Bo'linishi
Ma'naviy turmush
Soliqlar
Ijtimoiy hayot
100

Chig‘atoyga qaysi hududlar berilgan?

Yettisuvdan Amudaryogacha, Xorazm janubidan Sharqiy Turkistongacha bo‘lgan yerlar.

100

Kubraviya tariqati qaysi xon davrida keng tarqalgan?

Oltin O‘rda xoni Berkaxon davrida.

100

Nimalar iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsatdi?

Xonlar urushlari, talon-tarojlar

100

Mo‘g‘ul istilolari davrida kambag‘al va muhtojlarga kimlar yordam bergan?

Diniy ulamolar va vaqf xonaqohlari.

200

Qozonxon nima sababdan mag‘lub bo‘lgan?

Qattiq qishdan otlar nobud bo‘lgan, Qazag‘on bundan foydalangan va uni yenggan.

200

Munkaxonning onasi Buxoroda qaysi madrasani qurgan va kim u yerda mudarris bo‘lgan?

“Xoniya” madrasasini qurgan, Sayfiddin Boxarziy mudarris bo‘lgan.

200

Kim tartibni tiklovchi farmon - yorliqni chiqardi?

Munke

200

Vaqf mablag‘laridan kimlar foydalangan?

Imom, shayx, muazzin, ustozlar va yetim bolalar.

300

“Soxta xon” tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?

Qozonxon vafotidan keyin, Amir Qazag‘on Donishmandchaxonni qo‘g‘irchoq xon qilib taxtga o‘tqazganda.

300

Chig‘atoy xonlaridan kimlar islom dinini qabul qilgan?

Muborakshoh va Tarmashirinxon.

300

Tartibni soluvchi farmon nimalarni tartibga solish uchun edi?

Soliq va hashar ishlarini

300

Ijtimoiy hayotda asosiy soliq to‘lovchilar kimlar bo‘lgan?

Hunarmandlar va dehqonlar.

400

Amir Qazag‘on vafotidan keyin nima bo‘lgan?

O‘g‘li Abdulloh hokim bo‘lgan, ammo isyon bilan ag‘darilgan va boshboshdoqlik boshlangan.

400

Chig‘atoy ulusida ta’lim tili va yozuv tizimi qanday bo‘lgan?

Ta’lim tili arab va fors tillari, lekin uyg‘ur tili ham muhim o‘rin tutgan; yozuv sifatida uyg‘ur yozuvi, keyin arab yozuvi qo‘llanilgan.

400

Nechanchi asrda mo‘g‘ul amaldorlari o‘troq hayotga ko‘nikib, mahalliy madaniyatdan foydalana boshladilar?

XIII asrda

400

Vaqf xonaqohlarining ijtimoiy ahamiyati nimada bo‘lgan?

Kambag‘allar va sayohatlarga bepul ovqat, boshpana va yordam bergan.

500

Chig‘atoy ulusi qachon va qanday bo‘lingan?

1348-yilda Tug‘luq Temur sharqda hokim bo‘lib, ulus ikki qismga ajralgan.

500

Chig‘atoy ulusida qaysi mashhur madrasalar faoliyat yuritgan?  

Buxoroda “Xoniya” va “Mas’udiya”, Urganchda Qutlug‘ Temur madrasasi, shuningdek Buxorodagi Xoja Bulg‘oriy madrasasi.

500

Mo‘g‘ullar davrida nechta asosiy soliq turi joriy etilgan va ular qaysilar?

To‘rtta — tamg‘a, qopchur, kalon, shulen.

500

“Kadivar”, “bog‘bon” va “muzori” kimlar bo‘lgan?

Kadivarlar — yirik yer egalari yerlari ishchilari, bog‘bon va muzorilar — bog‘ va polizlarda mehnat qilgan dehqonlar.