Foydalanuvchi tayyor dasturdan (masalan, Google Docs yoki Gmail) foydalanadigan xizmat turi qanday ataladi?
Javob: SaaS (Software as a Service / Dasturiy ta'minot xizmat sifatida)
Bulutli xizmatlar ishlashi uchun serverlar va saqlash tizimlari joylashgan maxsus markaz nima deb ataladi?
Javob: Data Center (Ma'lumotlar markazi)
Bulutli xizmatlar uchun to'lov qanday amalga oshiriladi: sotib olinadimi yoki ijara asosidami?
Javob: Ijara asosida (Obuna / Subscription)
Internet orqali dasturdan foydalanish modeli nima deyiladi?
Javob: SaaS
Dunyodagi eng yirik bulutli xizmat ko'rsatuvchi provayder, qaysi kompaniyaga tegishli ?
Javob: AWS (Amazon Web Services)
Dasturchilarga dastur yaratish va joylashtirish uchun muhit (platforma) taqdim etadigan bulutli model qaysi ?
Javob: PaaS (Platform as a Service / Platforma xizmat sifatida)
Apple qurilmalari foydalanuvchilari uchun rasmlar va kontaktlarni zaxiralash (backup) xizmati ?
Javob: iCloud
Faqat bitta tashkilot foydalanadigan bulut turining nomi ?
Javob: Private Cloud
Fayllarni begonalardan himoya qilish uchun ularni "tushunarsiz kod"ga aylantirish nima deyiladi ?
Javob: Shifrlash
Telegram yoki WhatsApp xabarlari qayerda saqlanadi, telefondami yoki kompaniya kompyuterlaridami?
Javob: Kompaniya serverlarida (Bulutda)
Hamma uchun ochiq bo'lgan, Google yoki Amazon kabi provayderlar taqdim etadigan bulut turi qaysi?
Javob: Public Cloud (Ommaviy bulut)
Savol: Data centerlarda serverlar qizib ketmasligi uchun ishlatiladigan tizim nima?
Javob: Sovutish tizimi
Kompyuter o‘yinlarini kompyuterga o‘rnatmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet orqali (bulutli serverda) o‘ynash texnologiyasi nima deb ataladi?
Javob: Cloud Gaming (Bulutli o‘yinlar)
Dunyodagi eng katta video-bulut (platforma) qaysi?
Javob: YouTube
Dunyodagi eng katta "ochiq kodli" (open-source) loyihalar va kodlar saqlanadigan bulutli platforma qaysi?
Javob: GitHub.
Dunyodagi eng katta musiqiy bulutli platforma (striming xizmati) qaysi?
Javob: Spotify (300 milliondan ortiq pullik obunachilari bilan jahon yetakchisi).
Nima uchun katta Data centrlar dengiz yoki daryo bo'ylarida quriladi?
Javob: Suvdan serverlarni sovutish uchun foydalanishga.
Data centerlarda serverlar joylashadigan va kabellar tartibli bo‘lishini ta’minlaydigan maxsus shkaflar nima deb ataladi?
Javob:
Rack
Dunyo internet trafigining qancha qismi (taxminan) video tomosha qilish uchun sarflanadi?
Javob: Taxminan 80% (Netflix, YouTube, TikTok).
Dunyodagi eng qimmat ma'lumotlar saqlanadigan Data markazlar hatto atom bombasi portlashiga ham chidaydimi ?
Javob: Yo‘q, ko‘pchilik data centerlar atom bombasi portlashiga chidash uchun qurilmaydi.
Bulutli texnologiyalarning eng katta "dushmani" yoki eng zaif nuqtasi nima ?
Javob: Elektr energiyasi. (Tok bo'lmasa, dunyodagi hech qaysi bulutli xizmatga kirib bo'lmaydi, hamma ma'lumotlar "muzlab" qoladi).
Bir nechta serverlarni bitta tizim kabi ishlatish texnologiyasi nima?
Javob: Virtualizatsiya
Bulutli ilovalarni tezroq ishga tushirish va boshqarish uchun mo‘ljallangan muhit, u ilovaning barcha bog‘liq kutubxonalar va xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Bu nima deb ataladi?
Javob: Runtime Cloud (Bulutli ishga tushirish muhiti)
Ushbu rasmdagi shaxsning ism familyasi nima ?
Javob: John McCarthy (talaffuzi: Jon Makkarti; 4-sentabr, 1927-yil—24-oktabr, 2011-yil) informatika sohasidagi amerikalik olimdir. McCarthy sunʼiy ong fani asoschilaridan biri
Nima uchun eng zamonaviy Data markazlar uchun eng katta xavf xakerlar emas, balki oddiy olmaxonlar (olaxurjunlar) hisoblanadi?
Javob: Chunki olmaxonlar Data markazga boruvchi elektr va internet kabellarini g‘ajib tashlaydi. Statistikaga ko‘ra, ular keltiradigan jismoniy zarar kiber-hujumlardan ko‘ra ko‘proq "svet" o‘chishiga sabab bo'ladi.