidlik bankning mijozlar oldidagi qisqa muddatli majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishini ta’minlaydi.
Kosmosga Kim birinchi chiqqan
Yuriy Gagarin
Balansdan tashqari operatsiyalar nima?
Balansdan tashqari operatsiyalar — bank balansida aktiv yoki passiv sifatida ko‘rsatilmaydigan, ammo potensial majburiyat yoki daromad keltiruvchi operatsiyalar.
Banklarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Omonatlarni qabul qilish
Kreditlar berish
To‘lov va hisob-kitoblarni amalga oshirish
Pul muomalasini tartibga solish
Valyuta va investitsiya xizmatlari
Markaziy bankning asosiy vazifalari nimalar?
Pul chiqarish, inflyatsiyani nazorat qilish, tijorat banklarini nazorat qilish va pul-kredit siyosatini yuritish.
Tijorat banklari nega kredit va depozit foizlari o‘rtasida farq saqlaydi?
Bu farq bankning operatsion xarajatlari, risklari va foydasini qoplash uchun zarur.
Nima uchun dunyoda oq ayiqlar ovda pingvin yemaydi
Oq ayiqlar shimoliy qutbda, pingvinlar esa janubda yashaydi
Balansdan tashqari operatsiyalarga misol keltiring.
Bank kafolatlari va akkreditivlar.
Bank aktivlari va passivlari nima?
Aktivlar: bank beradigan kreditlar, investitsiyalar
Passivlar: omonatlar, qarzlar, ustav kapitali
Markaziy bank nima uchun mustaqil bo‘lishi kerak?
Pul-kredit siyosatini siyosiy bosimlarsiz yuritish va inflyatsiyani samarali nazorat qilish uchun.
Tijorat banklarida kredit riski qanday paydo bo‘ladi?
Qarz oluvchi kreditni o‘z vaqtida yoki to‘liq qaytarmaganda kredit riski yuzaga keladi.
Yerdan nimani ishlab tortsa oinmaydi
Bir to'p ipni
Balansdan tashqari operatsiyalar bankka qanday foyda keltiradi?
Asosan komissiya daromadi keltiradi va balansni kengaytirmasdan foyda olish imkonini beradi.
Bank likvidligi yetishmasligi qanday sabablarga ko‘ra yuzaga keladi va u qanday oqibatlarga olib keladi?
Likvidlik yetishmasligi — bankning qisqa muddatli majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olmaslik holati.
Markaziy bank inflyatsiyani qanday vositalar orqali boshqaradi?
Asosiy foiz stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari va majburiy zaxira me’yorlari orqali.
Tijorat banki balansida kapital yetarliligi past bo‘lsa, qanday oqibatlar kelib chiqadi?
Bank kreditlashni qisqartiradi, risk oshadi va Markaziy bank tomonidan cheklovlar yoki sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.
Oyga Kim birinchi qadam qo'ygan
Nil Armstrong
Balansdan tashqari operatsiyalar bank uchun qanday risklarni keltirib chiqaradi?
Majburiyat real to‘lovga aylanishi mumkin, bu kredit, bozor va likvidlik risklarini oshiradi.
Nega bank balansida aktiv va passiv muddatlarining nomuvofiqligi tizimli xavf tug‘diradi?
Chunki bank qisqa muddatli depozitlar hisobiga uzoq muddatli kreditlar beradi. Depozitlar tez yechib olinsa, bankda yetarli likvid mablag‘ bo‘lmaydi va bu likvidlik inqirozi hamda bankrotlik xavfini keltirib chiqaradi.
Nega Markaziy bank inflyatsiya yuqori bo‘lgan sharoitda foiz stavkasini oshirsa ham, ayrim hollarda inflyatsiya tez pasaymaydi?
Chunki inflyatsiya faqat talab bilan emas, balki taklif shoklari, valyuta qadrsizlanishi, fiskal siyosat va inflyatsion kutilmalar bilan ham bog‘liq.
Tijorat bankining foydali bo‘lib ko‘rinayotgan faoliyati nega ayrim hollarda uning uzoq muddatli barqarorligini zaiflashtiradi?
Chunki qisqa muddatli foyda ko‘pincha riskli kreditlash, past zaxiralar va likvidlikni e’tiborsiz qoldirish hisobiga olinadi. Bu holat vaqt o‘tishi bilan riskli kreditlar ulushini oshiradi, kapital yetarliligini pasaytiradi va bankni moliyaviy shoklarga nisbatan zaif qiladi.
Formula 1 tarixida eng muvofaqqiyatli jamoa qaysi
Scuderia Ferrari hp
Nega Markaziy bank balansdan tashqari operatsiyalarni ham kapital yetarliligi hisobida inobatga oladi?
Chunki ular yashirin risklarni o‘z ichiga oladi va inqiroz paytida real balans majburiyatlariga aylanishi, bank barqarorligiga tahdid solishi mumkin.