Nutq madaniyati
Ariza
Nutq uslublari
Tashkiliy hujjatlar
Farmoyish hujjatlar
100

Nutq madaniyatining asosiy vazifasi nima?

fikrlarni aniq, ravon va mazmunli yetkazish hamda muloqotda odob va hurmatni saqlash.

100

 Ariza nima degani? 

 bu shaxsning biror tashkilotga yoki mansabdor shaxsga muayyan masala yuzasidan murojaat qilish uchun yozgan rasmiy hujjatidir.


100

O'zbek tilida qanday asosiy nutq uslublari mavjud?

  So'zlashuv uslubi, badiiy uslub, ilmiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub.

100

Tashkiliy hujjatlar nima? Ularning asosiy vazifasi nimadan iborat?

bu tashkilotning ichki faoliyatini, boshqaruv jarayonlarini va oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi rasmiy hujjatlardir. Ularning asosiy vazifasi tashkilot ishini aniq yoʻlga qoʻyish va boshqaruvni samarali tashkil etish.

100

Farmoyish hujjatlari nima? Ularning asosiy vazifasi nimadan iborat?

Bu tashkilot yoki muassasa rahbarining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan, o'ziga xos vazifa, topshiriq yoki ko'rsatmani ifodalovchi rasmiy hujjatlardir. Ularning asosiy vazifasi tashkilot ishini tashkil etish, boshqaruvni amalga oshirish va vazifalarni bajarishni ta'minlash.

200

Nutq madaniyatining qanday turlari mavjud?

Og‘zaki va yozma nutq madaniyati.

200

 Arizalar qanday turlarga bo‘linadi?

1. Shaxsiy ariza – ishga qabul qilish, ta’til so‘rash kabi masalalar uchun yoziladi.

2. Jamoaviy ariza – bir guruh kishilarning umumiy murojaati.

3. Rasmiy ariza – rasmiy masalalar yuzasidan yoziladi.

200

Ilmiy uslub qanday vaziyatlarda qoʻllaniladi? Unda qanday soʻzlar koʻp uchraydi?

Ilmiy uslub ilmiy tadqiqotlar, ilmiy maqolalar, oʻquv adabiyotlari va ilmiy nutqlar uchun qoʻllaniladi. Unda koʻp uchraydigan soʻzlar: terminlar, ilmiy atamalar, maxsus tushunchalar, lotincha soʻzlar.

200

Tashkiliy hujjatlarning qanday asosiy turlari mavjud?

Nizom, yoʻriqnoma, guvohnoma va shartnoma.

200

Farmoyish hujjatlarining qanday asosiy turlari mavjud?

Buyruq, farmoyish, ko'rsatma, qaror

300

Nutqning muloqotda samarali bo‘lishi uchun qanday asosiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?

1. Tushunarlilik

2. Ravonlik

3. Qisqalik va aniqlik

4. Ta’sirchanlik

300

Arizaning asosiy qismlarini sanab bering.

1. Sarlavha (kimga va kimdan yozilayotgani)

2. Murojaat mazmuni (asosiy maqsad)

3. Sana va imzo

300

Publitsistik uslub qanday maqsadlarni koʻzlaydi? U qaysi janrlarda namoyon boʻladi?

Publitsistik uslubning maqsadlari: jamiyatning diqqatini dolzarb masalalarga qaratish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, oʻquvchiga taʼsir oʻtkazish. U maqola, intervyu, reportaj, sharh kabi janrlarda namoyon boʻladi.

300

Nizom qanday hujjat? Unda nimalar aks etadi?

Nizom - bu tashkilot yoki uning tarkibiy boʻlinmasining maqsadi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatini tartibga soluvchi hujjat. Unda tashkilot yoki boʻlinmaning maqsadlari, vazifalari, ichki tuzilishi, boshqaruv organlari va ularning vakolatlari, ish tartibi hamda oʻzaro munosabatlari aks etadi

300

Farmoyish hujjatlarida nima uchun shablon (andoza) iboralardan foydalaniladi? Ularga misollar keltiring.

