Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil etish
Naqd pulsiz hisob kitob hujjatlari
To'lov hujjatlarini rasmiylashtirish
Ichki nazorat
Bank ishi
100

Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish kimning vazifasi?

Bank filiali rahbari

100

Aksept nima?

To'lovchining, to'lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi

100

Qaysi muassasalarning to'lov topshiriqnomalari va cheklarida to'lov maqsadi ko'rsatilishi talab etilmaydi?

Mudofaa vazirligi

Ichki ishlar vazirligi

Davlat xavfsizlik xizmati

Favqulotda vaziyatlar vazirligi

Bojxona qo'mitasi

100

Agar mijoz taqdim etgan to'lov hujjatlarida kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, bank xodimi qanday yo'l tutadi?

Hujjat ijroga qabul qilinmasdan mijozga qaytariladi

100

Bank sindikati nima?

Bir investitsion loyihani bir nechta bank tomonidan birgalikda kreditlanishi

200

Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalarini kim belgilaydi?

Bosh buxgalter

200

1-son kartotekada qanday hujjatlar saqlanadi?

To'lov muddatini kutayotgan to'lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq

200

To'lov hujjatlarini kimlar taqdim etish huquqiga ega?

Imzo na'munalari va muhr izi qo'yilgan varaqchada ko'rsatilgan shaxslar, mijoz vakil qilgan shaxs (ishonchnoma asosida)

200

Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to'ldirilgan kundan boshlab qancha muddatda bank tomonidan qabul qilinadi?

10 kalendar kuni

200

Lizing nima?

Uzoq muddatli ijara

300

Mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to'g'ri rasmiylashtirilganligini va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan o'tkazuvchi buxgalter

Mas'ul ijrochi buxgalter

300

To'lov topshiriqnomasi qachon 2-son kartotekaga qabul qilinadi?

Mijozning hisobvarag'ida mablag' bo'lmagan taqdirda, soliq va yig'imlar bo'yicha taqdim etilgan to'lov topshiriqnomalari

300

Bank to'lovchi bo'lib ishtirok etgan holda memorial orderga kimlar imzo chekishi lozim?

Bank rahbari, bosh buxgalter

300

Bek ofis xodimi joriy nazoratni amalga oshirganda to'lov hujjatida kamchiliklar aniqlandi, ushbu holatda xodim qanday yo'l tutadi?

Xato va kamchiliklarini ko'rsatib front ofis xodimiga qaytaradi

300

Kredit foizi qanday hisoblanadi?

(Kredit summasi×foiz stavka×amaldagi kunlar soni)/365×100%

400

Dastlabki nazoratdan o'tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o'tkazuvchi buxgalter

Nazoratchi buxgalter

400

To'lov talabnomasi qachon 2-son kartotekada hisobga olinadi?

To'lovchining hisobvarag'ida mablag' mavjud bo'lmaganda

400

Mablag' to'lovchining identifikatsiya raqami nima?

Yuridik shaxsda STIR, jismoniy shaxs uchun shaxsiy identifikatsiya raqami

400

Bek ofis xodimi tomonidan joriy nazoratdan o'tgan hujjatlar kimga yuboriladi?

Bek-ofis boshlig'i yoki bosh buxgalterga

400

Tijorat banklarining moddiy aktivlariga nimalar kiradi?

Asosiy vositalari

500

"Bank xizmatlari ofisida to'lovlar joriy nazoratdan o'tkazilgandan so'ng bek ofis boshlig'i yoki bosh buxgalter tomonidan tasdiqlanishi lozim" 1834-sonli yo'riqnomaga asosan ushbu fikr to'g'rimi

Noto'g'ri

500

Qoplangan akkreditiv nima?

Mablag'larni to'lovchining banki uni ochish vaqtida mijozning mablag'larini yoki unga berilgan kreditni to'lovchining banki majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag'larni oluvchining banki ixtiyoriga o'tkazishi

500

To'lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin kelib tushsa hujjat ijroga qabul qilinadimi?

Keyingi operatsiya kunida qabul qilingan deb hisoblanadi va ijroga qabul qilinadi

500

Bank ichki nazorat xodimlarini ishdan olish va ularga mukofot belgilash kimning vakolati hisoblanadi?

Kuzatuv kengashining

500

Faktoringda diskont tushunchasi nimani anglatadi?

Bank faktoring operatsiyasidan oladigan daromadni