Agrobiznes nimani anglatadi?
Javob: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bilan bog‘liq biznes faoliyati.
Agrobiznes faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat turi?
Javob: Qonun.
Fermer xo‘jaligi nima?
Javob: Yer uchastkasida mustaqil ishlab chiqarish yurituvchi xo‘jalik.
Mahsulot tannarxi nima?
Javob: Ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisi.
Marketingning asosiy vazifasi?
Javob: Mahsulotni bozorga chiqarish va sotish.
Agrobiznes fanining predmeti nimani o‘rganadi?
Javob: Agrobiznesni tashkil etish, boshqarish va iqtisodiy munosabatlarni.
Davlat qo‘llab-quvvatlashining 2 shaklini ayting.
Javob: Subsidiyalar va imtiyozli kreditlar.
Rentabellik nimani bildiradi?
Javob: Foydaning xarajatlarga nisbati.
Asosiy resurslarni sanang.
Javob: Yer, mehnat, kapital.
Logistika nima?
Javob: Mahsulotni yetkazib berishni boshqarish.
Agrobiznesni o‘rganishda qo‘llaniladigan 3 ta usulni ayting.
Javob: Statistik tahlil, taqqoslash, modellashtirish.
Agrobiznes muhitiga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni sanang.
Javob: Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik.
Ixtisoslashuv nima?
Javob: Korxonaning ma’lum mahsulot turiga yo‘naltirilishi.
Doimiy xarajatlarga misol keltiring.
Javob: Ijara haqi, amortizatsiya.
Agrobiznesdagi 3 ta riskni sanang.
Javob: Iqlimiy, moliyaviy, bozor riski.
Agrobiznes fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Javob: Samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash.
Soliq imtiyozlari agrobiznesga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Javob: Xarajatlarni kamaytiradi va foydani oshiradi.
Diversifikatsiyaning afzalligi nimada?
Javob: Riskni kamaytiradi va daromad manbalarini kengaytiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar nimaga bog‘liq?
Javob: Ishlab chiqarish hajmiga.
Kooperatsiyaning iqtisodiy foydasi nimada?
Javob: Xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish.
Agrobiznes tizimli yondashuv asosida qanday elementlardan iborat?
Javob: Ishlab chiqarish, qayta ishlash, logistika, marketing va boshqaruv bo‘g‘inlari.
Davlatning agrar siyosati qanday strategik maqsadlarni ko‘zlaydi?
Javob: Oziq-ovqat xavfsizligi, eksportni oshirish, bandlikni ta’minlash.
Agrobiznesda iqtisodiy samaradorlikni oshirishning kompleks yo‘llarini sanang.
Javob: Texnologik yangilanish, boshqaruvni takomillashtirish, xarajatlarni optimallashtirish
Tannarxni pasaytirish strategiyalarini ayting.
Javob: Resurs tejash, samarali texnologiya, kooperatsiya.
Innovatsiya agrobiznes raqobatbardoshligiga qanday ta’sir qiladi?
Javob: Mahsulot sifatini oshiradi, xarajatni kamaytiradi va bozor ulushini kengaytiradi.