A
B
C
D
E
100

Davlat funksiyalarining dinamik va statik tavsifi tushunchasiga ta'rif bering.

Dinamik bu  doimiy harakatdagi hamda doim o'zgarib turuvchi rivojlanish bosqichlarini tavsiflaydi

Statik davlatni ma'lum bir vaqt davomidagi  uning tuzilishi, shakli va mavjud elementlari bo'yicha tahlil qiladi 

100

Qanday ta'sir ostida davlat mexanizmi aholini safarbar qilishi mumkin?

Tashqi tajovuzning oldini olish yoki urush ta'siri ostida


100

Davlat maqsadiga ta'rif bering.

Davlatning maqsadi u asosiy intiladigan farovon, yorqin kelajak bo'lib, uning barcha vazifalari ana shu oliy maqsadni amal oshirishga yo'naltiriladi. Maqsad ustuvor bo'lib , vazifalar uning manfaatiga bo'ysindiriladi.

100

Qaysi mezon asosida davlat funksiyalari asosiy va asosiy bo'lmagan kabi turlanadi?

Eng oliy maqsadni to'g'ridan to'g'ri amalga oshirishga  qaratilgan funksiyalar asosiy funksiyalar bo'ladi

100

''To'rtinchi hokimyat '' deganda nimani tushunasiz?

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI

200

Davlat funksiyasi va vazifasi nima bilan farq qiladi?

Vazifa bu davlat o'z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammo yoki masala. Funksiya esa davlat faoliyatining yo'nalishi, ijtimoiy muammolarni hal etish yo'llari.

200

Hokimyat taqsimlanishi prinsipi asosida funksiyalarni qaysi turlarga bo'lish mumkin?

1.Qonun chiqarish

2.Boshqaruv yoki ijro etish

3.Huquqni muhofaza qilish

4.Axborot berish

200

Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning necha xil turi bor va ularning mohiyati nimada ?

2 xil turi bor.

1.Birmuncha qattiq soliq siyosati va bu soliqlardan tushgan daromadlar asosida jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarini kengaytirish- milliy daromadlarning qayta taqsimlanoishiga erishiish  mumkin.

2. Iqtisodiyotning jamiyat uchun foyda keltirayotgan sohasini jadal rivojlantirish- xo'jalik yuritish uchun maqbul hisoblanadi.

200

O'zbekiston Respublikasining oliy darajadagi moliyaviy nazorat organi qaysi va bu organ qaysi organlar oldida hisobdor?

1. Hisob Palatasi

2.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Prezidenti oldida javobgar.

200

Davlat hududidan ,moddiy boyliklarning olib chiqilishini qaysi organ(lar) nazorat qiladi ?

Bojxona va soliq qo'mitalari.

300

Davlatning ijtimoiy funksiyasini amalga oshirish uchun tuzilgan davlat tashkiloti haqida ma'lumot bering.

(Prezident farmoni asosida tashkil etilgan tashkilot)

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi.

2022-yil 21-dekabrdan '' Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi'' nomi ostida tuzilgan.

300

Ekologiya funksiyasini ta'minlash maqsadida tuzilgan davlat organning hozirgi nomini ayting.

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi

300

Davlatning tashqi funksiyalari necha turga bo'linadi va qaysilar ?

2  xil 

1. Boshqa davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik qilish

2.Tashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish bo'yicha davlat funksiyasi

300

Nizolarni ayniqsa harbiy nizolarni siyosiy yo'l bilan bartaraf etish masalalari BMTning qaysi organi diqqat markazida turadi va bu tashkilot haqida ma'lumot bering.

1.Xavfsizlik Kengashi

2.5 ta doimiy a'zo:Rossiya,AQSH,Xitoy,Buyuk Britaniya,Fransiya va 10 ta vaqtincha a'zolar

300

... ning mohiyati boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan ehtimol tutilgan tajovuzga barham berish uchun maqbul darajada yetarli kuch va vositalarni yaratishdan iborat.

... o'rnidagi hujjatni toping

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi.

400

'' Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari'' deya e'lon qilingan va ro'yobga chiqarilayotgan dastur asosida davlatning vazifalari bir qancha nodavlat tashkilotlarga o'tkazildi. Ushbu tashkilotlardan eng ko'p vakolatlarni qabul qilib olgan tashkilotni toping.

Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organi

400

O'zbekiston hududida unumdor yerlarning cho'lga aylanishiga asosiy sabab nima?

Orol dengizining qurishi va buning oqibatida Orol-qum sahrosining vujudga kelishi hamda suvsiz qurib qolgan yerlardagi katta massadagi tuzlarning havoga shamol orqali ko'tarilishi . Shamol orqali tuzlar olis hududlarga tarqalmoqda bu esa unumdor yerlarning sho'rlanish darajasini oshirib yubormoqda


400

....-davlat organlari butun tizimining jamiyatni iqtisodiy,ijtimoiy,siyosiy va ma'naviy jihatdan barqaror rivojlantirishga qaratilgan yaxlit, o'zaro bog'liq faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.

Tushirib qoldirilgan so'zni toping .

Davlat  funksiyalari.

400

Qozog'iston hukumati bug'doy eksportini 6 oyga to'xtatish bo'yicha qaror qabul qildi. Shuningdek Belarus Respublikasidan kelayotgan go'sht importi to'xtatildi. Mamlakatdagi oziq-ovqat tanqisligi profilaktikasi va bozordagi narx-navo keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida Hukumat qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, barcha fermer xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirgan g‘alla va go‘sht mahsulotlarining 60 foizini belgilangan  ya'ni bozor narxidan past narxda davlat zaxirasiga topshirishi majburiy qilib qo‘yildi. Rejani bajarishdan bosh tortgan  fermerlarga yerlari olib qo'yilishi bilan tahdid qilindi.

1.Bu yerda davlatning qaysi funksiyasi namoyon bo‘lmoqda?

2. Davlat funksiyalarini bajarish davomida xususiy mulk va tadbirkorlar manfaatiga qarshi qarorlar qabul qilishi munkinmi?

3.Davlat bunday vaziyatda bozorni tartibga solish uchun qanday choralar ko'rishi kerak edi?

1. Bu yerda davlatning ichki funksiyalardan biri bo'lgan iqtisodiy funksiyasining tarkibiy elementlari bo'lgan inflatsiyani va bozor munosabatlarini tartibga solish funksiyalari bajarilgan.

Shuningdek davlat aholining kam ta'minlangan qismini himoyalash uchun narx navo oshib ketishini oldini olayotganligida davlatning ijtimoiy funksiyasi elementlari ko'rinadi.

2.Agarda butun jamiyat manfaatlari taqozo etiladigan bo'lsa va quyidagi talablarga riota etilgan bo'lsa tadbirkorlar huquqlari qisman  cheklanishi mumkin.

•Qonuniylik-Qonun yoki Favqulodda holat e'lon qilish bo'yicha qaror asosida bo'lishi zarur

•Tazyiq va majburlash noqonuniy. Fermerlarni bozor qiymatidan past narxda mahsulot sotishga majburlash ularning konstitutsiyaviy huquqlarini buzishdir (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65 va 67-modda)

•Kompensatsiya: Agar davlat ijtimoiy funksiyani amalga oshirish uchun fermerlardan bug'doy va go'shtni olsa bu mahsulotlar narxi bozor qiymatida to'lanishi kerak


3.

60% g'alla va go'sht topshirgan fermerlarni rag'batlantirish

Eksportni vaqtincha cheklashi

Import uchun muqobil variantlar topishi va vaqtinchalik  bojxona imtiyozlarini joriy etilsa bu narx-navo o'sishini oldini oladi hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillari o'rnatilishiga yordam beradi

400

Yirik davlat aktivlarini xususiylashtirish qaysi funksiya bajarilayotganining amaliy ifodasi hisoblanadi?

Davlatning iqtisodiy funksiyasi

500

"Har qanday davlatning eng asosiy poydevori- bu yaxshi qonunlar va yaxshi qo'shinlardir ''- deganda italyan siyosatchisi Nikol Machiavelli davlatning qaysi funksiyalariga urg'u berish kerak deb hisoblagan?

Huquqiy va tashqi mudofaa funksiyalarining birligi

500

XXI asrda yangi funksiyalar ham shakllanmoqda . Yangi shakllanayotgan raqamlashtirish va axborot xavfsizligi funksiyasini izohlang.

Davlat xizmatlarini  elektron shaklga o'tkazish, kiberhujumlardan milliy himoya  infratuzilmasini yaratish va aholining shaxsiy ma'lumotlarini himoyalash.