Farmoyish hujjatlarida shablon iboralardan foydalanish, hujjatning aniq va rasmiy yozilishini ta'minlashga yordam beradi. Misollar: "buyuraman", "tashkil etilsin", "ko'rsatma berilsin", "nazorat qilinsin", "belgilansin".

400

Nutqdagi buzilishlarning asosiy sabablarini sanab bering.

1. Adabiy til me’yorlariga rioya qilmaslik 

2. Jargon va vulgarizm ishlatish

3. So‘z boyligining cheklanganligi 

4. Grammatik xatolar

400

Ariza yozishda qaysi til uslubiga rioya qilish kerak?

Rasmiy ish uslubiga rioya qilish kerak. So‘zlar aniq, lo‘nda va rasmiy bo‘lishi lozim.

400

Nutq uslublari va nutq madaniyati oʻrtasida qanday bogʻliqlik mavjud? Ularni oʻzaro bogʻlab izohlang.

Nutq uslublari nutq madaniyatining muhim qismidir. Nutq madaniyati oʻz ichiga nutqning toʻgʻriligi, aniqligi, uslubiy mosligi, boyligi va adabiy til me'yorlariga rioya qilish kabi xususiyatlarni oladi. Nutq uslubi esa nutq madaniyatiga mos ravishda tanlanadi va qoʻllaniladi.

400

Yoʻriqnoma nima uchun kerak? U qanday vazifalarni bajaradi?

Yoʻriqnoma - bu muayyan vazifa, ish yoki jarayonni bajarish tartibi va yoʻnalishini belgilab beruvchi hujjat. Uning vazifasi xodimlarga oʻz ish faoliyatini aniq va toʻgʻri bajarishga yordam berish, ish jarayonini tartibga solish hamda xatolarni oldini olish.

400

Qaror qanday hujjat? Unda nimalar aks etadi?

Qaror - bu hay'at organi (masalan, kengash, qo'mita) tomonidan qabul qilingan, muhokama qilingan masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va xulosalarni o'z ichiga olgan farmoyish hujjati. Unda muhokama qilingan masala, takliflar, qaror va uni ijro etish muddati ko'rsatiladi.

500

Nutq madaniyatini shakllantirishda adabiy tilning qanday o’rni bor?

Nutq madaniyatini shakllantirishda adabiy til muhim o‘rin tutadi, chunki u so‘zlashuv va yozma nutqning me’yorlarini belgilaydi. Adabiy til me’yorlariga rioya qilish orqali nutqni aniq, mazmunli va estetik jihatdan chiroyli qilish mumkin.

500

Ariza yozishda yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolarni sanab bering.

1. Grammatik va imlo xatolari

2. Aniq va lo‘nda bo‘lmaslik

3. Keraksiz ma’lumotlarni kiritish

4. Rasman talab qilingan qismlarni (masalan, sana yoki imzo) qoldirib ketish.

500

Nutq uslublarining rivojlanishiga qanday omillar taʼsir oʻtkazadi? Uchta taʼsir etuvchi omilni sanab bering.

Ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarI

lm-fan va texnikaning rivojlanishi

Madaniy va adabiy jarayonlar

500

Tashkiliy hujjatlarning yuridik kuchga ega boʻlishi nimani anglatadi?

Bu ushbu hujjatlar qonuniy asosga ega ekanligi va ularga rioya qilish majburiy ekanligini anglatadi.

500

Farmoyish hujjatlari va tashkiliy hujjatlar o'rtasida qanday bog'liqlik bor? Misollar bilan tushuntiring.

Tashkiliy hujjatlar (ustav, nizom, yo'riqnoma) tashkilot faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab bersa, farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko'rsatma, qaror) ushbu tamoyillar doirasida tashkilot ishini tashkil etish va boshqarishga qaratilgan. Masalan, tashkilot ustavida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun buyruqlar chiqariladi.