Tadqiqotning ahamiyati
Tadqiqot usullari
Bozor hajmi
Trendlar va mavsumiylik
Talab va ehtiyoj
100

Tadqiqot biznesda byudjetga qanday ta’sir qiladi?

Byudjetni kamaytiradi

100

Qaysi usul Google Forms orqali amalga oshiriladi?

So'rovnoma

100

Bozor hajmi deganda nima nazarda tutiladi?

Potensial xaridorlar soni

100

Trend va mavsumiylikning farqi nima?

Trend qisqa muddatli, mavsumiylik muntazam

100

Xaridor aslida mahsulotni emas, nimani sotib oladi?

Muammosining yechimini

200

Tadqiqot orqali qiymatni qanday oshirish mumkin?

Xizmat/imkoniyatni yaxshilash orqali

200

Intervyu orqali qanday ma’lumot olinadi?

Chuqur va tafsilotli

200

Kichik bozor biznesga qanday ta’sir qiladi?

Bozor tezroq to‘yadi

200

Yozda qaysi mahsulotlarga talab oshadi?

Sovuq ichimlik va muzqaymoq

200

“Odamlar faqat kofe emas, balki Wi-Fi ham xohlashadi” nimani ko‘rsatadi?

Qo‘shimcha ehtiyojlar

300

Tadqiqot xatolarga qanday ta’sir qiladi?

Xatolarni takrorlamaslikka yordam beradi

300

Kuzatuv usulining afzalligi nima?

Odamlar aytmagan narsalarni xatti-harakatdan tushunish

300

Katta bozor qanday imkoniyat va qiyinchilik beradi?

Imkoniyat ko‘p, raqobat kuchliroq

300

Qishda qaysi ichimlikka talab ko‘proq?

Issiq choy yoki kofe

300

Talabni aniqlash uchun qanday savol beriladi?

“Xaridorlarning haqiqiy muammosi nima?”

400

Tadqiqot gipotezaga qanday ta’sir qiladi?

Gipoteza tasdiqlanish ehtimolini oshiradi

400

Qaysi usul ko‘p vaqt talab qiladi, lekin jonli ma’lumot beradi?

Dala uslubi

400

Toshkentda qaysi bozor katta va raqobat ham yuqori?

Qahvaxonalar bozori

400

Trenddan foydalanishning afzalligi nima?

Tezda katta auditoriyani jalb qilish

400

Doimiy talab biznesga qanday foyda beradi?

Barqaror daromad

500

Siz yangi ingliz tili kursi ochmoqchisiz. Budjetingiz cheklangan. Tadqiqot qaysi yo‘nalishda yordam beradi va qanday qilib xatolarni kamaytiradi?

Budjetni to‘g‘ri yo‘naltirish va talabni aniqlash orqali resurslarni tejash, xatolarni takrorlamaslik.

500

Bir kafe egasi menyuga yangi “matcha latte” qo‘shmoqchi. U mijozlarning qiziqishini o‘rganmoqchi. Qaysi tadqiqot usulidan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi va nima uchun?

So‘rovnoma (keng fikr olish) yoki dala tadqiqoti (raqobatchilarni kuzatish), chunki real talabni bilish mumkin.

500

Startap jamoasi mobil ilova chiqarmoqchi. Lekin ular bozor kichik bo‘lsa tez to‘yishini bilishadi. Ular bozor hajmini qanday aniqlashlari kerak?

Potensial foydalanuvchilar sonini hisoblash va ularning qiziqishini o‘rganish (savol: “Bu mahsulotdan qancha odam foydalanishi mumkin?”).

500

Bir do‘kon yozda sovuq ichimliklarga katta investitsiya qildi, lekin kuz kelganda sotuv keskin tushib ketdi. Ular nimani hisobga olishmagan?

Mavsumiylikni (talabning yil davomida o‘zgarishini).

500

Bir kafe “arzon kofe” bilan reklama qilmoqda, lekin mijozlar baribir boshqa kafega borishmoqda. Tadqiqotdan keyin ma’lum bo‘ldiki, mijozlar aslida “sokin joy va Wi-Fi”ni xohlashgan. Bu nimani ko‘rsatadi?

Xaridorlar mahsulot emas, ehtiyojining yechimini sotib olishadi.