500

Argentina va Braziliya  o‘rtasida  savdo hamda investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risida ikki tomonlama xalqaro shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Braziliyalik investorlar Argentinada  10 yil davomida barcha mahalliy soliq va bojlardan ozod qilinishi belgilangan edi. Biroq 2 yildan so‘ng Argentina soliq islohotini o'tkazib yangi Soliq kodeksini qabul qildi va unda barcha chet ellik  investorlar uchun umumiy 20%li soliq joriy etildi. Braziliyalik investorlar shartnoma shartlari buzilganini aytib, xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilishdi. Argentina  Hukumati  esa o‘z milliy suvereniteti va yangi Soliq kodeksi qonuniy ustunlikka ega ekanligini ta'kidladi.

1.Bu yerda davlatning tashqi funksiyasi va ichki funksiyasi o'rtasida  qanday munosabatga shakllanmoqda?

2.Xalqaro shartnomalar va qonunchilik  hujjatlari normativ-huquqiy hujjatlar  iyerarxiyasida qaysi o'rinlarda turadi?

3.Ushbu xalqaro iqtisodiy nizo qanday hal qilinishi lozim deb hisoblaysiz?

1.Davlatning tashqi va ichki funksiyalari o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan .

Davlatning tashqi funksiyasi bu davlatning tashqi dunyo davlatlari bilan aloqalari hamda tashqi mudofaa vazifalarini bajarishi.Bu holatda davlatning tashqi funksiyasi investitsiyaviy shartnomalar tuzishida namoyon bo'ladi.

Davlatning ichki funksiyalari esa davlatning ichki hududida amalga oshiruvchi vazifalarini anglatadi. Bu holatda davlatning ichki funksiyasi yangi qonun joriy qilishida ko'rinadi.

Bu vaziyatda davlat o'z ichki soliq suverenitetini asos  qilib o'zi tuzgan xalqaro shartnoma bo'yicha bo'yniga olgan majburiyatidan voz kechmoqda.

2.1969-yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 26-moddasiga ko‘ra, har bir amaldagi shartnoma uning qatnashchilari uchun majburiydir va ular tomonidan halol bajarilishi kerak.

Shuningdek Vena konvensiyasining 27-moddasiga ko‘ra, davlat xalqaro shartnomani bajarmaslik sababi sifatida o‘zining ichki huquq normalariga tayana olmaydi. Ya'ni davlatlar o'z ichki qonunlari yoki normativ huquqiy hujjatlarini ro'kach qilgan holda xalqaro majburiyatlarini bajarishdan voz kechishga haqli emas.

Bundan kelib chiqadiki xalqaro shartnomalar milliy qonunlardan ustun turadi.

3.Biz ICSID yoki UNCITRAL kabi xalqaro iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilish kerak. Ular quyidagicha qaror chiqarishi mumkin:

Arbitraj sudi Argentinaning yangi Soliq kodeksini Braziliyalik investorlarga nisbatan qo'llanilishi xalqaro shartnoma talablarini bir tomonlama buzish deb hisoblaydi.Shuningdek Argentiga Hukumatiga Braziliyalik investorlarga ko'rgan zararni kompensatsiya qilishni shuningdek qolgan muddatda ham Braziliyalik sarmoyadorlarga nisbatan soliq solinmasligini majburiy qilib qo'yadi

500

SH.Mirziyoyev  '' Islohotlarning hammasi inson qadri uchun ''deganda qaysi funksiyaga to'g'ridan-to'g'ri ishora qiladi?

Davlatning ijtimoiy funksiyasi

500

Z.M.Islomov,F.Engels,X.T.Odilqoriyevlarning fikricha soliqlarning mavjudligi davlatning asosiy belgilaridan biri sifatida qaraladi.

Ammo Monako, BAA, Qatar , Kayman orollari kabi davlatlarda soliqlar 0%ga teng ya'ni ushbu davlatlarda soliq mavjud emas.

Ushbu davlatlar qanday qilib davlat maqomini olmoqda ularda soliqlar mavjud emasku?

Soliqlar faqatgina jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlardan iborat emas.Yuqoridagi  davlatlarda yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va yig'imlar mavjud.Ushbu soliqlarning mavjudligi davlat maqomi berilishiga asos bo'lib xizmat qiladi