tarix
matematika
islom
mantiqiy
turli mavzular
100

Islom Karimov qachon O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan?

1990-yil

100

Qaysi sonni o'ziga ko'paytirsangiz ham, o'ziga bo'lsangiz ham natija o'zgarmaydi?

1 (yoki 0)

100

Payg’ambarimiz Muhammad SAV hadislarida ta’kidlangan "Ozi halol-u, lekin Allohga eng yomon korilgan narsa" nima?

Taloq

100

Merining otasining 5 ta qizi bor: Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizning ismi nima bo’lishi mumkin? 

Meri

100

Qaysi tuyg'u inson yuzida eng tez (sekundning ulushlarida) namoyon bo'ladi?

Qo’rquv

200

Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan eng qadimgi madrasa?

Ulug‘bek madrasasi.

200

Pifagor teoremasi

Katetlar kvadratining yig’indisi gipotenuza kvadratiga teng

200

Rivoyatlarga ko’ra Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olisholmaydi. Bu ishni faqat Ugina bajara oladi. U kim?

Farishta Azroil 

200

Shunday insonlar borki, ular otni ham filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?

Shaxmatchilar

200

Qaysi jonzotning uchta yuragi va qoni ko'k rangda bo'ladi?

Sakkizoyoq (Oktapus).

300

"Tib qonunlari" asari muallifi kim?

Abu Ali ibn Sino

300

Uchburchakning ichki burchaklari yig‘indisi necha gradusga teng?

180

300

Rasululloh davrlarida yashab u zotni umuman ko’rmagan inson kim deb ataladi?

Tobein

300

Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo’lgan bu qush qadim zamonlardan buyon go’zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko’p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib qush o’z o’limi oldidan qo’shiq kuylashi haqida rivoyat qilinadi. Bu qaysi qush? 

Oqqush

300

Qaysi hayvon tili tanasidan uzunroq bo'lishi mumkin?

Xameleon

400

O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi (gerbi) qachon qabul qilingan?

1992-yil 2-iyulda.

400

Soat 15:00 bo‘lganda, soat va minut millari orasidagi burchak necha gradus bo‘ladi?

90

400

Islom tarixida birinchi tarovih namozini boshlab bergan shaxs kim?

Umar ibn Hattob

400

Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida u haqida shunday deyilgan: “Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatishgan, uning yordamida aevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan” Bu qaysi mahsulot?

Kofe

400

Dunyodagi eng katta cho'l qaysi?

Antarktida (cho'l deganda faqat qum emas, yog'ingarchilik kam joy tushuniladi).

500

Zahriddin Muhammad Bobur necha yoshida Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlangan?

12 yoshida

500

Algebra fanining asoschisi kim?

Muhammad al-Xorazmiy.

500

Alloh taolo Lutning (alayhis salom) qavmini azoblash uchun ikki farishtani yosh yigitlar shaklida tushirdi ular qavmning hamma erkaklari bilan qo’shib Lut alayhis salomning ayolini ham jazolashdi. Bunga sabab nima edi?

Lut paygambarlik darajasiga erishgach, o’z aholisini turli yollar bilan, pand-nasihat qilib, Allohning birligiga iymon keltirishga chaqirdi. Ular mubtalo bolgan yaramas odatlarini tark etishga buyurdi. Lekin qavm Lutning nasihatlarini qabul qilismadi. Bu qavmning hidoyat yoliga yurmasligi aniq bolgach, Alloh taolo oz farishtalari orqali munosib jazo yubordi. Farishtalar Allohning amri bilan, Lut xonadoniga mehmon bolib kelishdi, shahar aholisi Lutning xotinidan uylariga chiroyli yigitlar kelishganini eshitib, unikiga bostirib boradilar. Chunki, ular bachchabozlik kasaliga mubtalo bolganlar, oz maqsadlarini amalgam oshirmoq uchun xonadonga bostirib kiradilar. Lut uyida otirgan farishtalar Allohning amri bilan ularning badniyatlarini ozlariga daf etdi. Kuchli shamol turib, ularni tashqariga uloqtirdi. Lut darhol oz oilasi va oziga iymon keltirgan kishilar bilan (xotinidan tashqari, chunki xotini farishtalar habarini dinsiz qavmga yetkazganligi uchun Allohning azobiga uchradi) shahardan chiqib ketdi.

500

Qamoqxonada bir mahbus o'tiribdi. Undan "Sizni ko'rgani kelgan kishi kim?" deb so'rashsa, u shunday javob berdi: "Mening akam ham, ukam ham yo'q, lekin shu odamning otasi mening otamning o'g'lidir". Mahbusni ko'rgani kim kelgan?

O'g'li (Chunki "mening otamning o'g'li" bu mahbusning o'zi).

500

Quyosh tizimidagi eng issiq sayyora qaysi?

Venera