A
B
C
100

Ajratilgan boʻlaklar deb nimaga aytiladi? Qoidasini ayting.

Gap tarkibida maʼlum boʻlakning maʼnosini taʼkidlab, izohlab keluvchi, boshqa boʻlaklardan toʻxtam va ohang jihatidan ajralib turuvchi boʻlaklar.

100

Ariza deb nimaga aytiladi?

Ariza- rasmiy yozma murojaat boʻlib,  Soʻrash, iltimos qilish yoki xabar berish uchun yoziladi.

100

Ariza yozish tartibini aytib bering.

Kimga ( adresat)

Kimdan ( adresant)

Hujjat nomi- ARIZA

Mazmuniy qism (sabab + iltimos) 

Sana

Imzo

200

Qoʻshma gap deb nimaga aytiladi?

Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap. 

200

Javobni ochamizmi yoki yoʻq. Ha yoki yoʻq javoblaridan birini tanlash orqali +200 bal yutib olishingiz yoki -200 ball yoʻqotishingiz mumkin...

+ 200 ball

200

Mazmun munosabati va bogʻlovchi vositalarning qoʻllanishiga koʻra qoʻshma gaplar necha xil boʻladi va ular qaysilar?

3 xil boʻladi

1. Bogʻlangan qoʻshma gaplar

2. Ergashgan qoʻshma gaplar

3. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar

300

Berilgan gapda ajratilgan boʻlak va uning  turini aniqlang. 

Men, darsni puxta oʻrganib chiqqanim sababli, test savollariga oson javob berdim.

Ajratilgan boʻlak: darsni puxta oʻrganib chiqqanim sababli.

Turi: hol

Izoh: Bu boʻlak feʼlga bogʻlangan ( javob berdim) va Qanday qilib? Qaysi sabab bilan savollariga javob boʻladi.

300

Oʻquvchilar, darsga diqqat bilan qatnashib, yangi bilimlarni tez oʻzlashtirdilar.

Ajratilgan boʻlak: Darsga diqqat bilan qatnashib

Turi: Hol

300

Bir uy koʻrdim- katta, zamonaviy

Ajratilgan boʻlak: katta, zamonaviy

Turi: aniqlovchi

400

Ona tili fanida geografik nomlarni qanday ataymiz?

Toponimlar

400

Quyidagi gapda nechta imloviy va tinish belgilari bilan bogʻliq  xato bor? Yangi kutubxonamizning ochilgani sababli biz o'quvchilar, darslardan bosh vaqt topib va turli kitoblarni o‘qib,  tajriba ortdirib, bilimlarimizni oshirishga harakat qildik va shu bilan birga kutubhonada bir-birimizga yordam berdik.

3 ta imloviy va 1 ta tinish belgisida  xato mavjud.

1. Boʼsh

2. Orttirib

3. Kutubxona

4. Sababli soʻzidan  soʻng  vergul boʻlishi kerak.


400

Eskirgan soʻzlar nechta guruhga boʻlinadi  va ular qaysilar? 

2 guruhga boʻlinadi:

1. Tarixiy soʻzlar

2. Arxaik soʻzlar

500

Gap boʻlaklari necha xil yoʻl bilan ajratiladi va ular qaysilar?

Gap boʻlaklari 2 xil yoʻl bilan ajratiladi.

1. Kesim, ega, hol, toʻldiruvchi, qaratqich aniqlovchi va undalmadan keyin xuddi shunday boʻlakni keltirish orqali.

2. Sifatlovchi aniqlovchi va ravish holi tartibini oʻzgartirish orqali

500

Istorizmlar nima ? Ularga misollar keltiring. 

Istorizmlar ( tarixiy soʻzlar)- oʻzi ifodalaydigan tushunchasi bilan birga eskirgan soʻzlar. Masalan: kanizak, qul, jallod, jizya, palaxmon

500

Arxaizmlar nima? Ularga misol keltiring.

Arxaizmlar( arxaik soʻzlar) - oʻzi eskirgan, ammo u ifodalagan tushuncha eskirmagan soʻzlar. Masalan, dudoq-lab, lang- choʻloq, ulus- xalq, bitik- kitob