Asia
Africa
Europe
100

Ilm-fan bizga tabiatni tushunishda qanday yordam beradi?

Ilm-fan tabiat hodisalarining sirlarini ochishga yordam beradi. Masalan, osmon nima uchun moviy, o‘simliklar qanday o‘sishi yoki yomg‘ir nima sababdan yog‘ishi kabi savollarga javob topadi.

100

Rentgen nurlarini kim va qachon kashf qilgan?

Bu nurni ilk bor nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen kashf qilgan (1895-yil).

100

Emlash (vaksina) nima va u organizmga qanday ta’sir qiladi?

Emlash — organizmga kasallik zardobini kiritishdir. U organizmda shu kasallikka qarshi immunitet hosil qiladi.

200

Olimlar tomonidan ixtiro qilingan qaysi texnologiyalar hayotimizni yaxshilaydi

Smartfonlar, kompyuterlar, turli qulay qurilmalar va o‘yinchoqlar hayotimizni osonlashtiradi va qiziqarli qiladi.

200

Rentgen nurlarining inson salomatligi uchun qanday foydali tomoni bor?

Rentgen nurlari qattiq jismlardan o‘ta olgani uchun inson tanasining ichki tuzilishini (suyaklarni) ko‘rish va kasalliklarni aniqlash imkonini beradi.

200

Nima uchun emlash kasalliklarga qarshi eng xavfsiz usul hisoblanadi

Chunki emlash tufayli organizmning immuniteti oldindan kuchayadi va inson kasallikka chalinishdan himoyalanadi yoki uni yengil o‘tkazadi.

300

Ilm-fan yordamida koinotning qaysi qismlarini o‘rganishimiz mumkin?

Ilm-fan yordamida koinotdagi sayyoralarni, yulduzlarni va uzoq-uzoqlardagi galaktikalarni o‘rganish imkoniyati mavjud.

300

Dunyodagi birinchi antibiotik qanday nomlanadi?

Birinchi antibiotik penitsillin deb ataladi.

300

Siz yana qanday ilmiy kashfiyotlarni bilasiz?

Elektr energiyasi, internet, avtomobillar, samolyotlar va telegraf kabilarni misol keltirish mumkin.

400

Darslikda nima uchun ilm-fan "hech qachon tugamaydigan maroqli sayohat" deb atalgan?

Chunki kashfiyotlar va izlanishlar to‘xtamaydi, har bir yangi bilim yana yangi savollarni va sirlarni keltirib chiqaradi.

400

Aleksandr Fleming antibiotikni qanday qilib kashf qilgan?

U 1928-yil 28-sentabrda laboratoriyadagi idishda qolgan "Penicillium Notatum" degan mog‘or zararli bakteriyalarni yo‘q qilganini tasodifan payqab qolgan.

400

Agar ilm-fan rivojlanmaganda hayotimiz qanday bo‘lar edi?

Hayotimiz ancha qiyin bo‘lar edi: uzoq masofalarga borish ko‘p vaqt olar, ko‘plab kasalliklar davosiz qolar va zamonaviy aloqa vositalari bo‘lmas edi.

500

Atrof-muhit muammolarini hal qilishda ilm-fanning o‘rni qanday?

Havoning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi kabi jiddiy muammolarning yechimini topishda va tabiatni himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatishda ilm-fan ko‘maklashadi.

500

Antibiotiklar tibbiyotda qanday vazifani bajaradi?

Ular mikroblarga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, og‘ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan samarali dorilar hisoblanadi.

500

Siz kelajakda qanday kashfiyot qilishni xohlaysiz?

❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️