"Hamma narsaning" oxiri nima?
ng harfiy birikmasi
Eng sersuv poliz ekini qaysi?
tarvuz
Mashhur "Xamsa "asarining muallifi
Alisher Navoiy
"Asling kabi ko'rin yoki ko'ringaning kabi bo'l!" iqtibos kimga tegishli?
Jaloliddin Rumiy
Bugungi kunda mashhur bo'lishga ulgirgan pitsaning vatani qayer?
Italiya
Shunday bir insonlar borki, ular otniham filniham hech bir qiyinchiliksiz koʻtara oladilar. Ular kimlar?
shaxmatchilar
"Mona liza" surati qaysi muzeyda saqlanadi?
Luvr (Fransiya)
Dunyodagi eng yeb to'ymas hasharot qaysi?
Ninachi?( u ikki soat ichida 40 ta pashsha va bir qancha mayda hasharotlarni yer ekan)
Qaysi tarixiy ajdodimiz o'z vatani Samarqandni egallash uchun 3 marta qo'shin tortib keladi va oxir oqibat egallay olmay boshqa yurtda buyuk sulolaga asos soladi?
Zahiriddin Muhammad Bobur
Ziyodaning "Tor ko'cha" qo'shig'ini eshitib bir savol tug'ildi!
Dunyodagi eng tor ko'cha qaysi davlatda joylashgan?
Germaniya.
Germaniyada joylashgan eng tor ko'chaning kengligi 33 sm ekan
"Qoraqalpogʻiston"da 6 ta. "Samarqand, Fargʻona, Andijon va Buxoro"da 3 ta. "Toshkent bilan Xorazm"da esa 2 ta. Aytingchi, "Surxandaryo"da nechta bor?
4 ta
(Bu yerda so'zlardagi unli harflar nazarda tutilgan edi.)
" Mening qo'llarim bor lekin qarsak chalolmayman" men nimaman?
Qo'lqop
Tarixda sodir bo'lgan "Panipat"jangi kimlar (sulolalar) o'rtasida bo'lgan edi?
Ibrohim Lo'diy va zahiriddin Muhammad Bobur
Muhabbat ulug‘ ne’mat. U g‘arib ko‘ngillarni obod, tog‘dek ko‘ngillarni vayron qiladi. Uni qadrlagan dil baxtiyor, tutib qololmagani armonga nishon boʻladi. Fikrlar muallifi kim?
O'lmas Umarbekov (Sevgim sevgilim qissasi)
Italiyaning milliy guli qaysi?
Nilufargul
Ruslar yaxshi koʻrib isteʼmol qilishgan, Rimliklar uni badboʻy oʻsimlik deb atagan, Pifagor esa ziravorlar shohi deb atagan. Bu qaysi oʻsimlik (mahsulot)
sarimsoq
Onam va dadam bor. Oilada toʻrt qiz va har bir qizning bittadan akasi bor. Oilada jami qancha odam bor?
7 kishi
Uchquduq
Pop
Dang'ara tuman va shahar(lar) qaysi viloyat (lar)da joylashgan?
Uchquduq (Navoiy)
Pop (Namangan)
Dang'ara (Farg'ona)
Detektiv asarlar ustasi ...... Buyuk Britaniyada mashhurlikda qirolichadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Yana uni mamlakat ramzi sifatida ham tan olishadi. Kitoblari bosilish miqdoriga ko‘ra, Shekspirdan keyin faxrli ikkinchi o‘rinni egallaydi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring
Agata Kristi
Kartoshkaning vatani aysi davlat?
Peru
18 da ikkita, 19 da bitta,17 da esa yoq. 68 da nechita bor?
3 ta (Gap sonlardagi teshiklar haqida ketmoqda)
Bir kuni shoh vaziriga nok olma anor keltir debdi? Zukko vazir nechta meva olib kelgan?
1 ta. (shoh vaziriga nok olmagin, anor keltir deb aytgan)vazir esa 1 ta anor keltirgan
Buyuk Britaniya pul birligi?
Funt-sterling
´Bolaligida rassom bo‘lishni orzu qilgan, ammo baholari juda past bo‘lganligi sababli maktabni ham tugata olmagan, unga nisbatan keyinchalik 40 marta uyushtirilgan suiqasddan omon qolgan va oxir-oqibat o‘z joniga qasd qilgan, shunday bo‘lishiga qaramasdan eng muhimi u dunyini o‘zgartira olgan. Bu shaxs kim?
Adolf Gitler
Afina shahri qaysi davlat poytaxti?
Gretsiya