Bank kassasidan naqd pul olish uchun nimalardan foydalaniladi?
Naqd pul cheklari
Bosh kitob bu-...?
Bosh kitob bu bank moliya hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhidir.
Bank hisobvarag‘i nima?
Bank hisobvarag‘i- bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (BPK) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Tog‘ri
Valyutalash sanasi qanday sana?
Valyutalash sanasi bu- to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish sanasi.
Kunlik buxgalteriya jurnali qanday ko‘rinishda saqlanadi?
Elektron ko‘rinishda.
Yordamchi kitob bu-...?
Yordamchi kitob bu bosh kitob hisobvarag‘lariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlardir.
Balans hisoboti, Pul oqimlari hisoboti, Xarajat va daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlar UMUMIY qanday hisobotlar?
Moliya hisobotlari
Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘zida aks ettirishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi va qaysilar
Tovar operatsiyalari bo‘yicha pul aylanishi.
Moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha pul aylanishi.
Aktivda Debet!!!
+ 200 ball
3229-nizom nomi ( to‘liq)
"O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida"gi 3229-nizom
Aktivda KREDIT!!!
- 300 ball
Quyidagi yo‘riqnoma qachon ishlab chiqilganligi va yo‘riqnoma soni toping.
"Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»
3420-sonli
2023-yil 8 fevral da
Memorial order nima?
Memorial order bank ichki naqd pulsiz hisob-kitob hujjat turi bo‘lib, bir bank hisobvarag‘idan boshqa bank hisobvarag‘iga to‘lovlar naqd pul ishlatmasdan o‘tkaziladi.
Passivda KREDIT!!!
+300 ball
Banklar Markaziy bankga elektron balans hisobotini qachon jo‘natadilar?
Bank ish kuni tugaganidan keyingi bank ish kuni saot 10:00 dan kechiktirmasdan.
Bosh kitob materiallaridan 3 tasini sanab bering.
1- Hisobvaraqlar qoldiqlarining kundalik balansi;
2- Balans hisobvaraqlari bo‘yicha oborotlar
3- oylik, choraklik, yillik saldo oborotlari qaydnomalari
4- kirim va chiqim bo‘yicha kassa jurnallari;
5- emissiya-kassa operatsiyalari; xorijiy operatsiyalar
Vakillik hisobvarag‘i bu?
Vakillik hisobvarag‘i- bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yoki boshqa bankda ochilgan, banklararo to‘lovlarni o‘tkazishga va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga mo‘ljallangan hisobvaraq.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda qanday to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi
• memorial order;
• to‘lov topshiriqnomasi;
• to‘lov talabnomasi;
• inkasso topshiriqnomasi;
• akkreditivga ariza.
"Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari" yana qanday nomlanadi?
Karoteka-2
Bankda ishlatiladigan hujjatlar necha turga bo‘linadi va ular qaysilar
2 ta: korxonlar tomonidan rasmiylashtiriladigan va banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan
Tuzatish orderi necha nusxada tuziladi va nusxalar nimalarga ishlatiladi?
4 ta nusxada:
1- buxgalteriya yozuvlarini o‘tkazish uchun memorial order;
2 va 3- mijozlar uchun dt va kt yozuvlari bo‘yicha bildirishnoma;
4- order kitobchasida qoladi.
Mijozlar banklarda qanday turdagi hisobvaraqlarni ochislari mumkin? ( kamida 3 ta)
1- talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar;
2- jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
3- muddatli depozit hisobvaraqlar;
4- metall hisobvaraqlari;
5- vakillik hisobvaraqlari.
Aktivda Debet!!!
+ 500 ball
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari — rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari milliy valyutada talab qilinmaguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka qanday hujjatlarni taqdim etadilar?
• Hisobvaraqlar ochish to‘g‘risida ariza
• Imzolar namunalari qo‘yilgan 2 dona varaqcha
• Mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport, ID-karta yoki yangi namuna haydovchilik guvohnomasi)