1
2
3
4
5
100

Dunyodagi birinchi temiryo'l Angliyada qachon, kim tomonidan qurilgan?

Jorj Stefenson 1825-yilda

100

Buyuk Britaniyaning eng katta mustamlakasi qaysi davlat edi va unda qancha aholi yashagan?

Hindiston, 300 millon

100

Birinchi afyun urushi qachon, qaysi davlatga qarshi bo'lib o'tgan?

1840-1842-yillarda Xitoyga qarshi

100

Trafalgar janggi qachon bo'ldi va bu jangda Buyuk Britaniya kimga qarshi kurashib, g'alaba qozongan?

1805-yilda Napoleon Bonapartga  (Fransiya) ga qarshi

100

XIX asrda Britaniya "qaysi ish hech qachon sodir bo'lmaydigan imperiya" deb atala boshlandi?

Quyoshi hech qachon botmaydigan

200

1799-yilda qaysi mazmundagi qonunning bekor qilinishi  natijasida kasaba uyushmalari-tred yunionlar faoliyatiga ruxsat berilishi uchun imkon yaratdi?

Ishchilarni turli xil ittifoqlarga birlashishlarini qat'iyat taqiqlash to'g'risidagi qonun

200

XVIII asr oxirida boshlangan qaysi jarayon Angliyaning qiyofasini butunlay o'zgartirib yuborib, buning natijasida mamlakat rivojlangan davlatga aylandi?

Sanoat inqilobi

200

Sanoat to'ntarishi Angliya aholisi tarkibida qaysi yangi sinfning shakllanishiga olib keldi?

Proletariat

200

Mamlakatda sanoatning qaysi sohasi jiddiy takomillashib, mamlakatga chetdan jun olib kirish besh barobarga oshdi?

To'qimachilik

200

Butun mamlakat miqysoida tashkil qilingan ishchilarning birinchi mustaqil harakati qanday nomlandi?

Chartistlar

300

1825-yilda qaysi qonunning qabul qilinishi ishchilar o'rtasida noroziliklarni keltirib chiqardi?

ish tashlashni taqiqlash to'g'risida

300

Birinchi afyun urushida Angliya qanday natijalarga erishdi?

Gongkongni bosib oldi, Xitoydagi Chin hukumatini Angliya savdosi uchun qator portlarni ochishga majbur qildi

300

Angliyada qachon sanoat to'ntarishi yakunlanib, dunyoning eng rivojlangan davlati maqomiga erishildi?

XIX asrning 30-40-yillarida

300

Qanday hududlar "Oq koloniyalar" deb nomlangan?

Amerika, Afrika va Avstarliyaga Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan ko'chib borgan kishilar o'zlashtirgan hududlar

300

Traflagar janggi Angliyaga qanday natijalar olib keldi va Fransiya nimaga majbur qilindi?

Fransiyaning deyarli barcha mustamlakari tortib olindi, Napoleon Rossiyaga qarshi urush qilishga majbur bo'ldi va bu Fransiya uchun halokatli yakunlandi

400

XIX asr 70-yillaridan boshlab Angliya sanoat ishlab chiqarishdagi o'rini yo'qota boshlagan bo'lsada, qaysi sohalar mamlakatni hamon katta foyda bilan ta'minlab turar edi?

katta mustamlakalar, dengizda hukmronlik, sug'urta va bank sohasidagi yetakchilik

400

Jorj Stefensonning birinchi paravozi nomi nima va birinchi temiryo'lning uzunligi qancha bo'lgan?

"Blyuxer". 40 km. (26 milya)

400

1824-yildan boshlab nima uchun mashinasozlik jadal rivojlana boshladi?

parlament mamlakatdan tashqariga mashinalar olib chiqishga qisman ruxsat berganidan so'ng

400

Temiryo'l qurilishining boshlanishi qaysi metallarga bo'lgan talabni keskin oshirdi?

cho'yan, temir va po'lat

400

Iqtisodiy o'sish Angliyaning ichki hayotiga qanday yengilliklar olib keldi?

siyosiy vaziyat yumshadi, g'alla va sanoat xomashyosiga boj to'lovi pasaytirildi, chetga tovar olib chiqish qoidalari yumshatildi, ba'zi jinoyatlar uchun jazolar yengillashtirildi

500

Metallurgiya sohasining rivojlanishi uchun nima turtki bo'ldi?

Armiya uchun artilleriya qurollariga davlat buyurtmalari

500

Chartizm harakati vujudga kelishining asosiy sabablari nimalardan iborat edi?

iqtisodiy iniroz, ishchilarning siyosiy huquqlarga ega emasligi, hukumatning ishchilarga qarshi siyosati

500

1875-yilda Buyuk Britaniya Misr sultoni Ismoil I ni nimaga majbur qildi?

Suvaysh kanalining 45 % aksiyasini Angliya hukumatiga sotishga va mayda aksiyadorlardan olinadigan aksiyalar bilan qo'shib, inglizlar kanalning nazorat paketini qo'lga kiritdi

500

1832-yilgi birinchi parlament islohatlariga ko'ra, Buyuk Britaniya parlamentining quyi palatasi qanday vakolatlarga ega bo'ldi?

davlat budjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi, hukimatning faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilandi, quyi palata ishonchsizlik bildirgan taqdirda hukumat istefoga chiqariladigan bo'ldi

500

Charlz Dilkning "Yanada Buyuk Britaniya" asarida oq koloniyalar masalasida qanday takliflar berilgan?

ko'chib kelgan inglizlardan tashkil topgan "oq koloniyalar"da burjuaziyaning huquqlarini kengaytirish, amalda ularni mustamlakalarni boshqarishga sherik qilish