Bolonya jarayoni qaysi yilda boshlangan?
1999
Bolonya tizimiga ko‘ra oliy ta’lim nechta bosqichdan iborat?
3 ta bosqich: bakalavr, magistr, doktorantura.
Akademik mobillik nima?
Talaba yoki o‘qituvchining chet elda vaqtincha o‘qishi yoki ishlashi.
Bolonya jarayoni ta’lim sifatiga qanday ta’sir qiladi?
Ta’lim standartlarini yagona qiladi va sifatni oshiradi.
Bolonya jarayonining asosiy maqsadi nima?
Yevropa oliy ta’lim hududini yaratish.
Bakalavriat odatda necha yil davom etadi?
3-4 yil
Erasmus+ dasturi nimaga xizmat qiladi?
Talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini qo‘llab-quvvatlashga.
Bolonya tizimi bitiruvchilarning nimani oshiradi?
Xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini.
Bolonya deklaratsiyasini nechta davlat imzolagan?
29 ta davlat
Magistratura nechiga teng kredit yig‘ilishini talab qiladi?
60–120 ECTS kredit.
Kreditlarning tan olinishi qaysi tizim orqali amalga oshiriladi?
ECTS(European Credit Transfer System )
Ta’lim samaradorligini oshirishda qanday yondashuv joriy qilinadi?
Kompetensiyaga asoslangan ta’lim.
Bolonya jarayoni qaysi tashkilotni mustahkamlaydi?
Yevropa oliy ta’lim makonini (EHEA).
Doktorantura bosqichining asosiy maqsadi nima?
Ilmiy-tadqiqot va mustaqil ilmiy ishlar bajarish.
Akademik mobillik talaba uchun qanday asosiy afzallik beradi?
Xorijda tajriba va yangi bilim olish imkoniyati.
Universitetlararo hamkorlik qanday mustahkamlanadi?
Kreditlarni tan olish va mobillik dasturlari orqali.
Bolonya jarayonining asosiy hujjati qanday nomlanadi?
Bolonya deklaratsiyasi
"Diploma Supplement" nima uchun beriladi?
Diplomni xalqaro tan olinishini osonlashtirish uchun.
Akademik mobillik universitetlar o‘rtasidagi qaysi hujjat orqali amalga oshiriladi?
Hamkorlik shartnomalari (inter-institutional agreements).
Bolonya jarayoni ta’lim modernizatsiyasidagi eng muhim o‘zgarish nima?
Ochiq, shaffof va moslashuvchan ta’lim tizimining yaratilishi.