Islom duniyda tarqalish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi?
2chi o'rinda
Islomdan oldingi davr nima deb ataladi?
Johiliya davri
Ro‘za hayiti yana qanday ataladi va necha kun davom etadi?
Iyd al-fitr, 3 kun
Islomda firqalarga bo'linish qaysi masalalardan kelib chiqqan?
Imomat (davlatga rahbarlik) va aqida masalalaridan
Islom dini nechanchi asrda va qayerda vujudga kelgan?
VII asrda, Arabiston yarimorolida
“Johiliya” so‘zi lug‘aviy jihatdan qanday ma’noni anglatadi?
Bilmaslik, yagona Allohni tanimaslik
Qurbon hayiti ro‘za hayitidan necha kun keyin nishonlanadi?
70 kundan keyin
Xorijiylar va shialar islomdagi qanday firqalar hisoblanadi va ular nima bilan bog'liq?
Javob topilsa 4x+
Ular bid'at, firqachilik va adashishlik bilan bog'liq firqalar hisoblanadi.
Dunyoning nechta mamlakatida aholi Islom diniga e'tiqod qiladi?
172 mamlakatda
Qur’on kim tomonidan va qanday yuborilgan?
Alloh tomonidan farishta Jabroil orqali Muhammad payg‘ambarga vahiy qilingan
Sunniylik so‘zi qaysi so‘zdan olingan va nimani anglatadi?
“Sunna” so‘zidan olingan, Muhammad payg‘ambarning hadislari to‘plamini anglatadi
Nima uchun aynan imomat (davlatga rahbarlik) va aqida masalalari islomda firqalarning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan?
Chunki bu ikki masala ham diniy, ham siyosiy jihatdan muhim hisoblangan – imomat davlat rahbarligi, aqida esa e'tiqod masalasi bo'lib, ularning har ikkisi musulmonlar o'rtasida kelishmovchiliklarga olib kelgan.
Islom dinining besh arkonini sanab bering.
Iymon keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot berish, haj safari
Islomdagi asosiy ikki firqa qaysi masalalarda ajralib chiqqan?
Imomat (davlatga rahbarlik) va aqida masalalarida
Musulmonlarning necha foizi sunniylikka e’tiqod qiladi?
92,5 foizi
"Ahli sunna val-jamoa" deb kimlarga aytiladi va bu qanday ma'noni anglatadi?
Sunniylarga aytiladi, "sunna va jamoa ahli" degan ma'noni anglatadi