Matnning kelib chiqishi
Hadis istilohlari
Isnod tarixi va Sahobalar
Taxrij va Manbalar
Roviylar darajasi
100

Isnod zanjiri bevosita Muhammad (s.a.v.)ga yetib borgan hadis nima deb ataladi? 


Marfu

100

Musulmon, balog‘atga yetgan, aqli raso, taqvodor va muruvvatli roviyga nisbatan qaysi istiloh ishlatiladi?

Adolat

100

Sahobalar hadis rivoyat qilishda nima uchun o‘ta ehtiyotkor bo‘lganlar?


Sunnatga xatoliklar va o‘zgartirishlar kirib qolmasligi uchun.


100

Imom Buxoriyning "Imon kitobi"da "Islom besh narsa ustiga qurilgan" hadisi nechanchi raqam bilan kelgan?

8-hadis.


100

Ushbu taqdimotda tahlil qilingan barcha sanadlar oxir-oqibat qaysi sahobaga borib taqaladi?

Abdulloh ibn Umar (r.a.).

200

Kelib chiqishi Sahobada to‘xtagan xabarga nisbatan qaysi istiloh ishlatiladi?

Mavquf



200

Roviyning rivoyat qilayotgan narsasini aniq bilishi (xotirasida saqlashi) nima deyiladi?

Zabt

200

Hadislarni yodlab olishga katta e’tibor berishning asosiy sababi nima edi?

Dinda turli fitnalar kelib chiqishiga yo‘l ochilmasligi

200

"Islom besh narsa ustiga qurilgan" hadisi "Kutubu sitta"ning qaysi kitoblarida mavjud?

Barcha kitoblarida bor

200

Makka ahli bo‘lgan, ishonchli (siqa) roviy, Solim ibn Abdullohning shogirdi kim?

Hanzala ibn Abu Sufyon.

300

Sanadning uzluksizligidan tashqari, roviylarda qanday ikki muhim sifat bo‘lishi shart?

"Adolat" hamda mukammal "zabt"

300

Ishonchli roviyning o‘zidan ko‘ra kuchliroq roviyga muxolif (qarshi) bo‘lib rivoyat qilishi nima deb ataladi?

Shozz

300

Qaysi davrda hadislarni sof holda saqlash "asosiy muammo" bo‘lmagan bo‘lsa-da, ishga jiddiy yondashilgan?

"Al-Xulafo ar-roshidun" davrida.


300

Ahmad ibn Hanbal o‘z "Musnad"ida ushbu hadisni necha o‘rinda rivoyat qilgan?

5 o‘rinda.


300

Ubaydulloh ibn Muso haqida ulamolar nima deyishgan va unda qanday moyillik bo‘lgan?

U ishonchli, lekin unda shialikka moyillik (tashayyu’) bo‘lgan.



400

Hadis sahih bo‘lishi uchun uning matni va isnodi qanday ikki narsadan xoli bo‘lishi kerak?

"Shoz"lik hamda "illat"dan

400

Hadisning sahihligiga zarar yetkazuvchi, ko‘zga ko‘rinmaydigan maxfiy kamchilik nima?

Illat

400

Rasulullohdan hadis rivoyat qiluvchilarning nihoyatda haqso‘z bo‘lishini talab qilgan to‘rt xalifani sanang.

Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.).


400

Ahmad ibn Hanbalning 6015-hadisidagi eng qisqa sanad kimlar orqali kelgan?

Hoshim va uning otasi Abdulloh ibn Umar

400

Ikrima ibn Xolid ibn al-Osni ishonchli roviylar qatorida zikr qilgan mashhur olim kim?

Ibn Hajar Asqaloniy

500

Sanadning uzluksizligiga doir izlanishlar natijasida nima aniqlanadi?

Isnoddagi har bir roviy hadisni o‘zidan yuqorida turgan roviydan bevosita eshitgani yoki yo‘qligi.

500

"Adolat"ning yo‘qligi sababli rad etilgan hadis turlariga misollar keltiring.


Mavzu’, matruk va munkar.

500

Roviylar nima maqsadda ba’zan o‘zlari bilgan hadisni ham aytishdan saqlanar edilar?

O‘z so‘zlarida yolg‘ondan uzoqlashish maqsadida.

500

Ahmad ibn Hanbal kitobida ushbu hadis ikki o‘rinda aynan qaysi roviy tomonidan rivoyat qilingan?

Jarir ibn Abdulloh tomonidan.

500

Ikrima ibn Xolid kimlardan hadis eshitgan va undan kim rivoyat qilgan?


Ibn Umar va Ibn Abbosdan eshitgan, undan Ibn Jurayj rivoyat qilgan.