Umarbek biladigan
Bonuslar
Udar savollar
Qiyin savollar
Chingiz legenda
100

Prospekt nazariyasining asosiy g‘oyasi nima  

Odamlar foydadan ko‘ra yo‘qotishlarni kuchliroq his qiladi, shuning uchun ular ba’zan noto‘g‘ri qaror qabul qiladi.

100

Klassik iqtisodiyot nimaga asoslangan?

Klassik iqtisodiyot odamlarni ratsional va maksimal foyda olishga intiluvchi subyektlar deb hisoblaydi.

100

Xulq-atvor iqtisodiyoti nima?

Xulq-atvor iqtisodiyoti insonlarning iqtisodiy qarorlariga psixologik, hissiy, kognitiv va ijtimoiy omillar qanday ta’sir qilishini o‘rganadigan fan.

100

BONUS + 100 BALL

Umar tog'o nima gap🎁

100

"Yo‘qotishdan qo‘rqish" (Loss Aversion) deganda nima tushuniladi?

Odamlar yo‘qotishlarni juda qiyin qabul qiladi va bu ularni ehtiyotkor yoki noto‘g‘ri qaror qabul qilishga majbur qiladi.

200

Klassik iqtisodiyot va xulq-atvor iqtisodiyotining qanday asosiy farqlari bor?

Klassik iqtisodiyot odamlarni faqat ratsional fikrlovchi subyektlar deb hisoblaydi.
 Xulq-atvor iqtisodiyoti odamlarning hissiyot, psixologiya va ijtimoiy ta’sirlar asosida qaror qabul qilishini o‘rganadi.

200

Investorlarning noto‘g‘ri qaror qabul qilishiga sabab bo‘luvchi kognitiv xatolar qanday ishlaydi?

Investorlar hissiy yoki noaniq axborot asosida qaror qabul qiladi va tavakkalchilikni noto‘g‘ri baholashadi.

200

"Tasdiqlash xatosi" (Confirmation Bias) nima?

Odamlar faqat o‘z fikrlariga mos keladigan ma’lumotlarni qabul qilishadi va qarama-qarshi fikrlarni rad etishadi

200

EHH 😢 MINUS 200

(Ózbek Tayson) Yaxshilab eshitvolgin: 

bolangdan qaytadi😂

200

Xulq-atvor iqtisodiyotining asosiy omillaridan uchta misol keltiring

Tasdiqlash xatosi (Confirmation Bias) – Odamlar faqat o‘z fikrlariga mos ma’lumotlarni tanlaydi.
 Yo‘qotishdan qo‘rqish (Loss Aversion) – Odamlar yo‘qotishlardan juda qo‘rqadi va risk qilishdan qochadi. Bog‘lanish xatosi (Anchoring Bias) – Odamlar birinchi eshitgan ma’lumotga haddan tashqari bog‘lanib qoladi.

300

Netflix kompaniyasi mijozlarni saqlab qolishda qaysi xulq-atvor iqtisodiyoti usullaridan foydalangan?

Netflix mijozlarning bepul 1oylik obuna orqali.

300

"Anchoring Bias" qanday ishlaydi? Misol keltiring.

Bog‘lanish xatosi – Odamlar birinchi ko‘rgan narx yoki ma’lumotga haddan tashqari bog‘lanib qoladi.
 Misol: Avval $1000 turgan telefon $800 ga tushirilsa, odamlar buni juda arzon deb o‘ylaydi.

300

Apple va Starbucks kompaniyalari "Anchoring Effect" strategiyasidan qanday foydalangan?

Apple eski iPhone narxini yuqori ushlab turib, yangi modelni nisbatan arzon ko‘rsatadi.

Starbucks mijozlarni o‘rtacha narxdagi qimmat variantni tanlashga undaydi.

300

Ramazon muborak 

+300 ball

300

Qaysi olimlar xulq-atvor iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan?

Daniel Kahneman va Amos Tverskiy – "Prospekt nazariyasi" asoschilari.
 Richard Thaler – xulq-atvor iqtisodiyotining amaliy jihatlarini ishlab chiqqan.

400

"Prospekt nazariyasi" investorlarning qaror qabul qilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?  

Investorlar yo‘qotishlarni foydadan ko‘ra kuchliroq his qiladi, bu esa ularga noto‘g‘ri qaror qabul qildirishi mumkin.

400

Investorlar ortiqcha ishonch (Overconfidence Bias) sababli qanday xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin?

Ular o‘z qarorlariga haddan tashqari ishonib, bozor signallariga e’tibor bermaydi.

