Sof temir tabiatda kamyob metal bo'lganligi uchun dastlab undan qanday maqsadda foydalanilgan?
Zeb-ziynat buyumlarini yasashda
Amir Temur Sarbadorlar harakati rahbarlaridan biri bo'lgan kimning hayotini Amir Husayndan so'rab qutqarib qoladi?
Mavlonozoda Samarqandiy
Buxoro xonligida mang‘itlar sulolasi asoschisi kim?
Muhammad Rahimbiy
500 so'mlik kupyura qachon muomalaga chiqarildi?
1999-yil
"Yildirim” (turkcha: Yıldırım) so‘zining ma’nosi
chaqmoq, momaqaldiroq chaqnashidek tez degani
Qaysi davrda hozirgi qiyofadagi insonlar yashagan?
So'ngi paleolit
Kimning aytishi bo'yicha Amir Temur turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o‘rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtira olgan zot ekan?
Ibn Xaldun
Buxoro amirligida davlat boshqaruvida eng yuqori diniy lavozim qanday atalgan?
Shayxulislom
O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib qaysi davlat tan oldi?
Turkiya 1991-yil 16-dekabr
Umaviylar sulolasini ag‘darishda hal qiluvchi rol o‘ynagan shaxs kim?
Abu Muslim
Avestoga sharx nima va kim uni ilk bor alohida qismlarini tarjima qilgan?
Zand, A.Dyuperron
Amir Temur tomonidan G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) kimga suyulg'or sifatida berilgan?
Mironshoh
Xiva xonligida davlat boshqaruvida muhim lavozimlardan biri bo‘lgan “inoq” nima vazifani bajargan?
Xonning eng yaqin maslahatchisi va davlat ishlarini boshqaruvchi
O‘zbekistonda birinchi metro qachon ishga tushgan?
1977-yili
Arab xalifaligiga qarshi bo'lgan “Qizil ko‘ylaklilar” qo'zg'oloni shiori qanday edi?
Qirq yil qul bo‘lib yashagandan, bir kun ozod bo‘lib yashagan ma’qul!
Cho'llar va amudaryoning bo'ylarida qaysi qabila yashagan?
Ko'chmanchi massagetlar
Amir Temur qilish kuchi bilan va jangsiz egallagan hududlaridan kamidan ikkitadan sanab bering.
1-Hirot, Seyiston, Mozandaron
2-Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor
Buxori xonligida majburiy ishlab berish solig'i nima deb atalgan?
Begar
Shavkat Mirziyoyev qaysi viloyatlar hokimi lavozimida faoliyyat yuritgan?
Samarqand va Jizzah
Salib yurishlari paytida Rim Papasi o'z ritsarlarini chorlash maqsadida Quddusni qandaay tasvirlaydi?
“Sut va asal daryo bo‘lib oqadigan, Quddus yerning kindigi, jannatmakon, hosildor o‘lka.” va yurishda ishtirok
etganlarga ularning gunohlari kechirilishini, halok bo‘lganlar ruhining jannatga – «arshi-a’loga» tushishini va’da
qiladi
Dastlabgi diniy e'tiqodlar bilan bog'liq topilmalar qaysi hududdan topilgan?
Teshiktosh g'oridan
O'tror shahrida bo'lgan eng katta ikkita voqeani aytib bering.
Amir Temurning vafoti
Inolchiq(G'oyirxon) Chingizxonning elchilarini talashi va urushu boshlanishining sababchisi bo'lishi
Cherniyayev Toshkentni bosib olgandan keyin «ixtiyoriy ravishda topshirish» to‘g‘risidagi soxta shartnomaga imzo chekmagan kimlarni Sibirga surgun qiladi.
Solihbek dodhoh, Abulqosim eshon, Hakimxo‘ja
Islom Karimov haykallari O'zbekistonning qaysi shaharlarida jooylashgan va bu haykallarning qurilish sabablari(ramzlari) nima?
Samarqand, Qarshi va Toshkent
Chingizxon, Salohiddin Ayyubiy, Amir Temur, Ibn Sino, Harun ar-Rashid bu shaxslarni xronologik ketma ketlikda joylashtirib bering.
Harun ar-Rashid, Ibn Sino, Salohiddin Ayyubiy, Chingizxon, Amir Temur