Rasmli savol
Jahon futbol yulduzi Lionel Messining 2016-yilgi surati.
Nima sababdan uni soqolda ko'ryabmiz?
O'sha yili soqol olish kompaniyasi bilan shartnomasi tugagan
Dunyoda nechta davlatlar bayrog'i bo'lsin o'sha davlat fuqarolari unga boysinadilar va xurmat qiladilar.Ammo bitta bayroq borki u o'z hukmiga har qanday millat, davlat vakillarini bo'ysintiradi. Bu qaysi bayroq?
Futboldagi yon hakam bayrog'i
Hamma tilda gapira oladigan narsa?
Aks sado
Odamlar bir ishdan bo'shab, yaxshiroq va munosibroq boshqa ish qidirayotgan vaqtdagi qisqa muddatli ishsizlik turi ...
Friksion ishsizlik
Bandlik dasturi natijasida 70ming kishi ishga joylashdi. Hozir 55ming ishsiz qoldi. Necha foiz aholi dastur natijasida ishli bo'ldi?
56%
Agar u tik holda tursa uni hisoblay olasiz.Agar uni yotqizib qo'ysa umuman hisoblab oxiriga yeta olmaysiz.Uni chizib ko'rsating?
8
1920-yilda Buyuk Britaniya(Angliya) futbolida shunday yangilik bo'lgan natijada muxlislar soni 2barobargacha ko'proq tashrif buyura boshlagan undan oldin esa 20-30ming atrofida tomoshabin kelgan.
DIQQAT SAVOL: O'sha yili qanday yangilik bo'lgan?
Ayollar futboli tashkil topgan/ ayollar futbol o'yna boshlagan
Ko'ldagi suv o'tlari har kuni 2 barobar ko'payadi. Agar ular ko'lni 48 kunda to'liq qoplagan bo'lsa, ko'lning 4dan 1qismini necha kunda qoplagan?
46kunda
Bugungi kunda internet orqali uydan turib ishlash usuli juda ommalashdi. Bunday ish tartibi qanday nomlanadi?
Masofaviy ish
500ta ishsiz aholi bor edi ularning 77%i ishli bo'ldi.Keyin davlat ishsiz qolganlarga 3milliondan subsidiya ajratdi.
Davlat jami bo'lib qancha pul sarfladi?
345mln
Zamonaviy inglizlar uni 4-3-2-1 futbol sxemasiga o'xshatishadi.Haqiqatdan ham shakli juda o'xshash.Undan bizning yurtimizda ham juda ko'p foydalanishadi.U nima?
Archa 🎄
Eng birinchi uning yorug'ligi ko'rinadi so'ng ovozi eshitiladi.Undan keyin o'zi kirib keladi.Gap nima haqida ketmoqda?
Metro
Qaysi savolga har safar har xil javob olasiz, lekin hamma javoblar to'g'ri bo'ladi?
Soat nechchi bo'ldi?
Davlat tomonidan belgilab qo'yilgan, ish beruvchi xodimga undan kam pul to'lashi mumkin bo'lmagan eng quyi chegara nima deb ataladi?
Eng kam ish haqqi
2mln tashqi migrant bor va ularning 3,2%i norasmiy ishlaydiganlar.Agar ular rasmiylashtirilib yiliga har biri 800$dan soliq to'lasa budjet tushumi 3oyda qanchaga ko'tariladi?
12,8mln$
1.Buxoroda qadimda 100dan ortiq xovuzlar bo'lgan uning 3ta vazifasi bo'lgan 1-si ichimlik suvi zahirasi qolgan 2tasini toping ?
Havoni salqin saqlash va yong'in chiqsa uni bartaraf etish
Nima uchun qadimda dengizchilar quloqlariga zirak (sirg‘a) taqib yurishgan?
Agar ular dengizda vafot etsa va qirg‘oqqa chiqib qolsa, zirak ularning dafn marosimi uchun haq sifatida xizmat qilgan
Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qorong'ulik
Agar bozorda ishchi kuchi juda ko'p bo'lib, bo'sh ish o'rinlari kam bo'lsa yani taklif talabdan yuqori bo'lsa...
Ish haqi pasayadi
Bandlik markazi bir yilda 30ming ishsizlarni ishga joylashtirdi.Bu hozirda qolgan ishsizlarning 30%ini tashkil etadi. 1yil oldingi ishsizlar sonini toping?
130ming
Uilam Shekspir 3 narsa ayol latofatini yo'qatadi deb aytgan.
1.Qaysarlik
2.Asabiylik
3. ....
Savol u 3-sida nimani nazarda tutgan?
Baland ovoz
Futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida 1970-yilgacha nima mavjud bo‘lmagan?
U futbol uchun muhim
Sariq va qizil kartochka
Qanchalik kuchli odam bo'lmasin uni 10daqiqadan ortiq ushlab turolmaydi.Savol nimani ?
Nafas olish
Insonning ma'lum bir sohada ishlashi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va tajribasi jamlanmasi ...
Mutaxasislik yoki malaka
Qatarda 5ming O'zbekistonlik ishlaydi va ularning yillik daromadi 20ming$ . Ular 60% pulini O'zbekistonga yuborishadi.Yarim yilda qancha pul jo'natishadi?
30mln$