400

Agar xulq-atvor iqtisodiyoti inobatga olinmasa, moliyaviy bozorlar qanday ishlaydi.


Bozor mukammal ratsional deb hisoblanadi, ammo bu amaliyotda deyarli imkonsiz.

400

Xulq-atvor iqtisodiyotining iqtisodiy siyosat va davlat boshqaruvidagi o‘rni qanday bo‘lishi kerak?

Hukumat soliq siyosati, subsidiya va rag‘batlantirish dasturlarida inson psixologiyasini inobatga olishi kerak.

400

Korporativ biznesda xulq-atvor iqtisodiyotini inobatga olmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Xodimlarning motivatsiyasi pasayadi, mijozlarning sodiqligi kamayadi, investorlar noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladi.

500

Kelajakda sun’iy intellekt xulq-atvor iqtisodiyotiga asoslangan moliyaviy qarorlarni optimallashtirish uchun qanday ishlatilishi mumkin?

AI odamlarning iqtisodiy qarorlarini bashorat qilish, xatolarni minimallashtirish va tavsiyalar berish uchun ishlatilishi mumkin.

500

Xulq-atvor iqtisodiyotidan foydalangan holda kompaniyalar o‘z mahsulotlarini qimmatroq sotish uchun qanday strategiyalardan foydalanishi mumkin?

  • "Anchoring Effect" (Bog‘lanish xatosi) – Dastlab juda yuqori narx qo‘yib, keyin chegirma berish orqali mijozlarga mahsulot arzon bo‘lib tuyuladi.
  • "Decoy Effect" (Yordamchi variant) – Uchta narxli variant yaratib, mijozni o‘rtacha narxdagi qimmatroq mahsulotni tanlashga majbur qilish.
  • "Scarcity Effect" (Defitsit) – "Cheklangan miqdor!", "So‘nggi 3 dona qoldi!" kabi iboralar bilan mijozlarni tezroq xarid qilishga undash.
  • "Loss Aversion" (Yo‘qotishdan qo‘rqish) – "Bu chegirma ertaga tugaydi!" kabi marketing usullari orqali mijozlarni sotib olishga majbur qilish.
500

Insonlarning xulq-atvori investitsiya bozorlarida qanday noaniqliklar va bozor pufakchalariga olib kelishi mumkin?

  • "Herd Mentality" (Ommaviy ergashish xatosi) – Ko‘pchilik ma’lum bir aktivni sotib olayotganini ko‘rib, odamlar hech qanday tahlilsiz unga sarmoya kiritishadi.
  • "Overconfidence Bias" (Ortib ketgan ishonch) – Investorlar o‘z bilimlariga haddan tashqari ishonib, yuqori tavakkalchilik bilan investitsiya qilishadi.
  • "FOMO" (Fear of Missing Out) – Investorlar biror aktivning narxi tez o‘sayotgani uchun uni qimmat bo‘lsa ham sotib olishadi, bu esa bozor pufakchalariga olib keladi.
500

Korporativ moliyaviy qarorlar qabul qilishda irratsional xulq-atvor qanday xavflarga olib kelishi mumkin?

  • "Sunk Cost Fallacy" (Yo‘qotilgan mablag‘ xatosi) – Kompaniya foydasiz loyihaga juda ko‘p pul sarflagani uchun uni tark etish o‘rniga davom ettirishni afzal ko‘radi.
  • "Status Quo Bias" (O‘zgarishdan qo‘rqish) – Rahbarlar yangi moliyaviy strategiyalarga o‘tishdan qo‘rqib, samarador bo‘lmagan usullarni saqlab qolishadi.
  • "Endowment Effect" (Egalik effekti) – Rahbarlar o‘z aktivlarini haddan tashqari qadrli deb bilib, ularni sotishdan bosh tortadi, natijada kompaniya zarar ko‘rishi mumkin.
500

Xulq-atvor iqtisodiyotini inobatga olgan holda, davlat iqtisodiy siyosatini qanday optimallashtirishi mumkin?

  • "Nudging" (Turtki berish) – Odamlarni to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘naltirish (masalan, sog‘lom oziq-ovqatlarni do‘konlarning old qismiga joylashtirish).
  • "Default Effect" – Majburiy pensiya jamg‘armalarini avtomatik ravishda ishchilar uchun faollashtirish, chunki ko‘pchilik uni o‘zgartirmaydi.
  • "Social Norming" – Davlat "99% odamlar soliqni o‘z vaqtida to‘laydi" kabi ma’lumotlarni e’lon qilish orqali soliq to‘lovchilarni mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.