ter gigiyenasi
siydik ajratish organlari
bezlar
termin
???
100

Ter bezlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?


Ter bezlari organizm haroratini me’yorida saqlash (termoregulyatsiya), ortiqcha tuz va chiqindi moddalarni chiqarish hamda terini namlab himoya qilish vazifasini bajaradi.

100

Siydik ajratish tizimiga qaysi organlar kiradi?

Buyraklar, siydik yo‘llari (ureter), siydik pufagi va siydik chiqarish kanali (uretra).

100

1. Bezlar necha turga bo‘linadi?

Bezlar uch turga bo‘linadi: ichki sekretsiya (endokrin), tashqi sekretsiya (ekzokrin) va aralash bezlar.

100

_______ bu organizm ichki muhitining nisbatan doimiyligini saqlab turish qobiliyati.

Gomeostaz

100

+100

+100

200

Nima sababdan terini muntazam yuvib turish sog‘liq uchun muhim?

Terini yuvish ter, yog‘ va mikroorganizmlarni yo‘qotadi, yoqimsiz hidning oldini oladi va teri kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi.

200

Buyraklarning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Qonni filtrlash, zararli moddalarni chiqarish, suv-tuz muvozanatini saqlash va siydik hosil qilish.

200

Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?

Qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezlari, epifiz va boshqalar.

200

____ bu 

buyrakning strukturaviy va funksional birligi bo‘lib, qonni filtrlash va siydik hosil qilish jarayonini amalga oshiradi.

nefron

200

O‘zi kichkina,
Ichi to‘la sir,
Qonni tozalaydi,
Ishlar har bir kun tir.
Ikki dona bo‘lib,
Bel sohasida turar.
Aytingchi, bu nima?

buyrak

300

Haddan tashqari terlash (giperhidroz) nimaga olib kelishi mumkin?

Giperhidroz teri yallig‘lanishi, zamburug‘li kasalliklar va noqulay hid paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

300

Nefron nima va u qayerda joylashgan?

Nefron — buyrakning tuzilish va funksional birligi bo‘lib, buyrak po‘stloq va mag‘iz qismida joylashgan.

300

Tashqi sekretsiya bezlarining vazifasi nimadan iborat?

Ular o‘z suyuqliklarini maxsus yo‘llar orqali tana yuzasiga yoki bo‘shliqlarga chiqaradi (masalan, ter bezlari, so‘lak bezlari).

300

____ bu endokrin bezlar tomonidan ishlab chiqarilib, qon orqali maqsad hujayralarga ta’sir ko‘rsatadigan biologik faol modda. 

Gormon

300

raqib guruhga savol bering, agar togri topishsa sizga -300 va ularga +100. Agar topishmasa sizga +300, ularga -100

savol 

400

Shaxsiy gigiyenaga rioya qilinmasa, terida qanday kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin?

Dermatit, zamburug‘li kasalliklar, husnbuzar (akne), yiringli yaralar paydo bo‘lishi mumkin.

400

Siydik qanday jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi?

Filtratsiya (suzilish), reabsorbsiya (qayta so‘rilish) va sekretsiya jarayonlari natijasida.

400

Gormon nima va u qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Gormon — ichki sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan biologik faol modda bo‘lib, qon orqali tarqalib, maqsad hujayralar faoliyatini boshqaradi.

400

____ bu tirik organizmda sodir bo‘ladigan barcha kimyoviy reaksiyalar yig‘indisi (anabolizm va katabolizm jarayonlari).

Metabolizm

400

🏠'''' + 🍎'''' + 🪁''''' + 🐙'''''' + 🌴'''

🪁 -- yelkan
in english

hayot

500

Terining sog‘lom bo‘lishi uchun qanday gigiyenik qoidalarga amal qilish kerak?

qollarni yuvish, xonalarni toza saqlash


500

Siydik ajratish tizimi kasalliklariga misollar keltiring.

Pielonefrit, sistit, buyrak toshi kasalligi, buyrak yetishmovchiligi.

500

Aralash bezlarga misol keltiring va ularning vazifasini tushuntiring.

Oshqozon osti bezi aralash bezdir. U insulin va glyukagon gormonlarini (ichki sekretsiya) hamda hazm fermentlarini (tashqi sekretsiya) ishlab chiqaradi.

500

____ bu bez hujayralari tomonidan biologik faol moddalarning ishlab chiqarilishi va ajratilishi jarayoni. 

Sekretsiya

500

+500

+500