Kapitalga ta'rif bering
Uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurs.
Narxga ta'rif bering
Bir birlik tovarni sotib olish uchun to‘lanadigan pul miqdori.
Almashtirish samarasi nima?
ish haqini ortishi natijasida boʻsh vaqtning
qisqarishi.
Asimmetrik axborot – bu
bu shunday holatki, bunda bozorda boʻladigan savdo-sotiqda bozor qatnashchilaridan bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismga ega emas
Auksionga ta'rif bering
tovarni oldi-sotdisini tashkil qilish usullaridan biri boʻlib unda transaksiya xarajatlari real vaqt rejimida oʻtadi.
Bozor muvozanati qachon yuzaga keladi
bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga teng boʻlgan hol; taklif chizigʻi bilan talab chizigʻi kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi
Istemolchi byudjeti nima ?
iste’molchining ma’lum vaqt oraligʻida oladigan barcha daromadlari yigʻindisi.
Daromad samarasi
ishchining ish haqining oʻsishi natijasida ish vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi.
Yopiq iqtisodiyotga ta'rif bering
tashqi iqtisodiy bozorda keng savdo-iqtisodiy imkoniyatlarga ega boʻlmaydigan iqtisodiyot.
Demping narx
tovarlarni tannarxiga qaraganda yoki ichki bozordagiga qaraganda past bahoda eksport qilish.
Ishsizlik darajasi
ishsizlar umumiy sonining ishchi kuchiga
boʻlgan nisbati
Izokvanta
bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi omillar sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
Izokosta
yigʻindisi bir xil yalpi xarajatga teng boʻlgan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq.
Iqtisodiy ne’mat
ehtiyojni qondirish vositasi
Investitsiyalash
asosiy kapitalni toʻldirish va oʻstirish uchun kapital qoʻyish jarayoni.
Ish haqga ta'rif bering
foydalanilgan mehnat uchun berilgan pul miqdori yoki narx.
Yalpi ichki mahsulot
ma’lum vaqt davomida mazkur mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulotlarning bozor baholari yigʻindisi.
Yalpi milliy daromad-
Mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarishda ishtirok etish natijasida hamda mulklaridan olgan
Oliy kategoriyali tovarlar
daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar
Renta nima
taklifi qat’iy cheklangan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Ssuda foizi nima
kapital egasiga uni kapitalidan foydalangani uchun iqtisodiy subyekt tomonidan toʻlanadigan narx.
Talab funksiyasi nima
talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi.
Transaksion xarajatlar
bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bogʻliq xarajatlar.
Pulga talab nima
bu pul muomalasi, ya’ni xoʻjalik oboroti uchun kerak boʻlgan pulga ehtiyojdir.
Chekli daromadga ta'rif bering
birlik qoʻshimcha tovar sotishdan tushga qoʻshimcha daromad